Vaonolins t n ‘vasaiivs 'V'Q ‘лзаун. Ог ~S'N 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va


Epikur hayoti: (miloddan avvalgi 341—


səhifə20/37
tarix27.09.2023
ölçüsü
#124195
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
Психология-тарихи-Жураев-Н.С.

Epikur hayoti: (miloddan avvalgi 341—
270-yilIar) 
Yunon 
faylasufi Epikuming vatani - Lampaska shahri bo‘lib, Afinadan 
Samos oroliga ko‘chib o‘tgan oilada tug‘ilgan. Epikur Aflotunning 
shogirdi Pamfil qoiida tahsil olgan. Donishmand miloddan avvalgi 
310-yilda Lebosdagi Mitilen shahrida, 306-yildan o‘limiga qadar 
Afinadagi o‘z «bog‘»ida talabalarga falsafadan saboq bergan. Bu bog‘ 
epikurchilaming muqaddas dargohiga aylangan. Epikur umri davomida 
hech qachon o‘zgalaming fikriga tayanmaslikka harakat qilgan. Jami 
300 ga yaqin asar yozgan, biroq ular bizga qadar yetib kelmagan. 
Epikuming ta’limotiga asoslari bayon etilgan uchta maktubi va ba’zi 
qo‘lyozmalaridan parchalargina saqlanib qolgan.
Donishmand umrining so‘nggi 14 kuni davomida buyragidagi 
toshdan qattiq azob chekkan. Rivoyatlarga qaraganda, u issiq suv 
to‘ldirilgan jomga yotib o'tkir sharobni simirgan-da, do‘stlariga 
saboqlarini unutmaslikni vasiyat qilib, hayotdan ko‘z yumgan.


Epikur aytadiki: «Insonlar yo hasad, yo ko‘rolmaslik, yoki nafrat 
tufayli bir-birining dilini og‘ritadilar. Dono kishi esa aql» idrok ila 
bularning barchasidan ustun turadi. Donolikka erishgan odam hatto 
atayin urinsa ham buning aksini qilolmaydi. Sezgi hech qachon 
aldamaydi. (Epikur beqaror va yuzaki sezgini barqaror va umumiy 
sanalmish fikrga qarama-qarshi qo‘ygan qadimiy falsafa aqidalarini rad 
etgan. U sezgini haqiqatning mezoni deb hisoblagan.) Donolik hamma 
narsaning ibtidosi va buyuk ezgulikdir. Shu bois u hatto falsafadan ham 
qimmatliroqdir».
Qadimgi grek faylasuflarining talimotiga ko‘ra, dunyoning asosida 
qandaydir bitta moddiy narsa yotadi. Ularning fikricha, inson dunyo­
ning bir qismi sifatida shu moddadan tashkil topadi. Masalan, Fales­
ning (624—547-yiliar) ta’lim berishicha, butun mavjudotning, shu jum ­
ladan, inson tabiatining ham asosi suvdir. Inson ruhi va ruhiy hayoti 
par (bug‘) shaklida tasawur qilingan.
Anaksimen (e.a. 588-525-y) butun mavjudot zichlashish va siyrak- 
lashish qobiliyatiga ega bo‘lgan havodan tashkil topgan, deb ta’lim be­
radi. Ruh bu juda siyraklashgan havodir, deydi u.
Geraklit Tyomniy (e.a. 544—483-y) tabiatning asosi o ‘t (olov) 
dir deb hisoblagan. «Hamma narsa olovdan paydo bo'ladi va yana 
hamma narsa olovga aylanadi». Butun dunyo, alohida narsalar, 
shuningdek, inson ruhi ham olovdan kelib chiqadi deydi u. Ge- 
raklitning fikricha, ruh bu dunyoning abadiy harakatlanadigan va 
o‘zgarib turadigan asosi — olovning o‘tkinchi, holatlaridan biridir. 
Hamma narsaning asosi tuproq uning zarrachalaridir deb, hisobla­
gan mutafakkirlar ham bo‘lgan.
Empedokl (Sitsiliya orolidan, 483—423-y) «Tabiat haqida» degan 
poyemaning muallifi bo‘lib, bu dunyoning asosida qandaydir bitta sti- 
xiya (suv, havo, tuproq yoki olovdan bittasi) emas, balki to‘rtala stixi- 
yaning hammasi, ya’ni suv, havo, tuproq yoki olov yotadi, deb ta’lim 
bergan. «Psixologiya fan sifatida ruh haqidagi ta’limotdan boshlanishi 
kerak edi. Ruh haqidagi ta’limot odamzod tomonidan avval surilgan 
birinchi ilmiy gepotezadir», deb yozadi L.S. Vigotskiy. Anita ruh ha-


G e r a k lit 
D e m o k r it 
P la to n
A ris to te l
qidagi qarashlar ibtidoiy jamoa davridayoq mavjud bo‘lgan bo‘lsa- 
da er. av. asrda tabiat va inson haqidagi tasavvurlar tub burilishga 
uchrab, antik olamda dastlabki ruh haqidagi ilmiy farazlar paydo 
bo‘la boshlaydi. Ilmiy psixologiya va undagi barcha muammolarning 
boshi shu yerdadir.
«Qaysi yo‘llar bilan bormagin, baribir ruhning chegarasiga 
borolmaysan» degan aforizm bilan Efeslik Geroklit (er. av. 530-470) 
individual ruh va koinot birligi g ‘oyasini avval surdi. Unga ko‘ra 
barcha narsa asosida olov yotarkan. «Organizmdagi olov uchquni 
psixologiyadagi ruhdir. U «olovl i va nam» holatda bo ‘ ladi va mast odam 
qayerga ketayotganini bilmaydi, chunki uning psixikasi namdir» -
deb yozadi Geraklit. Uning ta'kidlashicha, ruh nami umumiy logos 
qonunlari bilan belgilanadi. Bu fikr bilan Geraklit barcha psixik 
hodisalar moddiy dunyo qonunlariga buysunishin ta’kidlamoqchi 
boMdi. Determinizm prinsipinijudasoddako‘rinishdata’riflamoqchi 
)o‘Idi. Lekin uning g ‘oyalari psixik hayotning hamma eshiklarini 
oohishga kalit bo‘la olmas edi. Geraklit o ‘zidan oldin o ‘tgan Milet 
’raktabi faylasuflari Fales, Anaksimandir, Anasimenlarning ruh 
bo‘linmasligi to‘g‘risidagi fikrlari izdoshi.
Geraklitdagi 
ruh 
uchqunlari 
keyinchalik 
Demokrit (er.av.
400-370) ning ta’limotida «olovli atom»larga aylandi. Demokrit va 
uning ustozi Levkipp (er. av. 500-440) atomik materializm nazariya-


Gippokrat 
Tit Lukretsiy 
Karr Galen Klavdiy
sini avval surdilar. Unga ko'ra barcha narsalar 2 ta asosdan — bo‘linmas 
harakatchan, sharsimon va yengil atomlardan va bo‘shliqlardan paydo 
bo‘ladi. Bu atomning eng harakatchanlari, ya’ni olov atomlari ruhni 
hosil qiladi.
Materializm g‘oyalar antik psixologiyada anatomiya va medi- 
tsinadagi yutuqlari bilan mustahkamlab qo‘yiladi. Er.av. VI asrda 
yashagan tabib va faylasuf Olkmson Krotonskiy fan tarixida birinchi 
bo‘lib, fikrlarning bosh miyada tug‘ilishi to‘g‘risidagi taxminni aw al 
surdi. «Meditsinaning otasi» Gippokrat (er. av. 460-377) Likseon kabi 
tafakkur va sezgi organi miya ekanini ta’kidlaydi. Uning yozishicha, 
mana shu qism bilan biz fikrlaymiz, yaxshi va yomonni ajratamiz, 
tanamizning mana shu qismi bilan ko‘ramiz. Miya sof holatda 
bo‘lgandagina biz sof fikrlaymiz».
Gippokratning ishlari orasida eng katta shuhrat keltirgani tempe­
rament haqidagi ta’limotdir. Unga ko‘ra, inson temperamentini 
organizmdagi 4 xil suyuqlik: miyadagi shilimshiq modda, yurakdagi, 
jigardagi safro, qora taloqdagi qora safroning nisbati belgi lab 
beradi. Qonning ustunligi - sangvinik temperamentiga (lot. - qon), 
shilimshiq modda ustunligi - flegmatik temperamentiga (grek - shi­
limshiq modda), safro ustunligi - xolerik temperamentiga (grek -
safro, o‘t), qora safro ustunligi melanxolik temperamentiga (grek -


qora safro, o‘t) to ‘g‘ri keladi. I.P. Pavlovning aytishicha, Gippokrat 
son-sanoqsiz variantlar ichida inson xulqini tushuntiruvchi kapital 
nazariyaga asos soldi.
Qadimgi grek va rim faylasuflari Aristoteldan keyin Demokrit 
(materialistik psixologiya), Platon va Aristotel (idealistik psixologi­
ya) lar yaratgan psixologik ta’limotlar sistemasiga deyarli hech qan­
day yangilik kiritmadilar. Demokritdan keyin materializmning ko‘zga 
ko‘ringan vakillari grek faylasuf Epikur (342-271-y.) va Rim shoiri, 
-faylasuf Lukretsiy Karr (99—55 y.) edilar.
Epikuming fikricha, ruh g‘ayri jismoniy bir narsa emas, «Jismsiz 
bo‘shliqdan boshqa hech narsani fikrlash mumkin emas. Ruhni g‘ayri 
jismiy narsa degan kishilar alahsirayaptilar». Epikur moddiy bo‘lmagan 
substansiyaning mavjudligini mutlaqo inkor qilib, «ruh, butun orga- 
nizmga tarqalgan juda nozik jismdir» deb hisobladi.
Lukretsiy o‘zining «Narsalarning tabiati haqida» degan asa- 
rida atomistik materializm falsafasini, xususan, ruh haqidagi 
materialistik ta’limotni poetik formada bayon qiladi. U moddiy 
boMmagan ruhning mavjudligini inkor qildi. «Jon, ruh yoki aql 
moddiy bo‘lib, faqat inson tanasiga xos bo‘!gan kuchlamigina 
tashkil qiladi». Ruh ham, jon ham, jism iy tabiatga ega. Lukretsiy 
psixik hodisalarning tanaga bog‘liqligini tajribaga asoslanib isbot 
qiladi. U, «Aql ham tana bilan birga o‘sadi va so‘nadi, aql ham 
tana singari kasallikka duchor bo‘ladi, mastlik natijasida xiralas- 
hadi» - degan va shunga o ‘xshash dalillar keltiradi. Lukretsiy bu 
materialistik dalillarga asoslanib, ruhning abadiyligi to ‘g‘risidagi 
ta’limotning yolg‘onligi haqida xulosa chiqaradi.
Lukretsiy Karr psixik hayotning ba’zi bir hodisalarini analiz qi­
lish bilan ham shug‘ullandi. Masalan, u sezgi organlariga ta’sir etib 
turgan har qanday qo‘zg‘ovchi ham sezgi hosil qilavermaydi, balki 
ma’lum bir kuchga ega bo‘lgan qo‘zg‘ovchigina sezgi hosil qiladi, 
deb aniqlagan. U birinchi boMib sezgi chegaralari haqida ta’limot 
yaratdi, uyqu va tush ko‘rishning sabablarini tushuntirdi.
Psixologiyadagi idealistik oqim Platon izdoshlari tomonidan targ‘ib 
qilindi. Uning ruhning kelib chiqishi haqidagi ta’limoti nihoyatiga


yetkazilib, Ammoni Sakksning (175-242), ayniqsa,, Plotinning (b. e. 
205-270 y.) ta’limotidagi diniy mistik qarashlar bilan qo‘shilib ketdi.
Aleksandriyada ma’lum vaqtgacha o‘liklami yorib o‘rganishga 
ruhsat berilishi Aleksandriyadagi 2 ta yirik tabib-olim Gerofil va 

i
razistratning yangi kashfiyotlariga sabab bo‘ldi. Ptolemeyning shaxsiy 
labibi Gerofil birinchi bo‘lib, nervlar, paylar va bog‘lamlar o‘rtasidagi 
I'arqni aniqladi, ko'zning tuzilishini batafsil tariflab berdi. Erazistrat 
bosh miyaning tuzilishini ta’riflab, katta yarim sharlardagi egri- 
Inigriliklaming ko‘pligidan odam aqliy jihatdan hayvonlardan ustun 
luradi, degan fikrga keldi. Bu barcha anatomo-fiziologik ma’lumotlami 
riinlik tabib Klavdiy Galen (II asr) umumlashtirdi va yangilari bilan 
Iwyitdi. Uning asarlaridan XVII asrgacha keng foydalanildi. Har xil 
inuskullarga boruvchi nervlarni kesish bilan Galen xulosaga keldi-ki, 
lananing nervsiz birorta qismi yo‘q, birorta harakat, birorta xissiyot 
ularning ishtirokisiz kechmaydi.
Eksperimentlar orqali Galen orqa miyaning funksiyalarini ham aniq­
ladi. Agar orqa miyani ko‘ndalang kessa, kesilgan joydan pastda joylash- 
gan barcha tana qismlari harakatchanligi va sezuvchanligini yo‘qotadi, 
degan xulosani olim asoslab berdi. Galen Gippokratning temperament 
ta’limotini yanada rivojlantirdi. U barcha narsalaming 4 xil holati - iliq, 
sovuq, quruq va nam va 4 xil suyuqlik 13 ta temperamentni keltirib chiqa- 
radi, degan fikrda edi. Shu temperamentlaming bittasi normal bo‘lib, 12 tasi- 
da normadan chetga chiqish mavjudligini Galen tushuntirmoqchi bo‘ldi.
Ko‘rish idrokini o‘rganishga afinalik tabib Aleksandr Vfrodiyskiy 
( 139-211) katta xissa qo‘shdi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə