Variant 1 Marketing fani nimani o'rganadi va o'rgatadi?



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/115
tarix22.01.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#99016
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   115
MARKETINGDA HBA-81I GURUHU UCHUN MAXSUS . AUF.COM (1)

3.Tovarning hayotiy davri 
bosqichlari? 
Tovarning hayotiy davri 
- tovarning bozorda 
paydo 
bo’lgan davridan boshlab, to uning sotilmay 
qolishigacha bo’lgan vaqt oralig’idir. Tovarning 
hayotiy davri kontseptsiyasi har qanday tovar 
qanchalik darajada mukammal bo’lmasin, bu tovar 
bozordan ertami-kech undan ham mukammalroq 
tovar tomonidan siqib chiqarilishiga asoslanadi. 
Amaliy faoliyatda tovar hayotiy davrining diapazoni 
ancha keng bo’lib, u bir kunlik tovardan bozorda o’z 
o’rnini uzoq vaqt davomida saqlab qoluvchi 
tovargacha 
bo’lishi mumkin. 
Tovarning hayotiy davri kontseptsiyasi ilk bor 
amerikalik marketolog T.Levitt tomonidan 1965 yilda 
tariflangan edi. Ushbu nazariyaning mohiyati shundan 
iboratki, tovar o’ziga xos tirik organizm kabi hayotiy 
davrini o’taydi. Ma'lumki, tirik organizm rivojlanish, 
keyin 
tug’ilish, so’ngra etuklik, qarilik bosqichlarini 
o’tib, o’lim bilan o’z yashash davrini tugatadi. Shunga 
o’xshash qiyoslasak, tovar hayotiy davri jarayonida 
ishlab chiqarish, bozorga chiqish, o’sish, etuklik va 
chiqish kabi bosqichlarni 
o’taydi. 
Tadqiqotlar va tovarni ishlash bosqichi. 
Tovarning 
hayoti 
uning 
mahsulot 
sifatida 
shakllanishidan ancha oldin - 
g’oyalar, ishlanmalar 
ko’rinishida boshlanadi. Yuqorida keltirilgan chizmada 
bu bosqichga tartib raqami 
qo’yilmagan, chunki hali 
tovarning o’zi mavjud emas. Bu bosqichda 
tadqiqotchilar marketing yordamida iste'molchining 
mazkur 
mahsulotga 
muhtojligini, 
potentsial 
iste'molchilar kimlar 
bo’lishini va g’oyani amalga 
oshirishda qanday bozorni 
mo’ljallash mumkinligini atroflicha o’rganadilar. 
Korxona uchun tovarni yaratishning mazkur bosqichi 
- bu faqat xarajat va kelajakda kutiladigan 
daromadlardir. Bu erda marketingning vazifasi 
potentsial iste'molchilarga yangi 
g’oya asosida 
yaratilajak tovar ular uchun qanday foyda keltirishini 
tushuntirib berishdan iboratdir. 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə