Узбекистон республикаси олий ва урта


 Donning uz-uzidan kizish holatining moxiyati



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/87
tarix12.07.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#119519
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87
7.1. Donning uz-uzidan kizish holatining moxiyati. 
Don massasini uz-uzidan kizish holati deb,donda kechadigan fiziologik 
jarayonlar va don massasining yomon issiklik utkazuvchanligi sababli, haroratning 
kutarilib ketishiga aytiladi. 
Don massasining dastlabki holatidan boglik holda ayrim qismlarda haroratning 
55-65oS gacha kutarilib ketishi kuzatiladi. 
Uz-uzidan kizish holatining fizik va fiziologik sabablari mavjud. Fiziologik 
sabab - don massasidagi tirik organizmlarning nafas olishi va intensiv hayot 
faoliyatidan iborat. Ma`lumki nafas olganda issiklik ajratib chikadi. Fizik sabab 
shundan iboratki, don massasi yomon issiklik utkazuvchi, shuning uchun ma`lum bir 
uchastkada paydo bo`lgan harorat boshqa uchastkaga kiyin yuboriladi. Natijada shu 
uchastkada don massasining uz-uzidan kizish holati yuzaga keladi. Bundan tashqari 


49 
uz-uzidan kizish holatining yuzaga kelishida don massasi tashkil kiluvchi 
guruhlarining uz-uzidan saralanish jarayoni muhim rol uynaydi. 
7.2. Don massasidagi tashkil kiluvchilarning uz-uzidan kizish holatiga 
ta`siri. 
Kuyida don massasining uz-uzidan kizish jarayoniga ta`sir kiluvchi omillar 
keltirilgan. 
a) Donning nafas olishi. 
b) Don massasining uz-uzidan kizish holatida mikroorganizmlarning har roli 
katta. Bu holat tajribalar yordamida isbotlangan, ularni kuyidagi grafik orkali kurish 
mumkin (sterillangan, zararsizlantirilgan va zararlangan).
v) Don massasida uz-uzidan kizish jarayoniga aralashmalar har kuchli ta`sir 
ko`rsatadi. Aralashmalar ko`p bo`lgan qismda don massasining mikroorganizmlari 
faol rivojlanib, ko`p issiklik ajralib chikaradi. 
g) Uz-uzidan kizish holatiga zararkunanda va kanalar har hal kiluvchi ta`sir 
ko`rsatadi. 
7.3. Uz-uzidan kizish holatining turlari. 
Uz-uzidan kizish jarayonining uch xil turi mavjud: 
1. Don massasining ayrim qismlarida uz-uzidan kizish holati. Bu holatning 
sabablari: 
a) usha uchastkadagi don massasining namlanishi; 
b) bir omborga har xil namlikdagi donlarning yuborilishi; 
v) bir omborga turli darajada ifloslangan donlarning yuborilishi. 
2. Katlamsimon uz-uzidan kizish holati. Bu holat ombor yoki elevatorning 
ma`lum bir qismida katlam hosil qilib yuzaga keladi. 
a) Yuqori katlamning uz-uzidan kizishi - bu holat kech kuz yoki erta baxorda 
paydo bo`ladi. Ma`lum haroratga ega bo`lgan don massasining yuza qismidagi sovuk 
xavo donga ta`sir ko`rsatadi. Bunda don massasidagi suv buglari sovuk xavoda 
kondensatlanib namlanadi. 
b) Pastki katlamning uz-uzidan kizish holati. Bu holat yozning oxiri yoki erta 
kuzda yuzaga keladi. Pastki uz-uzidan kizish katlami silos yoki ombor tubidan 20-50 
sm balandlikda paydo bo`ladi. 
v) Vertikal katlamdagi uz-uzidan kizish holati. Tuldirilayotgan silosning 
devorlari yaqinida yengil qismlar va changning joylashishi va tashki xavo ta`sirida 
don massasi fizik xossalarini tez o`zgartirib uz-uzidan kizish holatiga olib keladi. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə