Узбекистон республикаси олий ва урта


 Donning yigimdan sunggi pishib etilishi



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/87
tarix12.07.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#119519
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   87
4.7. Donning yigimdan sunggi pishib etilishi. 
Saqlashning dastlabki davrida,ma`lum bir sharoitda donning yigimdan sunggi 
pishib etilish holati yuzaga keladi. Bunda urug`lik donning unib chikish va kukarish 
energiyasi kutarilib, hayot faoliyati oshadi. Ba`zan esa donning texnologik sifati 
yaxshilanadi; masalan bugdoyda kleykovinaning miqdori oshib sifati yaxshilanadi. 
Moyli o`simliklarda esa yog` sintezi kuchayadi. Boshqa moddalarning miqdor va 
sifati har uzgaradi. 
Saqlashda don va urug`larda ularning ekish va texnologik sifatlarini 
yaxshilashga olib keladigan jarayonlar majmuasiga yigimdan sungi pishib etilish 
deyiladi. 
Agar mazkur jarayon taxlil qilinsa, unda jarayon fermentlarning faolligi va 
nafas olish jadalligining kamayishi bilan tugaydi. Don fiziologik jixatdan pishib
tinch holatga keladi. 
Bu holatni Proxorov A.P.namligi 14,2....14,5% bo`lgan suli doni partiyasi 
uchun kuyidagicha tasvirlaydi. 8-rasm. Yigimdan sunggi pishib etilishda suli 
donidagi fiziologik jarayonlar jadalligining o`zgarishi. 


29 
Yigimdan sunggi pishib etilish jarayoni urug`lik donda sintetik jarayonlar 
gidrolitik jarayonlardan kuchlirok borgandagina yuzaga kelishi isbotlangan. Bu fakat 
donning namligi kichik bo`lgandagina ruy beradi. Yigimdan sunggi pishib etilish 
jarayoniga kuyidagi faktorlar ta`sir qiladi: 
-harorat; 
-xavo; 
-harlik; 
-donning biologik xossalari. 
4.8. Saqlashda don va urug`larning kukarishi. 
Amalda saqlash davrida don massasining u yoki bu qismida anchagina 
miqdorda yoki ayrim donlarning kukarish holati ruy beradi. Saqlash paytida bu 
holatning yuzaga kelishiga aslo yul kuyib bulmaydi. Ma`lumki, kukarish jarayonini 
belgilaydigan asosiy omillar namlik, xavo va issiklikdir. 
Urug`ning rivojlanishi uning bukishidan boshlanadi. Bunda namlik gidrofil 
kolloidlar, asosan oqsil va kraxmal bilan suriladi; donning xajmi kattalashadi. Bukish 
darajasi va jadalligi donning kimyoviy tarkibi, kobigining utkazuvchanligi va boshqa 
sharoitlardan boglik. 
Bugdoy, javdar, arpa, suli, kanop va grechixa donining kukarishi uchun 2...5oS 
kifoya. Kungabokar va makkajuxori donlari uchun esa kukarish holati 8...10oS dan 
boshlanadi. 
Saqlashda donning kukarishi kuyidagi asoratlarga olib keladi: kuruk moddalar 
yukoladi; don massasining temperaturasi oshib, oqibatda hayot faoliyati jadallashadi; 
donning sifati yomonlashadi. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə