Узбекистон республикаси олий ва урта



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/87
tarix12.07.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#119519
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87
3.1. Donning okuvchanligi. 
Don - bu dispers fazani namoyon qiladi. Uning tarkibiga don, xavo va 
yuqoridagi ko`rsatib utilgan boshqa komponentlar kiradi. 
Elevator, un tortish, yorma va omixta em zavodlarida donning bir mashinadan 
ikkinchi mashinaga vertikal usulda uzatilishi uning okuvchanlik xossasiga asoslanadi. 
Okuvchanlik xossasi donning shaklidan, namligidan va uning tarkibidagi begona 
aralashmalr miqdoridan boglik. Donning shakli kancha yumalok bulsa, okuvchanlik 
shuncha katta bo`ladi (tarik, nuxat, lyupin). Namlik kancha katta bulsa, okuvchanlik 
kamayadi. Begona aralashmalar miqdorining ko`pligi har okuvchanlikni kamaytiradi. 
Odatda don massasining okuvchanligi tashki va ichki ishkalanish 
koeffitsientlari bilan baxolanib, ishkalanish va tabiiy kiyalik burchaklarini ulchash 
yuli bilan aniklanadi. 
Ishkalanish burchagi bu shunday burchakki, bunda don massasi kandaydir 
yuza buylab sirpanib tusha boshlaydi. 
Tabiiy kiyalik burchagi deb don massasining gorizantal tekislikka tushib hosil 
kilgan konusining asos diametri bilan tashkil kiluvchisi orasidagi burchakka aytiladi. 


16 
3.2. Don massasining uz-uzidan saralanishi. 
Don massasini bir joydan ikkinchi joyga kuchirishda uning uz-uzidan 
saralanish holati, ya`ni hosil bo`ladigan uyumning aloxida uchastkalari buylab don 
massasi komponentlarning notekis tarkalish holati kuzatiladi. Bu don massasida 
kungilsiz xodisalar (uz-uzidan kizish, jipslashish va boshqalar)ning paydo bulishiga 
olib keladi. 
Uz-uzidan saralanish holati don massasiga kiruvchi kattik qismlarning zichligi 
bo`yicha har turli ekanligining oqibatidir. Don massasi bilan saqlagichni tuldirishda 
yoki donni uzi okizar kuvur orkali undan chiqarishda, konveyer bilan kuchirishda, 
vagon va avtomobillarga ortishda, albatta uz-uzidan saralanish holati yuzaga keladi. 
Don massasi konveyer lentasida silkitilganda, avtomobil yoki vagonlarga ortish 
paytida turkilar natijasida har kichik zichlikka ega bo`lgan qismlar (yengil 
aralashmalar, gul kobigidagi urug`lar, puchak donlar va boshqalar) uyumning yuqori 
katlami va yuzasiga chikib kolishadi. 
Don massasi kattik qismlarining erkin tushishida, masalan siloslarni 
tuldirishda, har kaysi zarraning harakatlanib uz-uzidan saralanishiga xavoning 
qarshiligi imkon beradi. Bu qarshilik har kaysi donning shakli, ulchami, zichligi va 
massasidan va harakatlanish tezligidan, shuningdek barcha don massasi qismlarining 
xavo fazosidagi joylashuvidan boglik bo`ladi. 
Ko`prok don massasining uz-uzidan saralanish holati uni elevator siloslariga 
solishda va undan chiqarish paytida kuzatiladi. 
Yirik to`liq ogir don va aralashmalar katta zichlik va massaga ega bo`lganligi 
uchun silosning tubiga tez tushib uyumni tashkil kila boshlaydi. Katta bulmagan 
massa va zichlikka ega bo`lgan puchak, mayda don va aralashmalar esa ancha sekin 
tushadi; ular xavoning kuyunsimon harakati tufayli silos devorlari tomon uchirib 
tashlanadi. 
Elevator silosidan chikayotgan don massasining uz-uzidan saralanish tabiati 
silos shakli, uning balandligining kundalang kesimiga bo`lgan nisbati va chiqarish 
teshigining joylashishidan boglik bo`ladi. elevatorning turli siloslariga joylashtirilgan 
kuruk bugdoy doni bilan utkazilgan tajribalarga asosan S. G. Gerasimov uziga xos 
uch xil okib tushish holatini urnatdi. Bular normal, asimmetrik va simmetrik okib 
tushish holatlaridir. 
Normal okib tushish jarayoni yuklash va chiqarish teshiklari devorga nisbatan 
simmetrik ravishda joylashgan siloslarda yuzaga keladi. Teshik diametrlari silos 
balandligiga nisbatan olganda kattarok. Normal okib tushish jarayonida birinchi 
navbatda chiqarish teshigining ustida joylashgan donning markaziy vertikal katlami 
harakatlanadi. Sungra asta-sekin bu katlamga yuqori yon tomonda joylashgan 
katlamlar tortila boshlaydilar. 
Asimmetrik okib tushish jarayoni yuklash va chiqarish teshiklar nosimmetrik 
joylashgan katta diametrli siloslarda yuzaga keladi. Bu holda don massasi markaziy 
ustun buylab okib chikadi, shu bilan birga unga yon kavatda joylashgan don massasi 
har qushilib tusha boshlaydi. 
Simmetrik okib tushish jarayoni kichik diametrli siloslarda yuzaga keladi. 
Bunda O`RTA ustunning tez harakatlanishi va bir vaktning uzida butun don 
massasining kavatma-kavat harakatlanishi kuzatiladi. Silosda taxminan don 


17 
massasining yarmi kolganda, okib tushish asta-sekin normal tabiatni namoyon kila 
boshlaydi. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə