Va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 9,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/144
tarix28.04.2023
ölçüsü9,8 Mb.
#107562
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   144
Geografiya. 8-sinf (2014, P.Musayev, J.Musayev)

Shaharlari.
 
Urganch
viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy mar-
kazidir. Shaharda oziq-ovqat sanoati ahamiyatiga ko‘ra yengil sanoatdan 
keyingi o‘rinda turadi. Shahar elektr energiyani Taxiatosh IES va Tuyamo‘yin 
GESdan oladi. Shaharning shimoliy qismida, asosan, turarjoy binolari
ilmiy va madaniy-ma’ri
fi
y muassasalar, janubiy qismida esa ishlab chiqa-
rish korxonalari joylashgan. Shaharda Urganch davlat universiteti, Toshkent 
davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent davlat tibbiyot akademiyasining 
bo‘limlari bor. 
Xiva
 
viloyatdagi qadimiy, milliy me’morchilik yodgorliklariga boy sha-
hardir (117-rasm). Xiva badiiy hunarmandchilikning muhim markazidir. Bu 
yerda yog‘och va toshlarga naqsh solish, zargarlik, naqqoshlik, kashtachilik, 
miskarlik va kulolchilikdagi ajoyib mahorat avloddan avlodga o‘tib kelmoq-
da. Xiva mashhur o‘zbek matematigi, astronomi va geogra
fi
Muhammad ibn 
Muso al-Xorazmiyning vatanidir.
117-rasm. 
Xiva shahri.
1.
Pillachilik, sholikorlik va chorvachilik qaysi tumanlarda yaxshi rivojlangan? 
Buni yozuvsiz xaritada belgilang. 
2.
Urganch bilan Xivani qiyosiy ta’ri
fl
ang. 
3.
Tabiiy sharoitning iqtisodiyotga ta’siri yaqqol namoyon bo‘layotganiga misollar 
kel tiring.
?


151
119-rasm. 
Qoraqal pog‘is ton Respublikasi 
aholisining milliy tarkibi (foiz hisobida).
118-rasm. 
Nukus-
dagi jundan yurt 
to‘qish kom bi nati.
35,7
18,6
5,1
0,7
1,7
38,2
o‘zbek
qoraqalpoq
qozoq
turkman
rus
boshqa millat
vakillari
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimizning 
shimoli g‘arbida joylashgan. Temiryo‘l, avtomobil va 
havo transportining yo‘lga qo‘yilishi, respublika ishlab 
chiqaruvchi kuchlarining uzluksiz yuksalishiga zamin 
hozirladi. 
Qoraqalpog‘iston muxtor viloyat sifatida 1925-yil-
da tash kil topgan, 1932-yilda muxtor respublikaga 
aylantirilgan, 1936-yilda O‘zbekiston tarkibiga kirgan. 
Qoraqalpog‘istonning O‘zbekiston tarkibiga kirishi qora-
qalpoq va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi qadimiy do‘stlikni, 
hudud, til va madaniyatdagi mushtaraklikni yanada mus-
tahkamladi. 

Yüklə 9,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə