Va iqtisodiy siyosat


Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g`oyalar



Yüklə 319,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix12.03.2022
ölçüsü319,41 Kb.
#84448
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-мавзу

 

5.4. Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g`oyalar 

 

 Davlat  arbobi  va  qomusiy  olim  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  (1483-1530)  va  uning 



avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarda katta ishlar amalga oshirilganligi 

bizga  tarixiy  bitiklardan  ma'lum.  Xususan,  Boburning  "Boburnoma"  asarida,  "Mubayyin"  kabi 

to`plamlarida iqtisodiyotga oid ma'lumotlarga, shu jumladan soliq siyosatiga katta o`rin berilgan. 

"Zakot  to`g`risidagi  katta  kitob"  da  esa  o`sha  davrdagi  soliq,  uning  turlari  to`g`risida  qimmatli 

fikrlar  bildiriladi.  Bu  asarlarni  mutola  qilar  ekanmiz,  ulardan  mamlakatimizning  bugungi 

hayotida ro`y berayotgan iqtisodiy islohotlarni, o`zgarishlarni tahlil qilish, xulosalar chiqarish va 

amaliyotda  foydalanish  uchun  yangi  fikrlar,  maslahatlar  topamiz.  Ayniqsa,  iqtisodiyotga  oid, 

uning umumiy asoslari bo`lmish ishlab chiqarish, shuningdek savdo va tijoratga oid, soliq va boj 

to`lovlari  bilan  bog`liq  bo`lgan  qarashlari  bizni  to`lqinlantiradi.  E'tirof  etish  kerakki,  garchi 

bizning  hayotimizda  Boburning  davlatni  boshqarish,  ishlab  chiqarish  va  savdoni  tashkil  etish 

masalalariga  doir  alohida  asari  yoki  uning  o`z  hukmronligi  davrida  yurgizgan  iqtisodiy 

siyosatiga  oid  birlamchi  manbalar  bo`lmasa  ham,  ilmiy  bilish  va  idrok  etish  kuchiga  suyangan 

holda  shunday  xulosaga  kelamizki,  u  buyuk  mutafakkir,  qomusiy  olim  sifatida  iqtisodiy 



qonunlarning  mohiyatini,  iqtisodiyotning  jamiyat  va  davlat  hayotidagi  belgilovchi  ahamiyatini 

chuqur  tushungan.  Shuning  uchun  ham  u  dolzarb  va  adolatli  farmonlar  va  hukmlar  chiqarib, 

ilmiy  jihatdan  asoslangan  iqtisodiy  siyosat  yurgizgan,  buning  oqibati  o`laroq  u  hukmronlik 

qilgan  davrda  davlatda  osoyishtalik,  milliy  totuvlik,  siyosiy  -ijtimoiy  taraqqiyot  qaror  topgan. 

Shu bois ham Bobur asos solgan saltanat bir necha asr davomida yashadi va tarixda o`chmas iz 

qoldirdi. Bobur va uning vorislari davrida soliq masalalari muhim o`rinni egallagan . 

Boburning  "Mubayyin"  asari  to`la  ravishda  qonunlar  va  iqtisodiy  masalalarga 

bag`ishlangan. Asarning nomi ham "qonunlar izohi" ma'nosiga ega. 

Butun  islom  mamlakatlaridek,  Movarounnahr  va  Xurosonda  ham  "zakot"  ma'lum 

miqdorda va muayyan shart-sharoitlarda olinadigan soliq ma'nosida qo`llaniladi hamda naqd pul 

va  savdo  yig`imi  shaklida  to`planadi.  Soliqni  hisoblash  uchun  soliq  olish  obyektining  "nisobi", 

ya'ni  mol-mulkning  zakot  berishga  layoqatli  bo`lish  uchun  belgilangan  miqdori  aniqlanadi, 

hisobdan kam mulkdan soliq olinmaydi. "Agar yerdan ikki hosil olsang, xirojni ham ikki marta 

to`la", deb yozadi Bobur. 

Xiroj,  ya'ni  yer  solig`i  ikki  toifaga  bo`lingan:  muqassam  va  muvazzar.  Birinchisi, 

olingan  hosilning  miqdoriga  bog`liq  bo`lib,  uchdan  birdan-yarimgacha  teng  bo`lgan,  ikkinchi 

esa, soliq solinadigan yerning maydoniga bog`liq ravishda olingan.  

  

Yerni  sug`orish  masalalari  Sharqda  o`ta  muhim  edi,  chunki  ob-havo  nihoyatda 



quruq  va  issiq,  yer-tuproq  sharoiti  sun'iy  sug`orishni  talab  etganligidan,  sug`oriladigan  yerlar, 

tabiiyki, lalmikol yerlardan ko`p hosil bergan. Shu sababli suv solig`i ham bo`lgan . Suv solig`i 

quyidagicha  olingan:  "agar  sug`orish  davrida  chig`ir  qursang,  olgan  hosilning  o`ndan  birining 

yarmini  (5%)  soliq  uchun  to`lashing  kerak",  ya'ni  sug`oriladigan  yerlarga  sarf-xarajat  hisobga 

olingan va bu mantiqan to`g`ridir. 

Umuman  olganda,  bu  davrda  soliq  va  boshqa  yig`imlar  tamomila  islomiy  shariatga 

to`la  rioya  qilingan  holda  olingan.  Nisobga  yetgan  miqdordagi  mol-mulkdan  Qur'oni  Karim, 

Muxtasar,  Hidoya  va  boshqa  manbalarda  qat'iy  belgilab  qo`yilgan  qismi  ixtiyoriy  ravishda 

miskinlarga  berilgan,  Masalan,  boqiladigan  mollar,  ya'ni  echki,  tuya,  sigir,  otlardan,  xususan, 

qo`ylardan  soliq  (zakot)  quyidagicha  olingan:  40  qo`ydan  bitta  (2,5%),  120  tasidan  ikkita,  201 

dan boshlab uchta, 400 dan ortiq bo`lsa har 100 qo`ydan bittasi zakot qilib berilgan.  

Shuningdek,  "Boburnoma"da  bir  yurt  tovarining  boshqa  yurtlarga  olib  borilishi, 

almashuvi,  aholi  ehtiyojlarining  qondirlishi  va  ularning  iqtisodiyot  ravnaqidagi  ahamiyati  to`la 

bayon  qilinadi.  Bobur  savdo-sotiqning  xalqlar  o`rtasidagi  bebaho  ahamiyatini  juda  chuqur 

tuqunar edi. Shuning uchun ham u savdo karvonlarini yo`llarda talash, bosqinchilik qilish, mol-

mulkiga  ziyon  yetkazish  kabi  salbiy  illatlarga  ayovsiz  munosabatda  bo`lgan.  Bu  siyosat  Amir 

Temur, Ulug`bek va boshqa temuriylar siyosati bilan ma'lum. 

O`sha  davrda  Bobur  savdogarlardan  olinadigan  savdo  yig`imining  ham  adolatli  va 

xolisona  tashkil  qilinishiga  katta  ahamiyat  bergan.  Musulmon  savdogarlarining  savdo 

aylanmasidan  savdo  yig`imi  20  misqol  (4,5  gramm)  oltindan  1  misqoli  shaklida  olingan,  eng 

muhimi  soliq  hissasi  daromad  hissasiga  nisbatan  kamayib  borgan,  ya'ni  daromad  ko`payishi 

bilan  soliq  kamaygan  va  boylik  jamg`aruvchilar  uchun  o`ta  manfaatli  bo`lgan.  Hozirgi  davrda 

ham  mana  shu  siyosatni  qo`llash  foydadan  holi  emas.  Chet  ellik  savdogarlardan  olinadigan 

yig`im  esa  ularning  qaysi  yurtlardan  kelganligiga  bog`liq  bo`lgan.  Agar  ular  islom 

mamlakatlaridan kelgan bo`lsalar, barcha daromadlarining yigirmadan bir qismi (5%) miqdorida 

soliq  olingan.  Musulmon  bo`lmagan  mamlakatlardan  kelgan  savdogarlardan  olinadigan  soliq 

miqdori  shu  mamlakatlarda  musulmon  savdogarlaridan  olinadigan  soliq  miqdoriga 

tenglashtirilgan. Naqadar adolatli va foydali soliq tizimi.  

Bobur  ishlab  chiqqan  soliq  siyosati  uzoq  yillar  davomida  qo`llanib  kelindi  va 

mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi. Bu esa Bobur iqtisodiy g`oyalarining juda 




chuqur ilmiy asosga suyanganligi, uzoqni ko`zlovchi salohiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. 

Bunday  ilmiy  salohiyat  uning  vorislari,  ham  yurtlari  bo`lgan-bizlarda  unga  nisbatan  yanada 

chuqur  hurmat  va  faxrlanish  hissini  uyg`otadi.  Ulug`  bobokalonimiz  Vatandoshimiz  qoldirgan 

iqtisodiy  g`oyalar  va  iqtisodiy  tafakkur  merosi,  u  yurgizgan  iqtisodiy  siyosat  tizimi 

mustaqilligimizni mustahkamlashda, bugungi kurashimizda qudratli ma'naviy tayanch bo`lishga 

xizmat  qiladi.  Mirzo  Bobur  iqtisodiy  dunyoqarashini  o`rganish,  uning  iqtisodiyotga  oid 

qarashlarini  tadqiq  etish  hamda  imkon  darajasida  bugungi  hayotimizga  tadbiq  qilish  foydadan 

holi  emas.  Shunisi  diqqatga  sazovorki,  Bobur  podshohligi  davrida  mamlakatga  vino  keltirish 

ta'qiqlangan, ya'ni iqtisodiyotda proteksionizm siyosati qo`llanilgan.  

Boburdan  keyin  uning  o`g`li  Humoyun,  keyinchalik  nevarasi  Akbarshoh  Jaloliddin 

(1542-1605)  1556-1605  yillari  Hindistonda  muvaffaqiyatli  podshohlik  qilgan.  Akbarshoh 

tomonidan  1574  yildan  boshlab  islohotlar  o`tkazdi,  dehqonlarga  yagona  soliq  kiritdi,  yagona 

uzunlik  va  og`irlik  o`lchovlarini  joriy  qildi.  Bu  shoh  to`g`risida  1601  yil  "Akbarnoma"  kitobi 

chop etildi, unda mamlakatdagi soliq tartibi o`z aksini topgan.  

Birbal-tarixiy  shaxs,  1994  yilda  Toshkentda  bosilgan  "Shoh  Akbar  va  Dono  Birbal" 

nomli  tqo`plamda  ko`rsatilishicha,  u  XVI  asrning  ikkinchi  yarmi  va  XVII  asrning  boshlarida 

Hindistonda  hukmronlik  qilgan  Akbarshoh  bobosi  Bobur  an'analarini  izchil  davom  ettirib, 

hindlar  bilan  musulmonlar  o’rtasida  birodarlik  munosabatlarini  o`rnatish  yo`lida  jonbozlik 

ko`rsatgan.  Akbarshoh  boshqargan  davlatda  Birbal  nufuzli  hukmdor  edi.  Akbar  bu  dono  va 

zukko hind amaldorlariga alohida mehr bilan qarab, uni  har tomonlama e'zozlagan. Birbal  ham 

Akbarshohning odilona siyosatini amalga oshirish sohasida sidqidil  bilan xizmat qilgan. 

Akbar  va  Birbalning  o`zaro  suhbatlarida  izhor  etilgan  har  ikki  tarixiy  shaxsning 

iqtisodiy qarashlari alohida diqqatga sazovordir. Unda insonlardagi halollik va insof bilan birga 

ayrim  amaldorlarning  vijdonsizliklari  iqtisodiy  tomondan  tahlil  qilinadi,  feodalizm  sharoitida 

murakkab iqtisodiy muammolarning yechimini topishga uriniladi.  

"Podshohning  besh  savoli"  hikoyasida  Birbalning  chuqur  iqtisodiy  tafakkurga  ega 

ekanligi  namoyon  bo`ladi.  "Ulug`  ma'bud  Indiradir",-  deb  so`z  boshlaydi  u.  Uning  amri  bilan 

yomg`ir  yerni  sug`oradi,  bug`doy  unadi,  odamlar  to`kin  va  to`q  yashaydilar.  Buzoqlar  qadr-

qimmatlidir,  u  odamlarga  ko`p  foyda  keltiradi.  Eng  qimmatli  gul-paxtaning  guli.  Undan  mato 

to`qiydilar. U butun olam odamlarini kiyintiradi. Omochning tishidan ulug` tish yo`q. Chunki, u 

yer  bag`rini  yoradi,  shundan  keyin  don  va  sabzavot  ekiladi,  odamlarni  to`ydiradi.  Ulug`  fazilat 

esa jasoratdir. Agar inson jasoratsiz bo`lsa, uning fazilatlaridan foyda yo`qdir. Jasorat bu mehnat. 

Inson  hayotida  faqat  ziroat  ekinlarini  yetishtirishdagi  mehnatgina  emas,  balki  hunarmandlar 

mehnati ham alohida ahamiyatga ega. Bu borada "Inson qo`li gul" hikoyasi yanada qiziqarlidir.  

Birbal bog`bonni chaqirtiribdi va buyuribdi: 

-Ertaga  bog`  va  gulzorlardagi  eng  chiroyli  va  yaxshi  gul  bilan  o`zing  yetishtirgan 

mevalardan olib, shohning huzuriga borasan. 

Shoh bog`bondan meva va gullarning narxini so`raganda, u: 

-Olampanoh ! Biz bu mo`'jizalarni bunyod qilish uchun ko`p vaqt sarfladik. Xullas, bu 

noyob narsalar uchun ming rupiy so`raymiz. 

Podsho ming rupiy beribdi. 

Bu bahoga yakun yasab, Birbal quyidagilarni aytibdi: 

"Siz  yaqinda  tabiat  yaratgan  narsalarning  inson  qo`li  bilan  yaratilganidan  yaxshi  va 

qimmatli ekanini aytgan edingiz, men sizga insonning qo`li gul ekanini, uning iqtidori yaratgan 

mo`'jizalar  tabiatnikidan  go`zal  bo`lishi  mumkinligini  isbotlashga  va'da  bergan  edim.  Bugun 

mening  niyatim  amalga  oshdi:  Siz  mirishkor  bog`bon  yaratgan  mevalar  va  gullar  uchun  ming 

rupiy to`ladingiz, ammo tabiiylariga atigi yigirma besh rupiy berdingiz". 



"Mehnatni  qadrlash  hayotni  saqlar"  hikoyasida  insho  etilishicha,  shoh  Akbar  bilan 

Birbal yoshlik davrlarni eslab, eski uylariga borishibdi. 

Yaxshi  niyat  bilan  bir  paytlar  sada  daraxtining  tagiga  xazina  yashirishgan  ekan. 

Kavlashsa,  yerga  ko`milgan  oltin  qanday  bo`lsa  shundayligicha  turganmish.  Boylikni  olishib, 

eski  uylariga  bir  kulba  tutashgan  bo`lib,  u  yerda  o`sha  paytlarda  munkillagan  bir  kampir 

yasharkan. Kampir kunni kun demay, odamlarga qo`l tegirmonida donni yanchib berarkan. Ko`z 

tashlasa, kampir hali ham hayotmish. Ko`rinishi ham o`zgarmabdi. Avvalgidek qo`l tegirmonni 

aylantirib  yotganmish.  So`ng  ular  kampirga  rahmi  kelib,  bundan  keyin  rohatda  yashang  deb, 

olgan  boyliklarining  hammasini  in'om  qilishibdi.  Kampirning  qarilik  yillari  rohat-farog`otda 

o`tadigan bo`libdi. 

Keyinchalik ma'lum bo`lishicha, shoh Akbar yoshlik davrida kampir 160 yoshda ekan, 

shu  davrdan  beri  50  yil  o`tibdi.  Shundan  keyin  Birbal  mehnatni  ardoqlash  uzoq  umr  ko`rish 

shartlaridan biri ekanligi haqidagi xulosaga kelibdi. 

Hikoyalarning  ba'zilari  o`sha  davrdagi  tovar-pul  munosabatlari  masalalariga 

bag`ishlangan. 

"Firibgar  kema  egasi"  hikoyasiga  ko`ra,  Birbal  Hindistonning  Bengal  viloyatidan 

kemada mol olib kelgan savdogarning shikoyatini eshitib, kema egasi besh ming rupiylik molni 

o`ziniki qilib olmoqchi bo`lganini tekshiradi va unga quyidagi savollarni beradi. "Agar mevalar, 

ziravorlar  haqiqatan  seniki  bo`lsa,  ularni  zarariga  sotishga  rozi  bo`larmiding?".  Kema  egasi 

dengizchilarni  ham  yo`ldan  urganligini  isbotlaydi.  Savdogarga  pul  qaytarib  beriladi  va  adolat 

tiklanadi. 

"Tentaklar  ro`yxati"  hikoyasida  shoh  Akbarning  zotli  otlarni  sotib  olgani,  otlar  unga 

juda  yoqib  qolgani,  yana  shunday  otlar  keltirishni  buyurib,  1000  rupiy  zakolat  bergani  hikoya 

qilinadi.  Lekin,h  shoh  Akbar  shuncha  pul  berib,  savdogarni  qaysi  yurtdan,  qaysi  shahardan 

ekanligini so`ramagan, savdoda xatoga yo`l qo`ygan edi. Savdogar esa muttaxamlik qilib, qaytib 

kelmagan.  Shunda,  Birbal  tovar-pul  munosabatlaridagi  bu  kamchilikni  aytib  o`tadi. 

Savdolashganda  xorij  savdogar  sotib  olgan  mol  qaysi  yurtdan,  qaysi  shahardan  ekanini, 

savdogarning nomini so`rash lozimligini ta'kidlaydi. 

"Hozir nima harakatda" hikoyasida ayonlardan biri quyosh, ikkinchisi yer, yana biri oy, 

deb javob bergani bayon etiladi. Lekin shoh Akbar javoblarga qanoatlanmaydi. Birbal quyidagi 

javobni beradi: "Hozir, - deydi Birbal, sudxo`r qarzga bergan pullarning foydasi harakatda. Axir, 

bu pullar hech qachon tinch yotmaydi. Aksincha, kundan-kunga tezligi oshib boradi".  

Bu  javob  shoh  Akbarga  ma'qul  tushadi,  chunki  Hindistonda  qarzga  olingan  pullar 

qanchalik  qo`shimcha  foyda  bilan  qaytarilib,  dehqonlarni  xonavayron  qilishi  hammaga  ma'lum 

edi.  Bu  yerda  gap  kapital  aylanishi  va  foiz  stavkasi  bilan  bog`liq  voqea  haqida  borayapti. 

Dehqonlar olgan qarzlarini yuqori foizlarda qaytarishi salbiy xodisa sifatida qoralanadi. Demak, 

hozirgi davrdagi adolatli kredit masalalari yoritiladi.  

Birbal yashagan davrda hali statistika fani vujudga kelmagan edi. Lekin hayot statistik 

jumboqlarni  keltirib  chiqarar  edi.  Kunlardan  bir  kun  podshoh  saroy  yig`inida  har  bir 

mulozimidan: 

-Dehlida nechta qarg`a bor? - deb so`rab qoladi. 

Hech kim javob bera olmaydi. Birbal shunday javob beribdi: 

-O`tgan  yili  men  hisob-kitob  qilib,  Dehlida  uch  ming  besh  yuz  sakson  beshta  qarg`a 

borligini aniqlagan edim. 

Shoh Akbar shubhalanib, o`tgan yili qaysi oyda hisob qilgan eding? - deb savol beribdi 

va qo`shib qo`yibdi:  




-Shoshmay  tur,  hali  agar  Dehlidagi  qarg`alarning  soni  bittaga  ko`p  yoki  kam  chiqsa, 

uch ming besh yuz sakson besh rupiy jarima to`laysan. Shuning uchun kechgacha o`ylab, menga 

aniq javob ber,-debdi shoh. 

-Mening hisobim to`ppa-to`g`ri, qat'iyat bilan gapiribdi Birbal, - "Qayta sanaganda ham 

shu sonning chiqishiga aminman, faqat ayrim qarg`alarning qayergadir mehmonga uchib ketishi 

va boshqalarning bu yerga uchib kelishi mumkin ekanligini nazarda tutsak bas". 

Bu  javobda  Birbal,  birinchidan,  Dehlidagi  barcha  qarg`alarni  sanab  bo`lmasligini 

ko`zda  tutgan,  shu  bilan  birga  qarg`alar  ko`payib,  yozda  sovuq  joylarga  uchib  ketishini  esdan 

chiqarmagan. Bu misol Birbalda statistikaning dastlabki kurtaklari mavjudligidan dalolat beradi.  

"Haqiqat qo`ng`irog`i" hikoyasida shoh Akbarning juda alomatli hukmdor ekanligi o`z 

ifodasini topgan. 

Xalqning  mushkulini  oson  qilish  maqsadida,  u  shahardagi  maydonga  bitta  ustun 

o`rnatib,  qo`ng`iroq  osib  qo`yishni  buyuribdi.  Saroygacha  uzun  arqon  torttirib,  bu  yerga  ham 

qo`ng`iroq ostiribdi. Maydondagi arqon tortilsa, saroydagi qo`ng`iroq ham jaranglar ekan. 

Saratonning jazirama kunlaridan birida qo`ng`iroq jaranglab qolibdi. Ho`kiz qo`ng`iroq 

ipini tortgan ekan. Ho`kiz-ho`kizda. U gapirarmidi, shoh qarshisida mo`ltillab turganmish, xolos. 

Shoh Bir-balga "Ho`kizning arzi bor, dardini bilib, menga xabar ber", debdi. 

Birbal  ho`kizning  yelkasini  silab,  uning  ko`zlariga  tikilibdi.  Keyin  shohga  ho`kizning 

dilidagi  qarzini  quyidagicha  tarjima  qilib  beribdi:  "Men  qaridim,  ish  qilishga  kuchim  yetmay 

qoldi.  quvvatim  borligida  xo`jayinim  meni  erkalardi,  yem  bilan  siylardi.  Endi  bo`lsa  ko`chaga 

haydadi, qarib holdan toygan bir paytda qayerdan ham panoh topaman,-deyapti", debdi. 

"Ho`kizning egasi topilganidan keyin Birbal savol beribdi: 

-Nega bog`lab qo`ymadingiz? 

Savdogar javob beribdi: 

-Janob  vazir,  u  menga  endi  kerak  emas.  Shuncha  yil  davomida  qilgan  xizmati  bilan 

to`lagan haqini tiyin-tiyinigacha oqladi. 

-Vaqti-soati  kelib  sen  ham  qariysan  va  ishga  yaramay  qolasan.  Farzandlaring  seni 

uydan haydab chiqaradi. Aytchi, ularning bu ishi adolatdan bo`ladimi?,-deb so`rabdi Birbal. 

-O`z otasini qanday qilib haydashsin? - ajablanibdi savdogar.  

Bir  eslab  ko`rchi,  bu  jonivor  senga  qanchalar  xizmat  qildi.  Nahot  qilgan 

andishasizligingdan  vijdoning  azoblanmasa.  Bu  tilsiz  mahluq  butun  quvvatini  senga  sadoqat 

bilan xizmat qilishga sarflasa-yu, sen uning yaxshiligiga shunday javob qaytarsang. Unga hozir 

ham achinmayapsan. Xullas, bu ho`kizni shoh molxonasiga qo`yib yuboramiz. Uni boqish uchun 

sen har oyda besh rupiy haq to`laysan. Savdogar pulni to`laydigan bo`libdi. 

Bu  hikoya  o`z  davrida  va  undan  keyin  ham  katta  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega  bo`lgan. 

Xizmatkorlarni  ishlatib,  haqini  to`lamaganlarga  tegishli  fikr  ilgari  suriladi  va  ularga  insofli 

bo`lish kerakligi to`g`risida xulosa chiqariladi. 

 

XULOSA 

 

XIV asrning ikkinchi  yarmi  va XV  asr tarixiy ijtimoiy saboqlar davri hisoblanadi.  Bu 



davrda  Amir  Temur  boshchiligida  yagona  tug`  ostida  markazlashgan  kuchli  va  mustaqil  davlat 

tashkil  topdi.  Bu  davlatni  idora  etish  va  boshqarish  uchun  Amir  Temur  asosiy  qonun-qoidalar 

to`plami "Tuzuklar"ni yaratdi. "Tuzuklar" islom dini mafkurasiga asoslangan bo`lib, mamlakatni 

obod etishga xizmat qildi. Xo`jalikni asosi bo`lgan dehqonchilik xunarmandchilik ichki va tashqi 

savdo kengaydi, fan va madaniyatning ravnaqi uchun ma'lum shart-sharoitlar yaratildi.  

Amir  Temurdan  keyin  uning  o`g`li  Shohrux  Mirzo  va  nabirasi  Mirzo  Ulug`bek 

davridagi  islohotlar  iqtisodiyotni  barqarorlashuvi  va  ravnaq  topishuviga  shart-sharoit  yaratdi. 



Ayniqsa, 1428 yilda Ulug`bek tomonidan o`tkazilgan pul islohoti katta ijobiy ahamiyat kasb etdi. 

XV  asrdagi  iqtisodiy  g`oyalar  majmuasida  buyuk  mutafakkir  va  davlat  arbobi  Alisher 

Navoiyning iqtisodiy qarashlari muhim o`rin tutadi. Alisher Navoiy dastlabki iqtisodiy qarashlari 

"Hiloliya"  (1469)  asarida  o`z  aksini  topgan.  So`ngra  keyinroq  "Vaqfiya"  (1482)  asarida  ham 

boylikning  to`planishi  va  taqsimlanishidagi  adolatlilik  va  haqgo`ylik  jamiyatning  farovonligiga 

bevosita  ta'siri  ayniqsa  ijtimoiy  manfaatlarning  ustunvorligi  mamlakat  ijtimoiy-iqtisodiy 

taraqqiyotining  asosi  ekanligi  alohida  ta'kidlangan.  "Mahbub-ul  qulub"  asarida  esa  ijtimoiy 

tabaqalarga  tavsif  berilgan.  Har  bir  kasb  hunarning  jamiyat  ijtimoiy  tuzilishidagi  o`rniga  baho 

berilgan.  Bobur  va  boburiylar  davridagi  iqtisodiy  g`oyalarning  negizini  islom  ta'limotidagi 

mezonlar  tashkil  etadi.  "Zakot  to`g`risidagi  katta  kitob",  "Mubayyin"  kabi  asarlar  shular 

jumlasidandir.  1601  yilda  chop  etilgan  "Akbarnoma"  kitobida  soliq  tartibi  hamda  murakkab 

iqtisodiy muammolar yechimiga qaratilgan qator fikrlar ilgari surilgan. 

 


Yüklə 319,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə