Va ijtimoiy geografiyasi


Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari



Yüklə 9,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/144
tarix28.04.2023
ölçüsü9,8 Mb.
#107562
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144
Geografiya. 8-sinf (2014, P.Musayev, J.Musayev)

Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari:
sholichilik, paxta chi lik
poliz chilik, qo‘ychilik. 
Chorvachilik Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jaligining muhim 
tarmog‘idir. Keng yaylovlar va Amudaryo mansabidagi o‘tloqlar chorvachilik-
ning qadimdan yem-xashak bazasi bo‘lib kelgan. Mollarni boqish uchun beda
makkajo‘xori va oq jo‘xoridan tashqari, paxta tozalash, yog‘, sut-moy sanoati 
korxonalari chiqindilaridan ham foydalaniladi. Cho‘l yaylovlarida yil bo‘yi 
qorako‘l qo‘ylari boqiladi. Cho‘ldagi xo‘jaliklarda qisman tuya ham boqiladi. 
Qoramollar obikor dehqonchilik mintaqalarida – Amudaryo mansabida sut, 
go‘sht uchun boqiladi. Otlar ko‘p emas. 
Qoraqalpog‘istonda parranda, ayniqsa, suv parrandalarini ko‘paytirish uchun 
keng imkoniyat bor. To‘rtko‘l tumanida xo‘jaliklararo parrandachilik fermasi 
barpo etildi. Pillachilik To‘rtko‘l va Amudaryo tumanlarida rivojlangan. Bu ikki 
tuman Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi jami pillaning 80 foizini beradi.
120-rasm. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
ekin maydonlari tarkibi 
(1 ta katak – 1 foiz, 2012-yil).
1.
Qoraqalpog‘iston ning iqtisodiy geogra
fi
k o‘rni va tabiiy sharoitining xo‘jalikka 
ta’siri qanday?
2.
Amudaryoning ikki qirg‘og‘ida joylashgan To‘rtko‘l bilan Urganch shaharlari 
o‘zaro qanday bog‘langanini o‘quv atlasdan aniqlang.
3.
Aholining joylashuvi va milliy tarkibiga qanday omillar ta’sir etgan?


153
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASINING
SANOATI VA SHAHARLARI
121-rasm.
Qora qal pog‘iston Respublikasi.
Sanoati.
Qoraqalpog‘iston sanoatining rivojlanishida Chorjo‘y–Qo‘ng‘irot 
temiryo‘lining ishga tushirilishi muhim rol o‘ynadi. Sanoatning energetika
metallsozlik, kimyo, binokorlik kabi yangi tarmoqlari vujudga kela boshladi 
(121-rasm). Qo‘ng‘irotda yiliga 160 ming tonna kalsiyli soda, 150 ming tonna 
kaustik soda, 20 ming tonna oziq-ovqat sodasi va 400 ming tonna osh tuzi 
ishlab chiqara oladigan ulkan zavod ishga tushirildi.
Oziq-ovqat sanoati jadal rivojlanmoqda. Qoraqal pog‘istonda umum foyda-
laniladigan va ayrim korxonalarga tegishli elektr stansiyalar bor. Taxiatosh IES 
shular ichida eng yirigidir. Korxona va aholi punktlari asosan gazlashtirildi. 
Taxtako‘pir tumanida suvni chuchuklashtirish qurilmasi ishga tushirildi. 
Binokorlik mate rial lari sanoati g‘isht, ohak, qamish, plita ishlab chiqa-
radi. Ular, asosan, Xo‘jayli, Nu kus, Taxiatosh shahar laridadir. Qoraqalpo-
g‘istondagi sement xomashyosi binokorlik materiallari ishlab chi qa rishni 
barqaror ri voj lan tirishga imko niyat yaratadi. 

Yüklə 9,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə