Узбекистон республикаси олий ва урта


 Donni saqlash korxonalarida ishlab chiqarish laboratoriyasining



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/87
tarix12.07.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#119519
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
 
12.4. Donni saqlash korxonalarida ishlab chiqarish laboratoriyasining
faoliyati. 
Donni qabul qilish korxonalari ishini tashkil qilishda ishlab-chiqarish 
texnologik laboratoriyasi (ICHTL) ning roli kattadir. Laboratoriya qabul qilinadigan 
va yuboriladigan donmahsulotlari sifatini aniklaydi, mahsulotlarning saqlagichlarga 
joylashish to`g`riligini va saqlash davridagi holatini nazorat qiladi, don sifatini 
oshirishning texnologik jarayonlari (quritish, tozalash, zararsizlantirish va 
boshqalar)ni nazorat qiladi, korxonadagi barcha ob`ekt va transport vositalarining 
sanitar holatini tekshiradi. 
12.5. ICHTL ning ish xujjatlari. 
Uz faoliyatida ICHTL kuyidagi xujjatlarni yuritadi: 
1. Don va uni qayta ishlash mahsulotlari sifatini kayd qiladigan birlamchi 
xujjatlar: 
a) Analiz kartochkalari. Ularda don va don mahsulotlarining barcha aniklash 
holatlari tuldiriladi. 


93 
b) Sifat to`g`risidagi guvoxnoma. Don va tayyor mahsulotlar junatilayotgan 
vaktda tuldiriladi. 
v) SHtabel yorliklari. Don va don mahsulotlari saqlanayotgan ombor yoki 
siloslarga yozib kuyiladi. Taxlil kartochkalariga natijalar yaxlitlanmasdan yoziladi. 
Ular kuyidagi nomerlarga ega: un uchun N45, yorma uchun N46, don uchun N47. 
Sifat to`g`risidagi guvoxnoma uch nusxada yoziladi. 1-nusxa yuk xati bilan 
oluvchi adresiga yuboriladi. 2-nusxa buxgalteriyada koladi, 3-nusxa ICHTLda koladi. 
Siyox yordamida tuldirilib sifat bo`yicha direktor urinbosari yoxud ICHTL boshligi 
yoki tsex laboratoriya boshligi yoki smena boshligi tomonidan imzolanadi. 
Guvoxnomada korxona muxri bulishi shart. Bu guvoxnoma un uchun N40, yorma 
uchun N41, don uchun N42, omixta em uchun N43 ga ega. 
Birlamchi xujjatlardan tashqari laboratoriyada bir kancha jurnallar har mavjud. 
Jurnallar N49 dan N81 gacha davom etadi. Jurnallarning harma varaklari 
nomerlangan bulishi kerak. Jurnal oxirida direktor va ICHTL boshligining imzosi va 
korxona pechati bulishi kerak. Buzilgan rakamlarni to`g`rilash fakat analiz utkazgan 
laborant tomonidan amalga oshirilib, varak oxirida "To`g`rilanganligiga ishonish 
kerak" deb yozib kuyiladi. 
Barcha jurnallar 4 guruhga bulinadi: 
1.Xom ashyo sifatini baxolash jurnallari. 
2.Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va saqlashni kuzatish jurnallari. 
3.Sifatning aloxida ko`rsatkichlarini aks ettirish jurnallari. 
4.Ko`rsatkichlarni umumlashtirish jurnallari. 
Ularda O`RTA smena namuna analizlari bo`yicha harma ko`rsatkichlar 
yoziladi. 4-guruh jurnallariga N52 (tegirmon uchun) va N53 (yorma zavodlari uchun) 
jurnallarni misol qilish mumkin. N52 tegirmon ishi bo`yicha operativ nazorat jurnali. 
Unda har smenada tegirmonga tushadigan don sifati, un sifati, tegirmon sanitariya 
holati kayd etib boriladi. N53 yorma zavodida N52 jurnaliga analogik ravishda 
tuldiriladi. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə