Va iqtisodiy siyosat


Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g`oyalarning mohiyati



Yüklə 319,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix12.03.2022
ölçüsü319,41 Kb.
#84448
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-мавзу

5.3. Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g`oyalarning mohiyati 


 

Buyuk  mutafakkir  Alisher  Navoiy  ijodida  ham  iqtisodiy  g`oyalar  muhim  o`rinni 

egallaydi.  Uning  asarlarida  va  faoliyatida  ayniqsa  tijorat,  savdo  masalalari  ancha  mukammal 

yoritilgan.  A.Navoiy  asarlarida  savdogarlik  ishi  ma'qullanadi,  lekin  tovlamachi  va  chayqovchi 

qattiq  tanqid  qilinadi.  A.Navoiy  davlat  arbobi  sifatida  mamlakatni  tinch  saqlash, 

obodonlashtirish ishiga katta hissa qo`shdi. U tirikligida mingta inshoot qurishga va'da bergan va 

va'dasining  ustidan  chiqqan,  ko`pgina  madrasa,  shifoxona,  hammom,  ko`prik,  rabot  va 

boshqalarni  o`z  hisobidan  qurdirgan.  Mehnatning  inson  va  jamiyatdagi  o`rniga,  do`stlikka 

yuksak baho bergan. 

Alisher Navoiy (1441-1501) shoir va davlatning yetakchi vaziri sifatida nom qozongan. 

Navoiyning  mana  bu  sifatlari  uning  ijtimoiy-iqtisodiy,  falsafiy 

qarashlarida yaqqol ko`zga tashlanadi. Navoiy o`z davrining progressiv 

kishisi  sifatida  gumanistik  va  vatanparvarlik  mafkurasi  ramkasidan 

otilib  chiqdi.  U  o`z  davrining  siyosiy  va  iqtisodiy  ahvolini  yaxshilash, 

mamlakatning  iqtisodiy  qudratini  barkamollashtirish  uchun  kishilarda 

gumanistik  vatan-parvarlik  xislatlarini  uyg`otish  kerak  ekanligini  erta 

tushunib yetdi. 

Navoiyning  dastlabki  ijtimoiy-iqtisodiy  fikrlari  shakllangan 

asari  -  bu  1469  yilda  Husayn  Boyqaroning  taxtga  kelishiga 

bag`ishlangan "Hiloliya" asaridir. Husayn Boyqaroning taxtga kelishini 

Navoiy  zulmat  qorong`uligini  yoritadigan  "hilol",  ya'ni  uch  kunlik  oy 

bilan 


tenglashtiradi. 

Mamlakatning 

iqtisodiy, 

siyosiy 


qudrati 

mustahkamlanishiga, 

aholining 

ijtimoiy, 

moddiy 

ahvoli 


yaxshilanishiga,  feodal  urushlarga  barham  berilishiga,  mamlakatda 

tinchlik  o`rnatilishiga  ishongan.  Navoiy  Husayn  Boyqaroni  shohlar 

shohi  deb  maqtaydi.  Lekin  Navoiy,  maqtash  bilan  birga  muhim 

ijtimoiy-iqtisodiy  fikrlarni  ham  ilgari  suradi.  Hukmdorni  maqtash 

Navoiy  tomonidan  qo`llanilgan  taktik  bir  usul  edi.  Uning  asosiy 

strategik  maqsadi  esa  mamlakatning  iqtisodiy-siyosiy  ahvolini 

yaxshilashga,  yagona  markazga,  markazlashgan,  qudratli  davlat  barpo  qilishga  qaratilgan  edi. 

Navoiy  Husayn  Boyqaroning  taxtga  kelishidan  mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy,  sotsial-siyosiy 

va madaniy-oqartuv sohalarida yuksak o`zgarishlar amalga oshirilishiga katta umid bog`laydi. 

Navoiy  shaxsning  tarixdagi  roliga  katta  e'tibor  berib,  mamlakat  iqtisodiy  ahvoli  shu 

mamlakat  hukmdorining  aql-idroki  va  qobiliyatiga  bog`liq  deb  hisoblaydi.  Agar  mamlakat 

hukmdori  fanlarni,  ayniqsa,  iqtisodiyot,  tarix,  falsafa  va  siyosiy  fanlarni  mukammal  bilsa,  u 

boshqarayotgan mamlakat obod va badavlat bo`ladi, agar teskarisi bo`lsa, mamlakat qashshoq va 

xarob bo`ladi, deydi. Navoiy boshsiz tana bo`lmaganidek, podshosiz davlat ham bo`lmaydi deb 

tarixda realist sifatida nom qoldirdi. 

Husayn  Boyqaro  hukmronlik  qilgan  davrda  mamlakatda  nisbiy  rivojlanish  ko`zga 

tashlandi.  Savdo-sotiq  kengaydi,  hunarmandchilik  va  dehqonchilik  yaxshi  yo`lga  qo`yildi. 

Irrigatsion inshootlar qurilishi ham kengaydi. Navoiy Markaziy Osiyo sharoiti uchun irrigatsion 

inshootlarni kengaytirish - iqtisodiy rivojlanishga olib boruvchi muhim omillardan biridir, deydi. 

A.Navoiyning  bevosita  rahnamoligi  ostida  70  dan  ortiq  kanallar  va  ariqlar  qazildi.  Milliy 

daromadning  asosiy  qismini  qishloq  xo`jaligida  yetishtiriladigan  hosildan  olinadigan  daromad 

tashkil  etardi.  Feodal  jamiyatda  irrigatsiya  inshootlarini  qurishni  kengaytirish  o`sha  davr 

iqtisodiyotini  rivojlantirishga  keng  ta'sir  ko`rsatar  edi.  Navoiy  feodalizm  davrida  asosiy  ishlab 

chiqarish  vositasi  bo`lgan  yerni  kengaytirishga,  uning  mahsuldorligini  oshirishga  katta  e'tibor 

berdi (В.Захидов. Мир идея и образ А.Навои). 


Yüklə 319,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə