Vaonolins t n ‘vasaiivs 'V'Q ‘лзаун. Ог ~S'N 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va


səhifə35/37
tarix27.09.2023
ölçüsü
#124195
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Психология-тарихи-Жураев-Н.С.

4

1940-1965-yil lard a psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi 
masalalari. 
Ikkinchi jahon urushi, nemis bosqinchilariga qarshi qahra- 
monona kurashi psixologiyaning bir qancha yangi muammolarini iigari 
surdi, harbiy psixologiyaning maxsus muammolarini ishlab chiqarishni 
kun tartibiga qo‘ydi. Bizning askarlarimizning qahramonliklari inson 
psixikasining namoyon bo‘Iishi, ayniqsa, iroda va emotsiyalar sohasi­
dagi shunday dalillarni ko‘rsatdi-ki, bular psixologiyada qaror topgan 
qoidalami, xususan, iroda haqidagi, shaxsning psixik tabiati haqidagi, 
uning faolligi, kuchi va imkoniyatlari haqidagi masalalami yangicha- 
siga qaytadan ko‘rib chiqishga majbur qildi. Urush tamom b o iish i bi- 
lanoq, bu asosiy masalalarni har tomonlama va chuqur ishlab chiqish 
ishlari amalga oshirildi.
Psixik jarayonlaming fiziologiya asoslari haqidal950-yil 28-iyun- 
dan 4-iyulgacha sobiq sovet Ittifoqining Fanlar Akademiyasi va sobiq 
sovet Ittifoqining Meditsina Fanlari akademiyasining I. P. Pavlov fi-


xiologiyasi bo‘yicha o'tkazilgan sessiyasi Sobiq ittifoq psixologiyasi 
tarixida katta voqea bo‘ldi. Sessiya materialistik psixologiyani barpo 
qilish uchun 1. P. Pavlov asarlari qanday katta ahamiyatga ega ekanligi- 
ni va bu asarlar keyingi yillarda psixologlar tomonidan yetarli baholan- 
mayotganligini ko‘rsatdi. Buning sababi shundan iboratki, I. P. Pavlov 
ta’limotini ba’zi psixolog va fiziologlar mexanistik ta’limot deb hisob- 
lardilar. Haqiqatan ham I. Pavlov shogirdlari va izdoshlarining ba’zilari 
mexanistik, biologizatorlik qarashlarga berilib, psixik hodisalami fizi­
ologik hodisalardan iborat qilib, psixologiyani esa oliy nerv faoliyati 
fiziologiyasiga tenglashtirib qo‘ydilar. Lekin, yuqorida aytilganday, bu 
qarashlar filosofik va psixologik frontdagi munozaralar davridayoq tan­
qid qilingan va qoralangan edi.
Bu sessiyaning ishi shuni ko‘rsatdiki, I. P. Pavlov o‘z tekshirishlari 
bilan psixik jarayonlaming nerv-fiziologik mexanizmlarini, psixik ho- 
disalaming yuksak nerv-fiziologik jarayonlar bilan bo‘lgan birligi- 
ni ochgan. Ikki Akademiya birlashgan sessiyaning yakunlari, psixo­
logiyani Pavlov ta’limoti asosida yanada taraqqiy ettirish uchun tuit- 
ki bo‘ldi. Sessiyadan keyin, ko‘p o‘tmay psixik jarayonlar - sezgi, 
idrok, xissiyot kabilaming nerv-ziologik mexanizmlari haqidagi masa- 
laga bag'ishlangan ko‘plab asarlar maydonga kela boshladi. Ayniqsa
I. P. Pavlovning bosh miya po‘stida yangi muvaqqat nerv bog‘lanishlarining 
hosil bo‘lishi haqidagi ta’limoti, qo‘zg‘alish va tormozlanish qonuniyatlari 
haqidagi ta’limoti psixologiya uchun juda samarali bo‘ldi. I. P. Pavlov­
ning inson bosh miyasi po‘sti faoliyatidagi ikki signal sistemasi haqidagi 
ta’limoti ham qimmatlidir. Bu ta’limot inson ongining tafakkur va nutq sin­
gari yuksak formalarining nerv fiziologik mexanizmlarini aniqlash imko- 
niyatini beradi. I. P. Pavlovning oliy nerv faoliyatining tiplari haqidagi ta’­
limoti temperamentning nerv-fiziologik asoslarini, uning muhit va tarbiya 
ta’siri tufayli o'zgaruvchanligini aniqlash imkoniyatini berdi.
Psixologiyaning metodlari haqidagi masala, xususan, o ‘z-o‘zini ku­
zatish metodi haqidagi masala, psixologiyada metodning ob’ektivligini 
qanday tushunmoq kerakligi haqidagi masala juda ham keskin qo‘yildi. 
Metodning ob’ektivligini faqat tashqi kuzatish, tashqi eksperiment 
debgina tushunmaslik kerak, aksincha, bu yana bixeviorizm va


refleksologiyaga olib keladi. Ikki Akademiyaning I. P. Pavlov fizolo- 
giyasiga bag‘ishlangan sessiyasidan keyin har xil psixik hodisalaming 
nerv-fiziologik mexanizmlarini o ‘rganish bo‘yicha ko‘plab maxsus tad­
qiqotlar o ‘tkazildi. Bu ishlar Moskva va Leningrad akademiyasining 
psixologiya institutida, Pedagogika Fanlari akademiyasining psixologi­
ya institutida, shuningdek Sobiq sovet ittifoqining boshqa shaharlarida- 
gi oliy o ‘quv yurtlarining ba’zi bir kafedralarida va laboratoriyalarida 
o ‘tkazildi.
Psixologiyani I. P. Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limoti 
asosida qayta tashkil qilish V. A. Artemov, T. P. Yegorov, A.V. 
Zaporojets, P.I.Ivanovlarning psixologiyadan o ‘quv qo‘llanmalarida 
ham o ‘z aksini topgan. Mana shularga binoan o ‘rta va oliy o ‘quv yurt- 
larida psixologiyani o‘qitish ishlari ham qayta tashkil qilina boshladi.
1962-yili may oyida Sobiq sovet ittifoqi Fanlar Akademiyasining 
huzurida oliy nerv faoliyati va psixologiyaning filosofik masalalari 
bo‘yicha Butunittifoq kengashi o‘tkazildi. Bu kengashda I. P. Pavlov 
ta’limoti psixik jarayonlaming nerv-fiziologik asosi ekanligi yana bir 
marta asosli ravishda tasdiqlandi va uning tadqiqotlari yuksak darajada 
tashkil topgan materiyaning — miyaning mahsuli bo‘lgan psixika haqi­
dagi ta’limotni tasdiqladi. Keyingi yillarda fiziologlar tomonidan inson 
psixikasidagi ayrim hodisalami tushuntirish uchun katta ahamiyatga 
ega bo‘lgan ishlar qilindi. Masalan, akademik P. K. Anoxin 1932-yil- 
dayoq boshlagan teskari afferentatsiya (teskari bog‘lanish) ning ahami- 
yatini aniqlandi.
Reflektor jarayonlar organizmning faqat javob harakati bilangina 
tugallanib qolmas ekan. Organizmning har bir javob harakati miya 
po‘stiga markazga intiluvchi teskari (afferent) impuls yuborib turadi, 
bu impuls javob harakatning natijasidan miya po‘stiga signal berib tu- 
rar ekan. Shu refleksning stmkturasi yoy shaklida emas, balki halqa 
shaklida ekan deb hisoblashga asos beradi. Demak, refleksning teskari 
bog‘lanishni amalga oshiradigan yana 4-qismi (orqaga qaytaruvchi kra- 
ni) ham bor ekan. Teskari afferentatsiya haqidagi bu ta’limot «oldindan 
aks ettirish» (javob harakatni maqsadga muvofiq qilishni bilish) deb 
atalgan hodisaga bog‘langan tekshirishlar o ‘tkazishga imkoniyat berdi.


Anoxinning shu tadqiqoti maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan xatti-hara- 
katlaming fiziologik asosini ochib beradi.
Bir qancha psixik hodisalami tushuntirish uchun Bemshteynning 
organizmning biologik faolligi masalasi sohasidagi tekshirishlari mu­
him ahamiyatga egadir. Bu tekshirishlarning ma’lumotlariga qaragan- 
da organizm muhitga moslashmaydi, balki shu muhitda paydo bo'lgan 
to‘siqlami bartaraf qilishga «tirishadi» ,maqsadga erishmoq uchun ku- 
rashadi.
A. R. Nuriyaning bosh miya po‘stida psixik funksiyalaming lo- 
kalizatsiyalashuvi haqidagi ishlari psixik faoliyatning fiziologik asos- 
larini tekshirishga qo‘shilgan qimmatli xissadir. Psixologlaming 
tekshirishlarida shaxs va shaxsning yoshga qarab rivojlanishi masa- 
lalari katta o‘rin egallaydi. 1956-yili (may-iyun) Leningradda shaxs 
psixologiyasi bo‘yicha Butunittifoq kengashi o ‘tkazildi. Dokladlarda 
kishi shaxsini tarbiyalash va shakllantirish masalalariga muhim e’tibor 
berildi.
Hozirgi vaqtda shaxs tushunchasini aniqlashga, uning eng muhim 
belgilarini: ijtimoiyligi, ongliligi, o ‘z-o‘zini anglashni tahlil qilishga 
bag‘ishlangan qimmatbaho asarlar oz emas. Shaxsning ehtiyojlariga 
xos xususiyatlariga, uning ongli va ijodiy faolligiga, yangi jamiyat qu­
rish davrida uning maslak, ideallari, dunyoqarashi va e’tiqodlarining 
yo‘nalishiga katta e’tibor berilmoqda. Shaxsning turli yoshda qanday 
rivojlanishi, uning individual xususiyatlari, harakteri, qobiliyatlari 
hamda qiziqishlari masalasi inson psixikasi va ongi taraqqiyotiga oid 
umumiy muammoning muhim tarkibiy qismidir.
Psixologlar ongning individual taraqqiyotini shaxs sifatida 
o‘sayotgan odamning barcha tomonlaridagi, barcha psixik jarayonlari- 
dagi sifat jihatdan o‘zgarishdir, deb qaraydi. Bu o‘zgarish, o‘sish orga­
nizmning rivojlanish qonuniyatlari va kishilaming turmush sharoitlari 
tufayli, ijtimoiy muhit hamda ta’lim-tarbiya ta’sirida ro‘y beradi. Ijti­
moiy muhit, ta’lim va tarbiyaning ta’siri har bir insonning rivojlanishi- 
da hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Biroq shu narsani ta’kidlamoq kerakki, bu 
rivojlanish rivojlanayotgan sub’ekt o ‘zi hayot jarayonida aktiv ishtirok 
etgan taqdirdagina ahamiyatga ega bo‘Iadi.


Keyingi yillar mobaynida psixologiya va pedagogikada «Ta’lim va 
aqliy rivojlanish» muammosi, ayniqsa, faollashdi. Bu masalaning hal eti- 
lishi maktablardagi ta’lim jarayonida o‘tkazilayotgan eksperimentlarga 
asoslanmoqda. Rivojlanishning o ‘zini qanday tushunishdan qat’iy na- 
zar, tadqiqotchilaming hammasi ta’limning hal qiluvchi roli sharoitida 
ta’lim va tarbiyaning bir-biri bilan boglanligini e’tirof etadilar.
Psixologlar alohida psixik funksiyalar va bilish jarayonlarni 
o ‘rganish sohasida, xususan, sezgi, idrok, xotira, tafakkur sohasida 
ko‘p ishlar qildilar. B. G. Ananev, A. V. Zaporojets, N. A. Leontev va 
boshqalar olib boradigan sezgi va idrok sohasidagi tekshirishlar aso­
san bu jarayonlaming retseptiv tomonlariga qaratilgan. Tekshirishlar 
shuni ko‘rsatdi-ki, ko‘ruv, eshituv, teri sezgilari, shuningdek, sezgi va 
idrokning boshqa turlari faqat markazga intiluvchi jarayonning, faqat 
refleks boshlang‘ich zvenosininggina mahsuli emas. Ular markazdan 
qochuvchi jarayonlarni ham, sub’ektning faolligini aks ettiradigan qi- 
dimv, sinov reaksiyalarini ham qamrab oladi. Bulaming barchasi alo­
hida, perseptiv harakatlar bo‘lib, ular ichki psixik jarayonlar bilan bir­
ga, tashqi, birinchi navbatda, ozmi-ko‘pmi yorqin ifodalangan harakat 
komponentlarini ham o ‘ziga qamrab oladi.
Xotira sohasida xotiraning mahsuldorligi esda olib qolish faoliyati- 
ning nimaga qaratilganiga bog‘liq ekanligi masalasi keng o ‘rgani!gan. 
Yaxshi esda qoldirishda qaytadan tiklash (esga tushirish) va boshqa 
psixik jarayonlaming roli aniqlangan.
A. A. Smirnov va P. 1. Zinchenkoning asarlarida esda qoldirish max­
sus xildagi ichki psixik faoliyat sifatida aniqlangan. Bu faoliyatning 
strukturasi ochilgan, turli esda olib qolish usullarining harakteristika, 
uning tarkibiga kiruvchi har xil mnemonik harakatlaming alohida 
zvenolaming harakteristikasi berilgan. Esda qoldirish jarayonida ishti­
rok etadigan tafakkur jarayonlariga alohida e’tibor berilgan.
Keyinchalik psixologiya sohasidagi ilmiy ishlar faollashtirildi.
1956-yildan boshlab bizda «Vopros о psixologii» jumalining chiqa 
boshlashi buning guvohidir. Psixologiya masalalari sohasidagi ko‘p 
materiallar, shuningdek, «Sovetskaya pedagogika», «Semya i shkola», 
«Doshkolnoe vospitanie», «Nachalnaya shkola», «Psixologicheskie


jumal», «Vopros о filosofii» jumallarida va boshqa davriy matbuotda 
bosilib chiqib turdi. Ilmiy ishlarning aktivlashtirilganligi, shubhasiz,
1957-yil Psixologlar jamiyatini tuzishga yordam berdi. Shu yillar mo- 
baynida bizning oliy o ‘quv yurtlarimiz psixologiyadan zaruriy o‘quv 
qo'Uanmalari bilan ta’minlandi. Bu qobiliyatlarga kiruvchi esda olib 
qolish qobiliyatlarida ayrim zvenolaming harakteristikasi berilgan.
I isda olib qolishda qatnashuvchi fikrlash jarayonlariga alohida e’tibor 
berilgan.
Tafakkur to‘g‘risida S. L. Rubinshteyn va uning xodimlari, 
F. I. Shemyakin, shuningdek, S. K. Shoroxova va К. K. Platonovlar 
rahbarligida Sobiq ittifoq SSSR Fanlar Akademiyasi qoshidagi falsafa 
institutining xodimlari jiddiy tadqiqot ishlari olib bordilar.
Texnika taraqqiyoti va mehnat politexnika hamda ishlab chiqa- 
rish professional ta’Iimning yuksalishi tufayli ko‘pgina psixolog­
lar (S. N. Arxangelskiy, V. V. Chebisheva, К. K. Platonov, G. V. 
Kiriya, B. P. Nikitin, G. F. Lomov, V. N. Pushkin, S. G. Gellershteyn, 
Т. V. Kudryavtsev, I. S. Yakimanskaya, P. I. Ivanov va boshqalar) 
konstruktiv texnika va operativ tafakkur masalalariga, shuningdek, bu 
tafakkuming o'quvchilarda taraqqiy etishi masalalariga juda qiziqdilar. 
Keyingi yillarda psixologiya va pedagogikada «Ta’lim va aqliy jihat­
dan o‘sish» masalasi dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Bu masalaga 
oid ishlar maktablardagi ta’lim jarayonidagi tajribalari asosida olib bo- 
rilmoqda.
Barcha tadqiqotchilarning aqliy o ‘sish to‘g ‘risida turlicha fikr- 
larda bo‘lish!ariga qaramay (L. V. Zankov, К. I. Menchinskaya, 
D. K. Bogolyavlenskiy, P. Ya. Gal’perin va boshqalar), ta’lim va aqliy 
o'sish, ta’Iimning yetakchi rol o ‘ynashi bilan birligi tan olinadi. Shuni 
aytish kerakki, psixologiya sohasida olib borilayotgan ilmiy ishlar juda 
ham jonlanib ketdi. Bu jonlanishga 1956-yildan chiqa boshlagan «Vop­
ros о psixologii» nomli maxsus jurnal dalil bo‘la oladi. Bundan tash­
qari psixologiya masalalariga oid maqolalar «Sovetskaya pedagogika», 
«Semyai shkola», «Doshkolnoe vospitanie», «Nachalnaya shkola», 
«Vopros о filosofii» va boshqa davriy nashrlarda bosilib chiqdi. Psixo­
logiya sohasida olib borilayotgan ilmiy ishlarning jonlanib kyetishiga


1957-yilda tashkil qilingan Psixologlar Jamiyati yordam berdi.Bu yil- 
larda Oliy o‘quv yurtlari psixologiyaga oid zarur qo‘llanmaIar bilan 
ta’minlandi.
Psixologlaming faolligi va ular olib borayotgan ishlarning 
jermazmunligi M oskvada 1966-yil avgust oyida bo‘lib o ‘tgan psixo- 
loglarining xalqaro XVIII Kongressida yorqin namoyon bo‘ldi.
Amaliy mashg‘ulotlardagi muhokama uchun savollar.
1. Rossiyada psixologiyaning rivojlanishiga qaysi psixolog olimlar xissa 
qo‘shgan?
2. Idealistik va mexanistik psixologiyaning rivojlanishini so‘zlab bering.
3 . 1.M. Sechenov ilmiy psixologiyaning asosiy vazifasi nima deb hisobalydi?
4. Psixologiya sohasidagi 30-yillarda qanday munozaralar boMgan?
5. Rus psixologlaridan kimlar psixik fimksiyalar va bilish jarayonlarini 
o‘rganish sohasida ish olib bordilar?
6. 1940-1965-yillarda psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi masalalari 
qanday bo‘lgan?
7. Rossiyadagi Psixologlar Jamiyati haqida nimalami bilasiz?
8. Mehnat psixologiyasi sohasida qanday ishlar amalga oshirilgan?
9. Psixologlar qanday nashrlarda o‘z ilmiy naqolalari bilan qatnashdilar?


8 - M a v z u r 0 ‘zbekistonda psixologiya: qadim gi va hozirgi
d av rd a fanning rivojlanishi
R eja:
1. Sharq m utafakkirlaridan A bu N asr Farobiyning psixologik qa 
rashlari.
2. Sharq m utafakkirlari asarlarida psixologik qarashlarning m azm u­
ni.
3. 0 ‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanishi.
4. H ozirgi davrda 0 ‘zbekistonda psixologiya fanning rivojlanishi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə