Va iqtisodiy siyosat



Yüklə 319,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix12.03.2022
ölçüsü319,41 Kb.
#84448
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-мавзу

A.Navoiy 


Navoiy boylikni ikki yo`l bilan topish mumkin, deydi.  Birinchi  yo`li  - bu o`z mehnati 

bilan  iqtisod  qilib  boylikni  to`plash,  orttirish,  yig`ish  va  o`ziga  to`q  yashash.  Bunday  boylik 

to`plashga  Navoiy  hayrihohlik  bildirdi.  U  olingan  va  to`plangan  boylikni  uch  qismga  bo`lib, 

birinchi qismini ketgan harajatga, ikkinchi qismini o`zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi 

qismini  esa  aholining  ijtimoiy  manfaatlari  uchun  sarflashga  chaqiradi.  Masalan,  1482  yilda 

yozilgan  "Vaqfiya"  asarida  A.Navoiy  shaxsan  o`zining  yerlaridan  olingan  daromad  misolida 

daromadning  o`z  harajatlari  va  oila  ahliga  yetarli  qismini  olib  qolib,  qolgan  qismini  aholining 

foydali  mehnatiga  sarflashga  chaqirgan.  Boylik  topishning  ikkinchi  yo`liga  esa,  ya'ni  o`g`rilik, 

ta'magirlik  va  zo`rlik  hisobiga  boylik  orttirishga  Navoiy  keskin  qarshi  chiqadi.  U  bunday 

ishlardan  naf-ratlanadi  va  shu  yo`l  bilan  boylik  orttirayotgan  kishilarni  jamiyat  hisobiga 

yashayotgan va boylik orttirayotgan parazit qatlamdir, deb ta'riflaydi. 

A.Navoiy  ijodining  durdona  asarlaridan  biri  1500  yilda  yozilgan  "Mahbub-ul-qulub" 

asaridir.  Ushbu  asarda  Navoiyning  iqtisodiy  fikrlari  mujassamlashgandir.  Navoiy  bu  asarida 

jamiyatni sotsial tabaqalarga bo`lib, ularning jamiyatda tutgan o`rnini ko`rsatib berishga harakat 

qiladi.  Asarning  birinchi  qismida  ularning  tabaqalariga  va  kasblariga  xarakteristika  beradi. 

Ikkinchi  va  uchinchi  qismlarda  yaxshi  fe'llar  va  yomon  xislatlar  to`g`risida  ma'lumot  beriladi. 

Navoiyning fikricha, dehqonlar, hunarmandlar va chet el bilan aloqasi bor savdogarlar jamiyatda 

moddiy  ne'mat  yetishtirishda,  yaratishda  va  mamlakat  boyligini  oshirishda  muhim  o`rin  tutadi. 

A.Navoiy dehqon va uning ishlab chiqarishdagi roli to`g`risida quyidagi fikrlarni bildiradi: "Don 

sochuvchi  dehqon  yerni  yorish  bilan  rizq  yo`lini  ochuvchidir".  Dehqon,  ya'ni  ishchi  kuchi 

mahsulot ishlab chiqarish vositalari bilan qo`shilishi lozim va shartdir. Navoiy ishlab chiqarish 

vositalarining moddiy boylik yaratishdagi rolini quyidagicha e'tirof etadi: "Qo`shi ham ikki zo`r 

polvon bo`lib, yukiga bo`ysunib oldida yuradi, ishlashda hamdam va hamqadam, dehqon ularni 

surishda  xuddi  odam.  Dunyo  obodi  xuddi  ulardan.  Har  ne  qilsalar  harakat,  xalqqa  ham  yetar 

ovqat  ham  barakat!".  Demak,  dehqon  ish  kuchi,  qo`shi  va  ho`kizlari  esa  ishlab  chiqarish 

qurollari, yer esa mehnat predmeti, hammasi birgalikda ishlab chiqarish kuchlarini tashkil qiladi. 

Navoiy  ishlab  chiqarishdagi  hal  qiluvchi  omil,  hal  qiluvchi  element  -  bu  dehqon,  ya'ni  ishchi 

kuchidir,  degan  fikrni  bildiradi.  Yuqorida  zikr  etib  o`tilganidek,  A.Navoiyning  fikriga  ko`ra, 

yakka  kishi  hech  narsa  ishlab  chiqara  olmaydi.  Biron  narsa  ishlab  chiqarish  uchun  boshqa-

boshqa toifadagi odamlar doim bir-birlari bilan bevosita aloqada bo`lishlari kerak. 

Masalan,  dehqonga  mehnat  qurollari  zarur  bo`lsa,  hunarmandga  non  kerak,  dehqonga 

ham,  chorvadorga  ham  hunarmandchilik  va  attorlik  mahsulotlari  suv  bilan  havodek  zarur. 

Shunday qilib, baliq suvsiz yashay olmaganidek, barcha turdagi ishlab chiqaruvchi kuchlar ham 

bir-birisiz  rivojlana  olmaydi,  deydi  Navoiy.  Dehqonlar  va  boshqa  sohada  mashg`ul  kishilar 

ishlab  chiqarish  uchun  boshqa  ishlab  chiqaruvchilar  bilan  ishlab  chiqarish  jarayonida, 

taqsimotda, ayirboshlashda va iste'molda bir-birlari bilan o`zaro aloqada bo`lishi kerak. 

A.Navoiy feodalizm davrida, feodalizm jamiyatida dehqon mehnatining katta ahamiyat 

kasb  etishini  va  mavjud  jamiyat  dehqon  mehnati  ustiga  qurilganligini  e'tirof  etadi.  Dehqon 

mehnatining mahsulini novvoy, unfurush, qo`shchi va o`roqchi, mashoqchi va boshqalar orziqib 

kutadi. Shu bilan birga dehqon ham ularga, ularning mehnatiga hamohangdir. Ularsiz hech narsa 

ishlab  chiqara  olmaydi.  Demak,  bu  bilan  Navoiy  ishlab  chiqarish  munosabatlarini  e'tirof  etadi. 

Uning  fikricha,  dehqon  o`z  mehnati  bilan  o`z  ehtiyojiga  zarur  bo`lgan  mahsulotni  keragidan 

ko`proq  ishlab  chiqarib,  jamiyat  va  uning  ishlab  chiqarishda  ishtirok  etmaydigan  qismini  ham 

moddiy ne'mat bilan ta'minlaydi.  Navoiyning mana bu fikri  qo`shimcha mahsulot faqat  qishloq 

xo`jaligida  degan  fiziokratlar  fikriga  mos  keladi.  Navoiy  qishloq  xo`jaligining  rivojlanishi 

mamlakat qudratini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi, degan o`ta ilg`or fikrni ilgari suradi. Bu 

fikr  o`sha  davr,  ya'ni  feodalizm  davri  gullab-yashnagan,  uning  negizini  dehqonchilik  ishlab 



chiqarishi  tashkil  qilgan  bir  pallada  o`ta  to`g`ri  fikrgina  bo`lib  qolmay,  balki  tarixiy  haqiqat 

hamdir. 


A.Navoiy  jamiyatda  muhim  tabaqa  bo`lgan  savdogarlarning  o`zini  ham  ikki  guruhga 

bo`ladi. Birinchi guruh - chet el bilan savdo aloqalari olib boruvchi savdogarlar guruhi. Ikkinchi 

guruh  -  mamlakat  ichkarisidagi  olibsotarlar  guruhi.  Chet  ellar  bilan  savdo-sotiq  olib  boruvchi 

savdogarlarga Navoiy ijobiy qaraydi  va ularning faoliyatiga xayrihoxlik bildiradi.  Bozorlardagi 

savdogarlarga,  ya'ni olib sotarlarga esa  tanqidiy ko`z bilan qaraydi. Ular o`z manfaatiga xizmat 

qilib,  boshqalar  hisobiga  boyiydi.  Shuning  uchun  ularning  turgan-bitgani  mamlakat  uchun 

zarardir, deydi. Savdogarning asosiy maqsadi foyda olishdir. Biri yuz bo`lishidan boshida savdo 

to`la,  bo’zi  shoyi  bo`lishidan  ko`nglida  istak  ko`p.  Bu  yerda  savdogar  Navoiyning  "Hotam 

Toyiy"  asaridagi  o`tin  teruvchi  cholga  qarama-qarshidir.  Chol  kuni  bilan  mehnat  qilib  o`tin 

teradi va bu o`tinni bozorga olib borib, pulga sotadi. O`tin puliga esa mahsulotlar, ya'ni iste'mol 

mahsulotlari  sotib  oladi.  Bu  joyda  "tovar  -  pul  -  tovar"  jarayoni  boradi.  O`tinchi  cholning 

ayirboshlashdan ko`zlagan maqsadi iste'mol qiymatidir. Navoiyning fikricha, savdogarning sotib 

olishdan  maqsadi  qimmatroq  sotishdir.  Savdogar  birini  yuz,  yuzini  ming  qilmoqchi  bo`ladi, 

deydi.  Qo`ygan  oz  puli  ko`p  bo`lib  qaytib  kelishini  istaydi,  ya'ni  uni  ayirboshlashdan  maqsad 

qiymatdir yoki "pul - tovar - pul" (P-T-P) dir. Demak, Navoiyning fikrida kapitalning dastlabki 

formalaridan  biri  mavjud  bo`lgan.  U  shahar  olibsotarlari  haqida  quyidagilarni  aytadi:  "Shahar 

olibsotarlari xiyonatchi, o`ziga foyda va boshqalarga qahat istovchi, uning foydasi xalqqa ziyon, 

arzon olib qimmat sotish uning orzusi. Olishda shoyini bo`z deydi, sotishda bo`zni maqtab shoyi 

deydi. Molini tovar o`rnida o`tkaza olsa, to`xtatib turish yo`q. Do`konida insofdan boshqa barcha 

mol  mavjuddir!"  (A.Navoiy.  Asarlar  to`plami.  XII  tom,199-bet).  A.Navoiy  o`zi  ishlab 

chiqarishda va ishlab chiqarish sohasida mashg`ul bo`lmasada, o`z aqliy va ijodiy mehnati bilan 

jamiyat  uchun  kerak  bo`lgan  tabaqalarni  e'zozlaydi,  olimlar,  tabiblar,  shoirlar,  muhandislar  va 

boshqalarni  jamiyat  uchun  zarur  qatlamdir,  deydi,  ana  shu  kasb  egalarini  o`z  mas'uliyat  va 

burchlarini sezishga chaqiradi. 

Alisher  Navoiy  hazratlari  o`z  asarlarida  iqtisodiyotning  ravnaqi  inson  manaviyatining 

kamoloti  bilan  uyg`unligini  takror-takror  qayd  etganlar.  Jumladan  mamlakat  obodligi  va  el 

farovonligini  yuksak  manaviyat  bilan  quyidagicha  bog`lagan:  To  hirsu  havas  xirmoni  barbod 

o`lmas, to nafsu havo qasri baraftod o`lmas, to jabr zulm jonig`a bedod o`lmas, el shod o`lmas, 

mamlakat obod o`lmas. 


Yüklə 319,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə