Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti «biotexnologiya»


Tozalanmagan ferment preparatlari olish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/113
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160957
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113
Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizl

Tozalanmagan ferment preparatlari olish 
Tozalanmagan ferment preparatlari tarkibida mikroorgonizmlar, qoldiq 
ozuqa muhiti va 8-12% dan oshmagan namlik saqlaydi. Tozalanmagan ferment 
preparatlari quyi va ustki uslublarda olinishi mumkin. Quyi uslubda olingan 
fermentlar qattit qismlar, produsent biomassalaridan tozalanishi mumkin. 
Ko’pchilik produsentlar ozuqa muhitiga fermentlarni chiqaradi. Ozuqa muhitiga 
chiqarilgan ferment preparatlarining tarkibidagi ferment bo’lmagan qattiq 
moddalrini filtrlash, sentrifugalash yordamida tozalanadi. Ushbu jarayonda 
sterillikni ta’minlash qiyin bo’ladi. Tozalash jarayoniga produsentlarning turi, ozuqa 
muhitining turi, erimaydigan moddalarning miqdori, tarkibidagi moddalarning fizik-
kimyoviy tasniflari, harorat rejimlarlari va boshqa faktorlar ta’sir ko’rsatadi.Filtrlash 
jarayonini engil o’tqazish maqsadida muhitga kimyoviy ishlovlar beriladi. Bunda 
asosan suyqlik muhiti pH 8-8,5 ga keltirilib, 0,1% kalsiy xlorid tuzi qo’shiladi va 
gel massa hosil qilinadi, gel massa filtrlash jarayonida cho’kmadan to’liq tozalash 
imkoniyatini beradi. Kimyoviy ishlovlar har doim ham yahshi natija 
ko’rsatavermaydi. Shuning uchun ko’pchilik ferment tozalash korxonalarida 
kizilgurlar, diatamitlardan foydalaniladi. Bu esa yahshi tozalash imkoniyatini 
yaratadi. Bu uslub ning ham kamchiligi fermentlarning aktivligining pasayib 
ketishida hisoblanadi, lekin ferment preparatlarining tiniqligi oshadi. Chiqindi 
biomassalar quritilib, bioshrotlar ishlab chiqarish sanoatiga yuboriladi. Kultural 
filtrate uzoq muddat saqlash qiyinligi sababli tezda qayta ishga yuboriladi.
Fermentlarni ekstragirlash 
Xamma fermentlar suvda erish hususiyatiga ega, shuning uchun 
ekstragirlash uchun suvdan foydalaniladi. Agar fermentlar achitqi yoki bakteriyalar 
tarkibida fermentlar ajratilsa unda achitqi va bakteriyalarning hujayra devorlarini 
avtolitik buzish kerak bo’ladi. Fermentlarni ajratish jarayoni quruq va nam 
achitqilarda olib boriladi. Quruq achitqilar uzoq muddat aktivlikka ega bo’lmagan 
fermentlarni saqlashi mumkin. Ushbu uslub texnologik jixatdan afzal, lekin 
fermentlar aktivligining pasayishiga olib keladi, shuning uchun suyuq 
biomassalarda fermentlarni ajratib olish effektiv hisoblanadi. Ekstragirlash 


jarayonida fermentlarning miqdori 3- 4 marta oshadi va shu bilan birgalikda 
erimaydigan moddalar miqdori 75% gacha ko’tariladi. Bu esa bioshrot olish uchun 
qo’llaniladi. Ekstragirlash jarayonini to’liq olib borish uchun ph, jarayon 
davomiyligi, ferment ajralish tabiati, ekstraktorga solingan massa xajmi va 
xakozolar. Ekstragirlash jarayonida ferment bilan birgalikda boshqa ballast 
birikmalar ham hosil bo’ladi. 
Ferment preparatlari ishlab chiqarish hozirgi kunda biotexnologiyaning 
asosiy ishlab chiqarish yo’nalishlaridan biri bo’lib keskin yangi texnologiyalar 
asosida rivojlanib borayapdi.Fermentlar ishkab chiqarishning hozirgi kunda tez 
shiddat bilan rivojlanishiga asosiy sabablardan biri fermentlar biologic katalizatorlar 
bo’lib biokimyoviy jarayonlarni shiddat bilan va salbiy ta’sirlarsiz hamda 
orgonizmga no’jo’ya ta’sir qiluvchi metobolitlarsiz kataliz jarayonlarini olib boorish 
uchun hizmat qiladi.
Xozirgi kunda ferment ishlab chiqarish o’zining qo’llanilish uchun 
optimalligi uchun sanoat miqiyosida keng ishlab chiqarish jarayonlari amalga 
oshirilmoqda. Fermentlarning biologic hossalarini o’rganish ularning ishlab 
chiqarilishini keng miqiyosda amalga oshirilishiga olib kelmoqda. Ushbu 
preparatlarni qo’llash yangi zamonaviy yuqori samarili ferment ishlab chiqarish 
texnologiyalarini qo’llanilishi va yaratilishiga asos bo’lmoqda. Tozalangan ferment 
preparatlarini ishlab chiqarish medetsina sohasida, farmasevtika sohasi va boshqa 
sohalarda maqsadli,yuqorisamarali jarayonlarda qo’llanilmoqda. 
Fermentlarning ishlash optimal muhitlari pH 4-9, harorat 20-70
0
C va normal 
bosim hisoblanib, ma’lum biokimyoviy jarayonlarni amalga oshirish uchun 
ishlatiladi.Bu ea ferment ishlab chiqarishning intensive kengayishiga olib keladi.
An’anaviy ferment ishlab chiqarish ozuqa muhitinida mikroorgonizmlarning yuqori 
va quyi uslublarida ishlab chiqariladi. Mikroorgonimlarni ozuqa muhitining quyi 
qismida o’stirib fermentlar ishlab chiqarish mikroorgonizmlar ozuqa muhitining 
yuqori qismida olinishiga nisbat aerob mikroorgonizmlardan foydalanish, 
sig’imlarning kam joy egallashi, uzluksiz ferment ishlab chiqarilishi kabi 
afazalliklar asosida ishlab chiqarish jarayonini olib borishni ta’minlaydi. 


Mikroorgonizmlarni quyi oziqa muhitida o’stirib ferment preparatlari olish 
uslubi haqida umumiy ma’lumotlar. Quyi oziqa muhitida mikroorgonizmlardan 
ferment preparatlarini olishning prinspial sxemasi. Quyi oziqa muhitida 
mikroorgonizmlardan ferment preparatlarini olishning prinspial sxemasida 
mikroorgonizmlarni kultuvirlashni 3 ta bosqichga bo’lishimiz mumkin. Bu 
bosqichlarda uskunalar sterillanishi, ozuqa muhitini tayyorlash va sterillash, 
produsent mikroorgonizmlarni tayyorlash, ozuqa muhitiga ekish, havoni filtrlash 
kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi. Qisqa qilib aytganda fermentasiya va belgilangan 
tasnifga ega bo’lgan ferment preparatlarini olish jarayonlaridan iborat. 
Umumiy qilib aytganda ushbu uslublarning bir birisidan farqi ferment ishlab 
chiqarishning boshlang’ich va oxirgi jarayonlaridagi o’zgarishlarida bo’ladi. Bu 
asosan qo’llaniladigan har hil mikroorgonizmlar va olinadigan har hil tipdagi 
fermentlar bilan bog’liqdir. Bundan tashqari ayrim texnologik sxemalardan qoldiq 
mikroorgonizmlar oqsillar ishlab chiqarish, ozuqa muhitlari tayyorlar va 
mikroorgonizmlarni qayta tayyorlab fermentasiya jarayonlarida qo’llash kabi 
jarayonlarni o’ziga biriktiradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə