Urganch davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti



Yüklə 353,43 Kb.
səhifə8/11
tarix28.11.2023
ölçüsü353,43 Kb.
#133430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MTT yillik ish rejasinining mohiyati

MTT tarbiyachilari oilaning bolani ilk tarbiyachisi sifatidagi ustivor mavqeini e'tirof etishlari juda muhim. Zamonaviy MTT tarbiyachisi ijtimoiy psixolog bo'lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni yo'lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
Bola maktabgacha ta'lim muassasalariga qatnay boshlaguniga qadar oila unga elementar harakatlardan tortib, to'p uloqtirishgacha bo'lgan ko'pgina narsalarni o'rgatgan xolda ertak eshitishdan zavq olish ko'nikmasini hosil qilgan bo'ladi. Bolaning ilk rivojlanishida oilaning ahamiyatini etarli baholash juda qiyin. Bolalar oilada tarbiyalanadi, unda sodir bo'ladigan voqealar ularga katta ta'sir ko'rsatadi. Oila, bu - o'z bolalar! hayotida doimiy ravishda ishtirok etadigan, ular to'g'risida qayg'uradigan, ularni o'qitadigan, qarorlar qabul qiladigan odamlar.
Oilalar turlicha bo'ladi. Ular kichik, uncha katta bo'lmagan yoki katta, keng bo'lishi mumkin. Ularda ko'plab aka-uka va opa-singillar yoki birgina bola bo'lishi ham mumkin. Ayrim oilalarda bola asrab olingan bo'ladi yoki qarindoshlari bilan yashaydi. Bola ota-onasidan tashqari, amma-xola, amaki-tog'a, bobo va buvi, oilaning yaqin do'stlari kabi ko'plab o'zi uchun hurmatli bo'lgan katta yoshdagi kishilar bilan mustahkam aloqada bo'lishi mumkinligi sababli ota- onalar bilan aloqa o'rnatishni yetarli hisoblamay, bola hayotiga real ta'sir ko'rsatadigan barcha kishilar bilan hamkorlik qilishi kerak.
Bola vositasida oila bilan muloqot qilish - murabbiylar jamoasi majburiyatlarining muhim qismi hisoblanadi. Barcha oilalar o'z bolalarining baxt-saodatidan manfaatdor va ularning yaxshi va mamnuniyat bilan o'qishlarini istaydilar. Shuning uchun oila a'zolari uning yutuqlaridan xabardor bo'lishni xohlaydilar. Pedagoglar ota- onalar bilan bola haqidagi tasawurlarini chuqurlashtirish va imkon qadar samarali ishlash uchun bolaning uydagi va MTTdagi holati, uning kuchli va zaif tomonlarini, tashvish tug'diradigan barcha jihatlarni mamnuniyat bilan muhokama qilishlari kerak.
Muloqotlar ochiqcha va ishonchli bo'lishi uchun albatta vaqt talab qilinadi. Ayrim ota-onalar MTTda bo'lish borasida o'z salbiy tajribalariga ega bo'lib, tarbiyachilar davrasida ba'zan o'zlarini noqulay his qilishadi. Boshqalar esa tarbiyachilar "qanday bo'lishi kerak"ligini hamisha biladilar, deb hisoblaydilar va ular bilan muzokara olib borishga ehtiyoj yo'q, deb o'ylaydi. Shuningdek, tarbiyachilarda ham ba'zan bolalarni qanday tarbiyalash to'g'risida maslahat beradigan ota-onalar bilan aloqada bo'lishga nisbatan salbiy tajriba bo'ladi. Bunday holatlar mo'tadil aloqa o'rnatishga xalaqit berishi mumkin. Oiladan olinadigan ma'lumot qanchalik muhimligi haqida awal boshdan ota-onalar bilan gaplashib olish va buni ularga tushuntirish zarur.
Mahoratli MTT tarbiyachisi oilalar bilan aloqa qilishda quyidagi tamoyillarga rioya qiladi:

  • Vaqt topadi, imkoniyat yaratadi hamda ota-onalarning o'z fikr-mulohazalari, quvonchlari, tashvislilari va niyatlarini gapirib berishlarini qo'llab-quwatlaydi.

  • Ko'z-ko'zga tushib suhbat qilish mumkin bo'lgan joyni tanlaydi va ma'lumotlarga hamisha maxfiy sir sifatida munosabatda bo'ladi.

  • Oilalar tarbiyachilar bilan eng shaxsiy ma'lumotlarni o'rtoqlashadilar, binobarin, ularni sir saqlash muhim.

Ishlaydigan ota-onalarda ko'pincha bo'sh vaqt juda kam bo'ladi. Shuning uchun tarbiyachilar oilalar bilan suhbatlashishi mumkin bo'lgan tabiiy norasmiy vaziyatlar bog'cha va uy o'rtasidagi o'zaro aloqalarni rivojlantirish uchun juda muhim.
Yetakchi psixologlarning e'tirof etishlaricha, ko'pgina tarbiyachilar ota-onalar bilan aloqa qilish uchun ular bolalarini bog'chaga olib kelgan yoki bog'chadan olib ketayotgan vaqtdan foydalanishga harakat qiladilar. Bu vaqtda ular ota-onalarga kun mobaynidagi voqealar, bolaning muvaffaqiyatlari to'g'risida xabar berishlari, o'tkazilishi rejalashtirilgan majlis va boshqa narsalar haqida eslatishlari mumkin (lekin bunda bolaning qandaydir muammolari (agar ular bo'lsa) to'g'risida so'z ochmagan ma'qul). Running awali va oxirida ota-onalar bir-birlari bilan muloqot qilishlari, tarbiyachilarga savollar berishlari, uchrashuv haqida so'rashlari, bolalar bilan o'ynashlari, ularga kitob o'qib berishlari mumkin.
Ota-onalarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, muloqot uchun norasmiy vaqt belgilanganda uchrashuv jadvali o'zgaruvchan qilib tuzilishi hamda kun awali va oxiridagi erkin suxbatlashish sharoitiga muvofiqlashtirilishi kerak. Ota-onalarning bog'cha ostonasini hatlab o'tar-o'tmas bolalarini shosha-pisha tashlab ketishlaridan iborat holatlarni kamaytirish uchun shunday tartib o'rnatish kerakki, unga muvofiq ota-onalar bolani guruh turgan yergacha kuzatib kelishlari va uning boshlanayotgan kunni o'tkazishga tayyorgarlik ko'rishiga ko'maklashishlari kerak bo'ladi.
Maktabgacha ta’lim tizimining tuzilish tavsifi.
Maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish – bu eng avvalo, maktabgacha muassasaga to’g’ri keladigan tartib yaratishdir. Bundan kelib chiqqan holda, maktabgacha tarbiya muassasasiga bolalar tarbiya va ta’limiga davlat qo’ygan talablarga javob beradigan muassasa deb qarash kerak.
Ota-onalar ehtiyojlariga mos holda ularga maktabgacha tarbiya muassasasini - turi, xili va sohasiga qarab tanlash huquqiga egaligini ta’minlash.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida turli maktabgacha tarbiya muassasalar tizimi tashkil etilgan: turlari bo’yicha – maktabgacha muassasalar, “maktabgacha ta’lim muassasasi – boshlang’ich maktab” komplekslari, “Mehribonlik” uylari, “bolalar qishlog’i”; xususiylik shakli bo’yicha – davlat va nodavlat; bolalar bilan ishlash yo’nalishi bo’yicha: umumiy, maxsus va sanator.
Maktabgacha ta’lim tizimi murakkab tuzilishga ega. Maktabgacha ta’lim tuzilishi 2 tarkibga ega – maktabgacha ta’lim muassasalari va maktabgacha ta’limni ishlashi va rivojlanishini ta’minlovchi xizmatlar.
Maktabgacha ta’lim muammolariga qaratilgan asosiy halqa maktabgacha tarbiya muassasasi bo’lib hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda hududning asosiy muammolaridan biri guruhlarning to’lish normalarini, aholining turli maktabgacha muassasalarga bo’lgan ehtiyojlarini, ekologik sharoitni hisobga olgan holda qishloq, hudud va shaharlarda loyihalar bo’yicha maktabgacha muassasalar qurish. Loyihalar musiqa va jismoniy tarbiya zallari, tasviriy san’at studiyalari, basseynlar, o’yin xonalari, har bir guruh uchun alohida yotoqxona va o’yin xonalari, o’g’il va qiz bolalar uchun alohida xojatxonalar, tarbiyachilarga psixologik yordam xonalari qurishni ko’zda tutishi lozim. Ma’muriy xo’jalik xonalari rejalashtirilganda, xodimlar ishlashi uchun qulay shart-sharoit yaratish kerak.
Yangi binolar qurish va eski binolarni ta’mirlash individual loyihalar bo’yicha amalga oshirilganda maqsadga muvofiqdir. Bu binolarda 6ta guruhdan ko’proq guruhlarni joylashtirish mumkin emas. Bolalar uchun mo’ljallangan xonalarda ularni turli faoliyati uchun qulaylik yaratish kerak. Guruh xonalarini funksional o’zgaruvchan jihozlar bilan jihozlash. Ular joylashishini o’zgartirish oson bo’lib, guruh xonasini turli variantlar bo’yicha fazoviy bezatish mumkin.
Maktabgacha ta’lim Tashkilotlari rivojlanuvchi predmetlar muhitini tashkil qilishga, ya’ni bolaning ma’naviy, jismoniy va psixik ko’rinishi rivojlanish mazmunini funksional modellashtiruvchi, bola faoliyatini material ob’ekti tizimiga alohida e’tibor qaratishi kerak.
Bolalikni rivojlantiruvchi predmet muhiti – bola shaxsi va faoliyati to’liq rivojlanishini ta’minlovchi sharoitlar tizimidir. U bolaning to’laqonli jismoniy, estetik, bilish va ijtimoiy rivojlanishi uchun zarur bir qator tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi. Ularga: tabiat muhiti va ob’ektlari, madaniy landshaftlar (ko’rinishlar), jismoniy o’yinlar va sog’lomlashtiruvchi inshootlar, predmet-o’yin muhiti, bolalar kutubxonasi, o’yingoh, videoteka, dizayn studiyasi, muzey, musiqa-teatr muhiti, mashg’ulotlarni predmet-rivojlantiruvchi muhiti, kompyuter o’yingohlari kiradi.
Predmetli muhitga boshlang’ich talab – uni rivojlantiruvchi xarakteridir. U o’zining mazmun va jihatlari orqali ob’ektiv holda har bir bolaning ijodiy faoliyati uchun sharoit yaratishi kerak; dolzarb, jismoniy, psixik rivojlanishi va takomillashish maqsadiga xizmat qilishi, yaqin rivojlanish zonasini ta’minlashi kerak.
Bola shaxsi rivojlanishining turli bosqichlarida ma’lumot olish muhitini kerakli turli mavzular majmui, materiallar xilma-xilligini ta’minlash kerak. Maktabgacha muassasalarni predmet-o’yin muhitini zamonaviy, arxaik (qadimgi) va etnik (O’zbekistonda yashovchi turli etnik guruhlarga tegishli) o’yinchoqlar bilan ta’minlashni ko’zda tutish kerak. Birinchisi bola psixikasini umuminsoniy sifatlarini saqlash va qayta tiklash uchun kerak, ikkinchisi esa madaniy-ahloqiy va estetik qadriyatlarni avloddan-avlodga saqlash uchun kuchli vosita bo’lib xizmat qiladi.
Bolani ijodiy rivojlanishi uchun katta zahira yangi axborot texnologiyalarini qo’llash bo’lib, bular maktabgacha yosh davriga o’yin orqali va ramziy-modellashtirish faoliyatining boshqa turlari orqali kirishi mumkin. Yangi axborot texnologiyalari bolada informatsion jamiyatdagi hayotga motivatsion, intellektual va operatsional (oldinlab boruvchi) tayyorlikni shakllantiradi.
Ta’lim tizimining tuzilish birligi bo’lib, psixologik va ijtimoiylar xizmatlar hisoblanadi.
Psixologik xizmatning asosiy maqsadi – bolani to’laqonli psixik va shaxsiy rivojlanishiga yordam beruvchi muhit bilan ta’minlash.
Ijtimoiy xizmat tevarak-atrofdagi muhit doirasida – ta’lim muassasasida, oilada, bolalar uyushmalarida va boshqalarda bola shaxsini to’laqonli ijtimoiylashuvi, rivojlanishi va tarbiyalash uchun xizmat qiladi.
Bolalar psixologi faoliyatining asosiy turlari: psixologik maorif, psixoprofilaktika faoliyati, psixologik tashxis, psixologik maslahat berish, rivojlantiruvchi va korreksion faoliyat.
Ijtimoiy pedagog faoliyatining asosiy turlari – ijtimoiy ta’lim bo’yicha regional dasturlar tuzish va ularni amalga oshirishda ishtirok etish, bolalar haq-huquqlarini himoya qilish, bola rivojlanishi va tarbiyasida oilaga ijtimoiy-pedagogik qo’llashni ta’minlash, buni amalga oshirish uchun boshqa mutaxassislarni jalb etish, ijtimoiy xavf-xatarga moyil oilalar bilan ishlash, ijtimoiylashuvda qiyinchilik sezgan bolalarni, vasiylikka muhtojlarni hisobga olish, ekstremal vaziyatdagilarga ijtimoiy-pedagogik yordam berish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va uni bolalar, ularning oilalarida qo’llash, ijtimoiy-psixologik muammolarni yechishda boshqaruv organlari, ijtimoiy muassasalar bilan birgalikda harakat qilish.
Maktabgacha ta’limni isloh qilish (o’zgartirish), boshqarish tizimida o’zgartirish kiritishni talab qiladi. Qishloq, viloyat, shaharda region xususiyatlarini hisobga olgan holda haqiqiy vaziyatdan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim muassasalarini boshqarishning turli o’zgaruvchan shakllarini yaratish maqadga muvofiq.



Yüklə 353,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə