Va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 9,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/144
tarix28.04.2023
ölçüsü9,8 Mb.
#107562
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   144
Geografiya. 8-sinf (2014, P.Musayev, J.Musayev)

Aholisi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1,7 mln dan 
ortiq kishi yas haydi. Aholining 1/3 qismini o‘zbeklar, 
deyarli yana shuncha qismini qoraqalpoqlar, qolganlarini qozoqlar va boshqa 
millatlar tashkil etadi (119-rasm). Respublikada 730 ta umumiy ta’lim maktabi 
bo‘lib, ularda 343 mingdan ortiq o‘quvchi ta’lim olmoqda. Oliy o‘quv yurtlari-
da minglab mutaxassislar tayyorlanmoqda. Nukusda O‘zbekiston Respublikasi 
Fanlar Akade miyasining 
fi
liali va bir qancha ilmiy muassasalar ishlab turibdi. 
Qoraqalpog‘istonda olimlarning katta guruhi yetishib chiqdi. Ular fan va mil-
liy iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, qishloq 
xo‘jaligi sohasida sug‘orish ning yangi usullarini ishlab chiq moqda.
Xo‘jaligi.
Qoraqalpog‘iston Respub likasi xo‘jaligining asosi agrosano-
at majmuyidan iborat. Bu yerda obikor dehqonchilik mehnat va mablag‘ni 
ko‘proq talab etadi. Jumladan, Amu daryo mansabida sug‘o rish kanali 
qazilishi suv bosib ketishidan 
saqlovchi dambalar va botqoqlik-
larni qurituvchi zovurlar qazishga 
majbur etgan. O‘tgan yillarda 
irrigatsiya tarmoqlari qayta qurildi 
hamda kengaytirildi. Qizket gan, 
Paxta-arna kabi yangi kanallar 
qurildi. Amu daryoning har ikkala 
qirg‘og‘i bo‘ylab cho‘zilib ketgan 
toshqinga qarshi dambalar barpo 
65-dars
 
65-dars


152
?
etildi. Ulkan gidrotexnika insho -
oti – Taxiatosh gidrouzeli 1973-
yilda ishga tushirildi. 
Qoraqalpog‘iston ekin maydoni-
ning katta qismida paxta va g‘alla ye-
tishtiriladi (120-rasm). Paxta respub-
likaning Mo‘ynoq tumani dan bo‘lak 
hamma tumanlarida yetish tiriladi . 
Amudaryo mansabida beda va sholi 
yetishtirish qulay. Qoraqalpog‘iston 
O‘zbekistondagina emas, balki 
O‘rta Osiyoda urug‘lik beda yetish-
tiradigan eng yirik mintaqadir. Beda 
urug‘ining Qoraqalpog‘iston navi 
eng sifatli hisoblanadi. G‘alla ekinlaridan sholi, oq jo‘xori va makkajo‘xori ko‘p 
ekiladi. Sholikorlik katta o‘rin tutadi. O‘zbekistondagi sholi maydonlarining 
33 foizdan ko‘prog‘i Qoraqal pog‘istondadir.

Yüklə 9,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə