Va iqtisodiy siyosat


Amir Temur davridagi iqtisodiy g`oyalar



Yüklə 319,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix12.03.2022
ölçüsü319,41 Kb.
#84448
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-мавзу

5.1. Amir Temur davridagi iqtisodiy g`oyalar 

 

 Amir  Temur  va  uning  avlodlari  davrida  markazlashgan  davlat  barpo  etildi, 



iqtisodiyotning barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish, qishloq xo`jaligi, ayniqsa savdoda) 

muhim  yutuqlar  qo`lga  kiritildi.  Bunga  to`g`ri  tanlab  olingan  iqtisodiy  g`oyalar  va  iqtisodiy 

siyosat yordam berdi. 

Amir  Temur

  (1336-1405)  davlat  va  iqtisodiyotni 

boshqarishda  o`ziga  xos  maktab  yaratgandi.  Sohibqiron 

davlatida  devoni  buzurg  (bosh  vazir)  dan  tashqari  har  bir 

viloyatda  Devon  deyiluvchi  boshqarma  bo`lgan.  U  davlatning 

butkul ishlarini: soliq yig`ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar - 

bozorlar,  hammomlar,  yo`llar,  suv  inshootlari  tarmoqlarini 

nazorat  qilardi.  Xalqning  hulq-axloqi  kuzatib  turilardi.  Uning 

xodimlari  vaqti-vaqti  bilan  so`roq,  tekshirish,  taftish  va  tergov 

ishlarini  olib  borishardi.  Ayniqsa,  toshu-tarozi  to`g`riligi,  odil 

baho  tekshirilgan,  qallob  va  tovlamachilar  qat'iy  jazolangan, 

eng  muhimi  bu  ish  to`ppa-to`g`ri  bozorda,  xalq  oldida  amalga 

oshirilgan. Savdogarlarga olib kelingan mol ustiga 10 foiz narx 

qo`yish  mumkin  bo`lgan.  Temur  saltanatini  idora  qilish  uchun 

turli  vazirlar  faoliyat  ko`rsatgan.  Shunday  vazirlardan 

birinchisiga  yer  soliqlari,  boj,  o`lpon-soliq  undirish  hamda 

mirshablik  yumushlarini  boshqarish  yuklatilgan.  Bu  vazir  mamlakatdagi  muhim  ishlarni, 

kundalik  muammolarni  hal  qilgan,  raiyat  ahvolini  kuzatgan,  viloyatlardan  olingan  hosil,  soliq, 

o`lponlarni taqsimlagan.  

Ikkinchi  vazir  sipoh  vaziri  hisoblanib,  sipohiylarning  maoshlari  va  tanho  (bu  yerda  - 

toju-taxt uchun qilgan xizmatlari evaziga beriladigan in'om ma'nosida)larni boshqargan. 


Yüklə 319,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə