Узбекистон республикаси олий ва урта


 O`simlikning rivojlanishi va donning shakllanish sharoiti



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/87
tarix12.07.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#119519
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87
2.5. O`simlikning rivojlanishi va donning shakllanish sharoiti. 
Bu sharoit don massasining sifati, holati va hosilning kattaligiga ta`sir 
ko`rsatadi. 
Bir xil urug`lik sifatiga ega bo`lgan don hosili ustirilgan rayon va tuprogiga 
karab har xil bulishi mumkin. Donning sifatiga tuprokka berilgan ugit har katta ta`sir 
ko`rsatadi. Agar hosilni yigib olish davrida yoki undan oldinrok yog`ingarchilik busa, 
don qabul qilish korxonalariga yuqori namlikka ega bo`lgan mahsulot qabul qilinadi, 
bunaka don massasini saqlash kiyin. Kurgokchilik yillarida don kuruk holatda qabul 
qilinadi; agar kurgokchilik donning pishish davriga to`g`ri kelsa, u tulmasdan (puch 
bo`lib) koladi. 
Don usayotgan joyida dala zararkunandalari, masalan toshbakasimon bitlar 
bilan zararlanishi mumkin, natijada bugdoy donining nonboplik xususiyati pasayadi 
va hosil kamayadi. 
2.6. Hosilni yigish sharoiti. 
Yigish davrida ob-xavo, terim ishlarining texnikasi va bu davrni utkazish 
muddati donning sifati va holatiga ta`sir qiladi, natijada don massasining saqlanishini 
ta`minlaydigan tadbirlarni utkazish kerak bo`ladi. 
Hosilni yigib-terib olish bir fazali yoki ajratilgan holda bulishi mumkin. Bir 
fazali yigim paytida o`simlikni urib olish va donini ajratish bir vaktning uzida amalga 
oshiriladi. 
2.7. Donni yigimdan sunggi dastlabki davrda saqlash sharoiti. 


14 
Don daladan yigib olingandan sung fakat uning bir qismigina qabul punktlariga 
etkaziladi. Donning ko`p miqdori esa jamoat yoki shirkat xo`jaligi omborlarida 
dastlabki saqlash boskichini utadi. Aloxida don turkumlari uchun bu boskich bir 
necha soat va sutkadan bir oy yoki undan ko`prok muddatga chuzilishi mumkin. 
Bunday xollarda donning zararkunanda va kanalar bilan zararlanishi, nokulay ob-
xavo sharoitida esa namlanishi kuzatiladi. Donning namlanishi esa uning kukarishiga, 
mikroorganizmlarning rivojlanishiga va uz-uzidan kizish holatlariga olib keladi. 
YAngi don hosilini oldingi yil saqlanishi natijasida kolib ketgan organik 
koldiklar (barglar, somon va x.k.)dan tozalanmagan ochik dala maydonlarida saqlash 
tufayli zararkunandalar bilan zararlanishi mumkin. 
Agar bunday don uz vaktida parvarish qilib, oldi olinmasa, uning namlanishi 
va uz-uzidan kizish holati yuzaga keladi. Bu jarayonlar yangi yigib olingan donda 
juda tez boshlanadi. Qabul qilish korxonasiga donning kizigan holatda etkazilishiga 
davlat standart talablari bo`yicha yul kuyilmaydi. 
Donni tashish paytida har uning sifati pasayishi (zararkunandalar bilan 
zararlanishi, ifloslanishi, namlanishi, mikroorganizmlar rivoji va sh.u.) mumkin. 
SHunday qilib, saqlashda don holati, boshqacha suz bilan aytganda uning sifati 
va ma`lum bir maqsadga muljallanganligi ma`lum darajada yigimdan keyingi saqlash 
sharoitiga boglik. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə