Urganch davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Maktabgacha ta’lim tashkilotida yillik ish re’jasida MTT da qilinayotgan ishlar



Yüklə 353,43 Kb.
səhifə9/11
tarix28.11.2023
ölçüsü353,43 Kb.
#133430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MTT yillik ish rejasinining mohiyati

2.2 Maktabgacha ta’lim tashkilotida yillik ish re’jasida MTT da qilinayotgan ishlar.
Maktabgacha tashkilotlar ishini qayta qurish muassasadagi o’zgarishlar va ish mazmuni bilan bir qatorda yuqori turuvchi muassasalar bilan munosabatlardagi o’zgarishlarni ham o’z ichiga olishi kerak. Maktabgacha muassasa mudir va pedagogik kengash bilan hamkorlikda boshqariladi. Bu kengash doimiy faoliyat ko’rsatuvchi, pedagogik xodimlarni o’z-o’zini boshqaruvchi kollegial organ bo’lib hisoblanadi.9
Maktabgacha ta’lim tizimini isloh etish pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda o’zgartirishlar kiritishni talab qiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalarda maxsus pedagogik ma’lumotga ega bo’lgan yoki pedagogik ma’lumotga ega bo’lib, qayta tayyorlashni o’taganlar ishlashlari zarur.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi mehnatining ijtimoiy ahamiyati, samaraliligi va obro’si uning tayyorgarlik darajasiga bog’liq. Bu jarayonda kasbiy tayyorgarlikni differensiatsiya tamoyilini tatbiq etish alohida ahamiyatga ega.
O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim muassasalar tarbiyachisini tayyorlash huquqi pedagogik kollej va oliy o’quv yurtlariga berilgan.
Kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirish abituriyentlarni o’quv ta’lim muassasalariga kirishda kasbiy yaroqlilikni aniqlash muhim omil bo’lishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun malakali kadrlar tayyorlashni differensiatsiyalashtirish ular malakasini oshirish va qayta tayyorlashni differensiatsiya jarayoniga imkon yaratadi.
Malaka oshirish kurslari o’z ishini shunday tuzishi kerakki, tinglovchilar faqat ta’lim jarayonining zamonaviy usul va uslublari bilangina tanishmay, balki ularni qobiliyat va qiziqishlariga qarab qo’shimcha mutaxassislik bo’yicha bilim olishlari lozim. O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim Konsepsiyasining asosiy qoidalarini tatbiq etish maktabgacha ta’lim muammolarini hal qiluvchi barcha muassasalar harakatlarining o’zaro muvofiqligi va ular orasida bog’lanish va hamkorlik zarurligini ko’zda tutadi. Qo’yilgan vazifalarni hal etish Respublika maktabgacha ta’lim ilmiy-uslubiy markazi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Markaz faoliyatiga quyidagi xizmatlar kirishi lozim: ilmiy, uslubiy, psixologik-pedagogik, shuningdek, ilg’or ta’lim texnologiyasi va o’quv-ko’rgazmali qurollar laboratoriyasi, tajriba-eksperimental maktabgacha ta’lim muassasalari. Markaz faoliyat doirasida O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim yo’nalishlarini rivojlantirish, istiqbolli dasturlar tuzish uchun vaqtinchalik ijodiy ilmiy-uslubiy jamoalar tuzish ko’zda tutilishi kerak.
Ilmiy xizmat - O’zbekistonda maktabgacha ta’limning o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan umumiy va ustuvor regional muammolar bo’yicha tadqiqotlar bilan shug’ullanishi kerak. Bunga maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayon mazmun va shaklini ishlab chiqish, o’zbek-rus – ikki tillilik (ko’p tillilik - bilingvizm) muammosi, bolalarning rivojlanish darajasini psixologik, pedagogik va ijtimoiy tashxis qilish usullari, pedagoglarni kasbiy darajasi, oilaviy, maktabgacha va boshlang’ich ta’limning o’zaro munosabati, ta’limning shaxsiy-yo’naltiruvchi ustuvor modeli mazmuni, usuli va texnologiyalari va bir qator boshqa dolzarb masalalar kiradi.
Uslubiy xizmat (fan yutuqlari va ilg’or tajriba asosida) uslubiy materiallar, o’quv-ko’rgazmali qurollar ishlab chiqish; eksperimental maktabgacha muassasalar asosida yangi pedagogik texnologiyalar aprobatsiyasini o’tkazish va ularni ommaviy amaliyotga tatbiq etish; pedagogik tajribani o’rganish, umumlashtirish va keng tarqatish; pedagogik jamoalar va alohida tarbiyachilarning yangi g’oyalarini, pedagogik jarayonni tashkil etishda yangi shakllarni qidirishda ularni qo’llash va yordam berish; mualliflik maktabgacha ta’lim muassasalarini ochishga yordam berish, tarbiyachilar ijodiy uyushmalarini tashkil etish va boshqalardan iborat.

Yüklə 353,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə