Узбекистон республикаси олий ва урта


 Saqlashda donning nafas olishidan kolgan asoratlar



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/87
tarix12.07.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#119519
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87
4.4. Saqlashda donning nafas olishidan kolgan asoratlar. 
Yuqorida ko`rsatilgan tengliklar shuni ko`rsatadiki, nafas olish jarayoni 
kuyidagi holatlar: 
-dondagi kuruk moddalarning isrofiga; 
-gigroskopik namlikning oshishi don oraligi fazosida xavo nisbiy namligining 
kutarilishiga; 
-don oraligi fazosidagi xavo tarkibining o`zgarishiga; 
-don massasidagi issiklikning yuzaga kelishiga olib keladi. 
O`simlikdan ajratib olingan don va urug`lar saqlashda nafas olish jarayoni 
tufayli yukotgan moddalarni qayta tiklash xususiyatiga ega emaslar. 
Binobarin, saqlashda nafas olish jarayoni organik moddalarning yukolishi bilan 
baravar kechadi. Bu esa kuruk moddalarning yukolishiga olib keladi. Kuruk 
moddalar yukolish miqdori nafas olish jadalligiga boglik: u kancha jadal borsa, kuruk 
moddalar shuncha ko`p yukoladi. Nafas olish jarayonida glyukozaning oksidlanishi 
natijasida ajralib chikkan suv donga singadi va uning namligini oshiradi. Agar shu 
holatda don uyumi kuzgalmay saqlansa va shamollatilmasa, u holda don orasi 
bushligidagi xavoning har nisbiy namligi oshadi. SHunday qilib, jadal nafas olish 
natijasida don uyumining namligi oshib ketadi. 
Don massasi namligining oshishi uz navbatida nafas olish jadalligining 
kuchayishiga va mikroorganizmlar rivojlanishiga olib keladi. 
Nafas olish natijasida dondan karbonat angidrid ajralib chikadi. Agar don 
massasining joyi almashtirilmasa, karbonat angidrid xavo tarkibidagi boshqa 
gazlardan ogirrok bo`lganligi sababli don orasi bushliklarida utirib koladi. Bu holat 
ayniksa, elevatorning etarli darajada germetik bo`lgan ichki siloslarida yakkol 
kuzatiladi. SHunday qilib, don massasida anaerob nafas olish jarayonini yuzaga 
keltiruvchi sharoit yaratiladi. 
Anaerob nafas olish don xujayralari hayot funktsiyasini bugib kuyadigan etil 
spirtli hosil bo`ladi. 
Aerob va anaerob nafas olish jarayonida dondan energiya ajralib chikadi. 
Aerob nafas olishda glyukozaning to`liq oksidlanishi yuzaga keladi va shuning uchun 
bir gramm-molekula glyukoza uchun 2702 j issiklik ajralib chikadi. Anaerob nafas 
olishda esa glyukoza to`liq parchalanmasdan spirt va karbonat angidrid hosil 
bo`lganligi uchun 118 j issiklik ajraladi. 
Nafas olish jarayonida ajralib chikkan issiklik don massasining uz-uzidan 
kizish holatiga olib keluvchi asosiy sabablardan biridir. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə