Va iqtisodiy siyosat


Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug`bek davridagi iqtisodiy islohotlar



Yüklə 319,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix12.03.2022
ölçüsü319,41 Kb.
#84448
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-мавзу

5.2. Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug`bek davridagi iqtisodiy islohotlar 

  

A.Temur  vafotidan  keyin  Shohruh  va  Ulug`bek  (1394-



1449)  podsholigi  (1409-1449)  davrida  iqtisodiyot  yaxshi 

rivojlandi.  Ayniqsa,  qo`shni  mamlakatlar  bilan  savdo-sotiq 

munosabatlari  o`sdi.  Bu  Movarounnahrda  (arabcha  "daryo 

ortidagi"  (mamlakat)  degani)  1428  yilda  Ulug`bek  tomonidan 

o`tkazilgan  pul  islohoti  bilan  bog`liqdir.  Jamiyatda  pulning 

ahamiyatini yaxshi tushungan holda uning qadr-qimmatini oshirish 

uchun harakat qilingan. O`sha davrda muomaladagi fulusiy chaqa 

pullar yengil vaznda bo`lib, savdo rivojiga to`siqlik qilgan.  

Ulug`bek yengil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan 

barcha  chaqa  pullarni  man  etdi.  Eski  chaqalarni  yangisiga 

almashtirib,  ichki  savdoning  mayda  mis  pullarga  bo`lgan  talabini 

qondirish uchun u bir vaqtning o`zida Buxoro, Samarqand, Qarshi, 

Termiz, 

Toshkent, 

Shohruhiya 

va 


Andijon 

shaharlarida 

zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi salmoqli fuluslarni zarb ettirib, muomalaga kiritdi. Eski 

chaqalar  qisqa  vaqt  davomida  yangi  pullarga  almashtirilib  olingach,  mis  pullar  zarbini 

markazlashtirish  maqsadida  boshqa  shaharlardagi  zarbxonalarga  barham  berildi.  Faqat  Buxoro 

zarbxonasi  (poytaxt  Samarqandda  emas)  saqlab  qolindi.  Xalq  orasida  "fulusi  adliya",  ya'ni 

adolatli chaqa nomi bilan shuhrat  qozongan bu  yangi  mis fuluslar mamlakatning barcha shahar 


Yüklə 319,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə