27
Nafas olish jadalligi turli omillarga boglik: bular issiklik ajralishi, kislorodning
yutilishi va SO
2
ning ajralishidir. Birok amalda ajralgan karbonat angidrid va yutilgan
kislorodning miqdorini hisobga olish usuli keng tarkalgan.
Nafas olish jadalligi kuyidagi usullar bilan aniklanadi:
1) Don kuruk moddasining yukolishini hisoblash evaziga.
2) Kalorimetrik usul -nafas olishda ajralib chikkan haroratni aniklash usuli.
3) 24 soat mobaynida 1000
g dondan ajralib chikkan SO
2
yoki yutilgan O
2
yordamida.
Ancha kulay va nisbatan murakkab bulmagan
usul ajralib chikkan SO
2
ning
miqdorini hisobga olishga asoslangan. Donlarning nafas olish jadalligi 100 gramm
kuruk moddadan 24 soat davomida ajralib chikkan SO
2
ning milligrammdagi miqdori
bilan belgilanadi.
Usulning tafsiloti tajriba ishlarini bajarish uchun
ishlab chikilgan uslubiy
ko`rsatmada to`liq keltirilgan.
4.6. Nafas olish jadalligiga ta`sir qiladigan omillar.
a) Nafas olish jadalligiga namlikning ta`siri.
Nafas olish jadalligiga namlikning ta`sirini kuyidagi grafik yordamida
tasvirlash mumkin. Bugdoy donida namlikdan boglik holda
nafas olish jadalligi va
nafas olish koeffitsentining o`zgarishi.
1-SO
2
ning ajralib chikishi; 2-kislorodning yutilishi; 3-Nafas olish koeffitsenti.
b) Nafas olishga haroratning ta`siri. Harorat kutarilishi bilan don nafas olish
jadalligi oshadi. Bu usish temperaturaning ma`lum bir oraligida ruy berib, Vant-Goff
koidasiga buysunadi. Birok ma`lum temperaturadan sung donning nafas olish jadalli-
gi zaiflashib birga boshqa hayotiy
funktsiyalar sekinlashadi, xujayralar uladi va don
nobud bo`ladi. v) Donning nafas olish jadalligiga xavoning ta`siri.
Don massasiga kirgan xavo har uning tabiatiga va nafas olish jadalligiga ta`sir
qiladi. Urni almashtirilmay uzok muddatda saqlanyotan donda SO2 yigilib, kislorod
miqdori kamayib ketadi.
28
Tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, saqlashda karbonat angidridning eng ko`p
miqdori silosning O`RTA qismi, ya`ni 10...15 m chukurlikdagi
qismida tuplanar
ekan. Omborlardan esa bu holat tomdan 1,5-3 m chukurlikda yuzaga keladi.
Kislorodning etishmasligi va karbonat angidridning ko`pligi fakat namligi katta
bo`lgan donlargagina nobud kildiruvchi ta`sir ko`rsatadi. Ammo kuruk donga xatto
kislorodning umuman yukligi va SO2 katta miqdori har uzok vakt ta`sir kilmaydi. Bu
holat
shu bilan tushuntiriladiki, kuruk donning nafas olish jadalligi juda kichik va
uning xujayralarida spirt hosil bulmaydi.
Saqlashda xavo kiritmay 15...20 S haroratda har xil namlikka ega bo`lgan bug-
doy donining kukarish energiyasining kamayishi. 1-Namlik 11,3%;
2-14,32%;
3-16,45%;
4-19,55%;
5-22%.
SHuningdek, donning nafas olish jadalligiga uning pishish holati, hosilni yigib
olish
sharoiti va tashish jarayoni, to`liqligi va yirikligi,
hamda botanik xossalari har
ta`sir qiladi.
Dostları ilə paylaş: