Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti «biotexnologiya»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/113
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160957
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   113
Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizl

Oqsilli moddalarni ajratib olish 
Oqsillarni ajratish uslublari oqsillar, o’simliklar, hayvonlar to’qimasidan, 
mikroorganizmlardan maxsus metodlarda ajratib olinadi. Buning uchun dastlab 
biologik material maydalangan (gomogen holatga) keltiriladi. Ko’pinchi material 
gomogenizatorda, maxsus tegirmonlarda maydalanadi. Shuningdek, bu maqsadda 
ultratovushdan vaqt-vaqti bilan muzlatish va eritish “azot bombasi” va boshqa 
usullardan foydalaniladi. Masalan, mikroorganizmlardan oqsil ajratib olishda 
hujayra sus’enziyasiga yuqori bosim ostida azot berilib (“azot bombasi” usuli) tezda 
bosim ‘asaytiriladi. Bunda hujayra ason parchalanib, oqsil eritmaga o’tadi. Agar 
mahsulot juda ko’p marta muzlatib eritiladigan bo’lsa, muz kristallari hujayra 
devorini ‘archalaydigan azot vazifasini bajaradi. Ana shunday usullar bilan hosil 
qilingan gomogenatdan oqsillarni ajratib olish uchun ekstraksiya metodidan 
foydalaniladi. Odatda oqsillat tabiatiga qarab, tuzlar va har xil organik moddalarning 
eritmalari yordamida ajratib olinadi. Ma’lumki, oqsillarning eruvchanligi eritma pH 
iga bog’liq. Shuning uchun ko’pchilik hollarda tuzlar buffer aralashmalar holida 
ajratiladi. Keyingi vaqtda organik moddalar tayyorlangan buffer eritmalar ham 
ishlatilmoqda. Masalan, tris-bufer (trioksimetilaminometan) va uning xlorid kislota 
bilan hosil qilgan tuzli aralashmasi. Bunday buffer eritmalardan oqsillarning yaxshi 
ekstraksiyalanishi ularning gisroksid gru’’aga boy bo’lishiga bog’liq. Oqsillarni 
ekstraksiyalashda gliserindan foydalanish ham xuddi ana shunga asoslangan. Ayrim 
hollarda oqsillarni ekstraksiyalashda tuz, spirt, sirka kislota-fenol-suv (Sindj metodi) 
aralashmasi yaxshi natija berdi. Oqsillar ekstraksiyalangandan keyin fraksiyalash 
asosida bir-biridan ajratiladi. Tuzlar yordamida cho’ktirish fraksiyalashda 
qo’llaniladigam eng oson metod hisoblanadi. Chunki oqsillarning eruvchanligi 
eritmadagi tuzning konsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi. Demak, turli konsentratsiyali 
eritmalar hosil qilib (eritmaga tuz qo’shib borish asosida), oqsillarni osongina 
birbiridan ajratish mumkin. Bu maqsad uchun ko’’incha (NH
4
)
2
SO
4
dan 


foydalaniladi. Ayrim oqsillarni cho’ktirishda og’ir metallar (Hg++, Zn++, Cd++, 
Ba++ , Pb++, Cu++va boshqalar) tuzidan foydalaniladi. Masalan, insulin Zn tuzi 
yordamida, fosfo’roteinlar Ba va Ca yordamida oson cho’ktiriladi. Oqsillarni 
organik erituvchilar yordamida fraksiyalash metodi ham ularning eruvchanligiga 
asoslangan. Organik erituvchilardan ko’proq metal, etil spirt ishlatiladi. 
Fraksiyalash ishlari albatta ma’lum pH va past temperaturada olib borishi kerak, aks 
holda oqsillar tabiiy holatini yo’qotishi mumkin. Masalan, qon zardobi oqsillari etil 
spirt bilan fraksiyalanganda konsentratsiyasi 8% ga yetganda fibrinogen, 18% da d-
globulin, 25% da β va j-globulin, 40% da albumin va L2-globulin cho’kmaga 
tushadi. Albumin va L2 globulinni ham spirtning shu konsentratsiyasida eritmaning 
muhitini o’zgartirib bir-biridan ajratish mumkin, ya’ni pH=5,8 da L2 globulin, pH-
4 da albumin to’liq cho’kadi. Hozir oqsillarni fraksiyalashda ultrasentrifugalash, 
elektroforez, xromotografiya va immunobiologik fraksiyalash metodlari keng 
qo’llaniladi. Ayniqsa, xromotografiya metodida har xil genlarni qo’llash keng avj 
olmoqda. Xromotografiyada Gellar qo’llaniladigan soha gel-xromotografiya deb 
ataladi. Hozirgi vaqtda har xil gellar ishlab chiqilgan bo’lib, shulardan eng ko’p 
tarqalgani dekstrandan tayyorlangan turli markada sefadekslardir. Dekstron yuqori 
molekulali L-glyukoza qoldiqlaridan tarkib topgan polimer modda. Agar u ishqoriy 
muhitda epixlorgidrin bilan reaksiyaga kiritilsa, gel hosil bo’ladi. Akrilamid gelini 
hosil qilish uchun suvda yaxshi eriydigan monomer akrilamid (CH2=CH-C-NH2) 
olinib, bifunksional reagentlar ishtirokida polimemerlashtiriladi. Masalan, akrilamid 
–N, N metilenbioakrilamid (CH2=CH-CO-NH-CH2-NH-CO-CH=CH2) ishtirokida 
polimerlashtirlganda ham xuddi yuqoridagidek tuzilishga o’xshash gel hosil bo’ladi. 
Dekstrin zanjirini turli nisbatda ko’ndalangiga tikish hisobiga har xil diametrdagi 
teshiklar hosil bo’ladi. erituvchilarda oson bo’kishi va moddalarni molekulalarining 
yirikmaydaligiga qarab saralab o’tkazishi bunday gellarning eng muhim 
xususiyatidir. Shuning uchun ham gellardan foydalanib, moddalarni birbiridan 
ajratish “molekulyar elash” metodi deyiladi. Gellar gomogen va donador bo’lishi 
mumkin.


Molekulalarni yirik-maydaligiga qarab ajratish oqsillar uchun juda mos keladi. 
chunki oqsillar birinchi navbatda bir-biridan molekulalarining o’lchami bilan farq 
qiladi. Agar xromatografiya kolonkasiga donador gel to’ldirilib, yirik-mayda 
molekulalar aralashmasidan iborat eritma qo’yilsa, kichik molekulalar tirqishlar 
orqali gel zarrachasining ichiga kirib diffuziya qonuni asosida tarqaladi. Yirik 
molekulalar esa bu tirqishlardan o’tolmaydi, natijada ular zarrachaning tashqarisida 
qoladi. Agar kolonka buffer eritma bilan yuvilsa, birinchi bo’lib yirik zarrachalar 
ajralib chiqadi. Mayda molekulardan iborat modda esa keyin ajralib chiqadi. Buini 
3-rasmda ko’rish mumkin. Geldagi bo’shliqlarning yirik maydaligigi, tirqishlarning 
kengligi, ‘olimer zanjirlar o’rtasidagi to’rning zichligi va o’lchamiga, shuningdek, 
bo’kish darajasiga, reaksiyasiga kiritilgan moddalarning konsentratsiyasiga bog’liq. 
Moddalarning konsentratsiyasini o’zgartirib, turli darajada bo’kadigan, har xil 
olekularni o’tkaza oladigan gellar hosil qilishi mumkin. Xromotografiyada gellardan 
tashqari, yana ion almashinuvchi adsorbentlar ham keng qo’llanilmoqda. Bu maqsad 
uchun ko’proq selluloza hosilalari (DEAE, SE va KM selluloza) ishlatiladi. 
Yuqoridagi usullar bilan ajratib olingan oqsillar tarkibida doim qo’shimcha 
moddalar bo’ladi. ular tarkibida tuzlarning ionlari ko’’ uchraydi. Oqsillarning 
ulardan tozalash uchun, odatda, dializ, elektrodializ, kristallantirish, qayta 
kristallantirish, gelfiltratsiya va boshqa usullardan foydalaniladi. Oqsillarni dializ 
usulida tozalash ancha uzoq vaqt (bir necha soat yoki kun) davom etadi. Buning 
uchun oqsil yarim o’tkazgich xususiyatli membranadan tayyorlangan xaltachaga 
solinib, uzoq vaqt oqar suvda yuviladi. Yarim o’tkazgich membrana sifatida 
sellofan, kollodiy hayvonlarning siydik ‘ufagi va boshqalardan foydalanish mumkin. 
Bular ichida sellofan ‘lyonkalar eng qulay hisoblanadi. Dializni tezlashtirish uchun 
yarim o’tkazgich membrana yoniga elektr qutblarini joylashtirish mumkin. Natijada 
zaryadlangan ionlarning membranadan o’tishi tezlashadi. Shu maqsadda hozirgi 
vaqtda maxsus elektrolizatorlar ishlab chiqilgan. Shunday qilib, dializ natijasida 
oqsillar kichik molekulali moddalardan tozalanadi. So’ng oqsillar eritmasi past va 
o’ta past temperaturada quritiladi. Quritishning bu usuli liofilizatsiya deyiladi. Oqsil 
eritmalariga tuz qo’shib kristallantirish mumkin (masalan Na
2
SO
4
, (NH
4
)
2
SO
4
). 


Lekin bunday usullar bilan kristallantirilganda oqsillar juda mayda kristallari hosil 
bo’ladi. Rentgen struktura analizi uchun zarur bo’lgan oqsil kristallari (0,5 mm dagi) 
maxsus sharoitda organik erituvchilar (masalan, ‘olietilenglikol) qo’shib hosil 
qilinadi. Gelfiltratsiya oqsillarni tuz ionlaridan tez tozalash mumkin. Gelfiltratsiya 
odatdagi dializdan farqi shundaki, bunda yirik molekulali moddalar (oqsillar) 
aralashmadan birinchi bo’lib ajralib chiqadi. Bunda sefodeksning teshiklari kichik 
bo’lgan navlari G=25, G=15 lar qo’llaniladi. Oqsillar strukturasining tarkibini, 
xossalarini o’rganishga kirishishdan oldin tozalik va gomogenlik darajasi tekshirib 
ko’riladi. Ularning gomogenlik darajasi, odatda, elektroforez, ultrasentrifugalash, 
kristallarining eruvchanligini o’rganish -N va C-uchki aminokislotalarni aniqlash va 
boshqa metodlar asosida aniqlanadi. Sefadeks kolonkasida moddalarni 
molekulalarining yirik maydaligiga qarab ajratish. A-kolonka eritma endigina 
qo’yilgan ‘ayt yirik donachalar sefadeks mayda zarrachalar esa turli o’lchamdagi 
oqsil molekulalari; B-kolonka bufer eritma bilan yuvilganda zarrachalarning 
tarqalishi; V-oqsil molekulalarining o’lchamiga qarab bir-biridan ajralgan holati. [8]
6.1-rasm. Biologik kod 


6.2-rasm. Oqsil biosintezining sxemasi. 




Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
P.SHaripov “Oziq-ovqat biotexnologiyasi” fanidan o’quv uslubiy qo’llanma 
Urganch-2016y 
2.
htt’s://www.trueleafmarket.com/’ages/microgreens-soil-instructions 
3.
htt’://uz.denemetr.com/docs/769/index-87858-1.html?’age=3
 
4.
N.Xo’jamshukurov “Oziq-ovqat va ozuqa mahsulotlarini qayta ishlash 
biotexnologiyasi” 26 bet 
5.
htt’://moodle.’harmi.uz/intranet/fmoflib/Mikrobiologiya/6.html 
6.
I.Qurbonov “MIKROBIOLOGIYA, FITOPATOLOGIYA VA QISHLOQ 
XO’JALIK BIOTEXNOLOGIYASI” fanidan laboratoriya uslubiy qo’llanmasi 
Namangan 2016y 
7.
S.Ataullayeva “Mikrobilogiya fanining umumiy mikrobiologiya” bo`limidan 
o`quv uslubiy qo`llanma. Toshkent 2010 
8.
N.Rashidov “Oqsil ajratib olish biosintezi” Buxoro-2014 



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə