Va iqtisodiy siyosat



Yüklə 319,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix12.03.2022
ölçüsü319,41 Kb.
#84448
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-мавзу

        Ulug`bek

 



va qishloqlarida keng muomalaga kirib, davlatning ichki savdosini naqdina bilan to`la ta'minlay 

boshladi.  Ichki  chakana  savdo-pul  munosabatlaridagi  tanqislikni  fulusning  vazni  va  qiymatini 

oshirish  bilan  hal  etilishi  o`rta  asrlar  sharoitida  nodir  va  favqulodda  voqea  bo`lsada,  har  holda 

Ulug`bekning  bunday  islohoti  mamlakatda  hunarmandchilik  buyumlarining  ichki  chakana 

savdosi uchun keng yo`l ochib berdi. Ayni vaqtda tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish 

maqsadida  "tamg`a"  boji  ham  birmuncha  oshirildi,  ya'ni  hozirgi  til  bilan  aytilganda 

proteksionizm siyosatidan foydalanildi. 

Ulug`bek  (1394-1449)  tarixda  ko`proq  davlat  arbobi  sifatida  emas,  bunyodkor  inson, 

yuksak  zehnli  olim  sifatida  mashhurdir.  Uning  dong`i  dunyoga  ketgan,  astronomiya,  tarix 

ilmlariga  oid  asarlari  mavjud.  Bu  yerda  biz  Ulug`bekning  ijtimoiy-iqtisodiy  faoliyatiga  alohida 

e'tibor  bermoqchimiz.  Bu  davrda  mamlakat  iqtisodiyotining  asoslariga  alohida  qunt  qilinadi, 

busiz rivojlanish bo`lmasligini hokimlar yaxshi tushunishgan. Sug`orish tarmoqlari qurilib, ular 

toshhovuz, darg`ot,  navo, chig`ir, charxpalak, qaynama, sharshara, osma  ko`prik, handoq, tazar 

va sardobalar kabi turli-tuman suv inshoatlari bilan jihozlandi. 

 O`sha davrda ham iqtisodiy rivojlanishning soliq tizimi bilan chambarchas bog`liqligi 

yaxshi  ma'lum  edi.  Soliq  yig`imi  qancha  yuqori  bo`lsa,  ishlab  chiqaruvchilar  manfaatdorligi 

kamdir,  ammo  soliqning  pastligi  aholi  uchun  qulay  bo`lgani  bilan,  davlatning  boshqaruv, 

mudofaa  va  boshqa  maqsadlariga  doimo  to`g`ri  kelavermaydi.  Shularni  yaxshi  tushungan 

hukmdorlar soliqni iloji boricha me'yorida saqlash va uni yig`ishning ma'lum adolatli usullarini 

qo`llanganlar.  Masalan,  Ulug`bek  hukmronligi  davrida  g`alla  g`aram  qilinmasdan  avval  soliq 

to`plash qat'iyan man etilgan, chunki dehqon hosil yig`ib olgachgina real soliq to`lash imkoniga 

ega bo`ladi. Soliq aniq uch muddatda, dehqon hosili pishishiga qarab bo`lingan: 

1) saraton (iyun-iyul); 

2) sumbula mezon(avgust va sentabr); 

3) qavs(noyabr). 

Yana bir muhim masala shuki, soliqlarni yig`ish paytida soliqchilar dehqon, chorvador 

yoki  bog`bonga  nisbatan  zug`um  o`tkazmasligi,  jismoniy  kuch  ishlatmasligi  va  ishni  urush 

janjalgacha  olib  bormasligi  zarur  qilib  qo`yilgan.  Bu  bilan  insonning  haq-huquqi,  yashashga 

bo`lgan daxlsizligi ta'minlangan. 

Umuman,  soliq  bo`yicha  qarzdorlarni  bandi  qilish  va  zanjir  bilan  kishonlab,  ularga 

nisbatan qattiq choralar ko`rishga soliqchilarning haqqi yo`q edi. 

Soliq miqdori va to`lov tartibini buzmaslikka, suiiste'mollikning oldini olishga harakat 

qilingan. Tartibga amal qilmagan ayrim ma'murlar jazoga tortilgani ma'lum. 

Bu davrda ichki va tashqi savdoga katta ahamiyat berilgan. Xitoy, Hindiston, Tibet va 

boshqa  ko`pgina  davlatlar  bilan  savdo  aloqalari  olib  borilgan.  Bu  borada  savdogarlar  uchun 

qulay  sharoitlar  yaratilganligini  alohida  ta'kidlab  o`tish  kerak.  Elchilar  "Buyuk  ipak  yo`li" 

xafvsizligini ta'minlash borasida katta ishlarni amalga oshirganlar. 

Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli, ayniqsa, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, 

tovar-pul  munosabatlari,  milliy  valuta  mustahkamligiga  bevosita  bog`liq.  Ma'lumki,  pulning 

uchta  asosiy  vazifasi  mavjud:1)  qiymat  o`lchovi;  2)  almashuv  vositasi;  3)  jamg`arma  vositasi. 

Agar  pulning  miqdori,  uning  nufuzi  mustahkam  bo`lmasa,  iqtisodiyot  posongisi,  muvozanati 

buziladi.  Shularni  hisobga  olib,  vaqti-vaqti  bilan  pul  islohotlari  o`tkazib  turiladi.  1428  yili 

Ulug`bek  tomonidan  o`tkazilgan  islohot  katta  ijobiy  ahamiyatga  ega  bo`ldi.  Muomaladagi 

fulusiy pullar almashtirildi.  

Ulug`bek  davridagi  islohotlar  tovar  pul  munosabatlari  rivojiga  muhim  hissa  qo`shdi. 

Iqtisodiyotning barqarorligiga erishildi. 

 


Yüklə 319,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə