|
![](/i/favi32.png) Variant 1 Marketing fani nimani o'rganadi va o'rgatadi?MARKETINGDA HBA-81I GURUHU UCHUN MAXSUS . AUF.COM (1)2.Ma
гketing muhiti?
Marketingning muhiti
, umuman bozor
kon’yunkturasiga va xususan firma faoliyati,
shu jumladan, bozorning boshqa
sub’ektlariga
bevosita ta’sir etuvchi kuchlar va omillar
yig’indisidan iborat. Muhit doimiy o’zgarishda,
ya’ni u yoki bu salbiy yo ijobiy ta’sir ko’rsatishi
mumkinligi sababli, uni tizimli o’rganish,
alohida
jarayonlarni va ularning o’zaro
aloqasini
kuzatish
zaruriyati
marketing
tadqiqotlari jarayonida juda muhim tadbir
bo’lib hisoblanadi. Hatto muhitning arzimas
o’zgarishiga e’tibor bermaslik yoki nazoratni
susaytirish firmaning va bozorning boshqa
sub’ektlari ishida juda og’ir oqibatlarga olib
kelishi mumkin. Shuning uchun korxona
marketologlarining
muhit
doirasida
bo’layotgan o’zgartirishlarni alohida va
mas’uldorlik bilan kuzatib borishlari nazarda
tutiladi. Boshqalarga qaraganda ular yangi
tendentsiyalarni kuzatib qulay imkoniyatlarni
topishlari lozim, chunki ular ixtiyorida maxsus
marketing
instrumentlari, ya’ni marketing
tadqiqotlari mavjuddir.
Kompaniyada boshqa har qaysi guruhdan
ko’proq marketologlar muhit moyiliklarini
o’rganib borishi va imkoniyatlarni izlab topishi
zarur. Tashkilotda har bir menejer tashqi
muhitni kuzatib borishi zarurligi bilan bir
vaqtda,
marketologlar
ikkita
alohida
qobiliyatga ega bo’lishi kerak. Ular marketing
muhiti
haqida
axborotni
yig’ish uchun
marketing tadqiqotlar va marketing qidirish
metodlarini ishlab chiqdilar. Ular mijozlar va
raqobatchilar bilan muhitlarga ham
ko’p e’tibor
qaratishgan.
Muhitni
puxta
o’rgangan
holda,
marketologlar o’z strategiyalari bozorning
yangi talablari va imkoniyatlariga javob
berishlari
uchun
ularni
moslashtirishlari
mumkin.
Marketing
muhiti
mikromuhit
va
makromuhitdan
iborat
.
Mikromuhit
kompaniyaning
o’z mijozlari – kompaniyalar,
ta`minotchilar, marketing
vositachilar, mijoz
bozorlari, raqobatchilar va jamoatchilikka
xizmat
ko’rsatish
imkoniyatlariga
ta’sir
ko’rsatishi mumkin bo’lgan kompaniyada
ishtirok
etuvchi
shaxslardan
iborat.
Makromuhit mikromuhitga
ta’sir ko’rsutuvchi
yanada
yirik jamoatchilik
kuchlardan
–
demografik,
iqtisodiy,
tabiiy,
texnologik,
siyosiy va madaniy omillardan iborat.
|
|
|