Variant 7
1.Marketingda kommunikatsiya
siyosati?
Xalqaro savdo palatasi tomonidan 1987 yilda
qabul qilingan halqaro reklama Kodeksida
ham har qanday reklama murojaati odob-axloq
normalariga mos, haqqoniy va ishonchli
bo’lishi ko’rsatib o’tilgan.
Ko’pincha reklama
tovarni sotadi degan uncha
to’g’ri bo’lmagan xulosaga kelinadi. Chunki,
reklama tovarni sotmaydi, balki potentsial
xaridorlarni topib,
talabni rag’batlantiradi.
Masalan, xaridor magazinga kirib axtargan
tovarni topdi, lekin tovarning sifati, assortimenti
yoki bahosi uni
qoniqtirmaganligi sababli
tovarni sotib olmasdan magazindan chiqib
ketdi. Bu erda xaridorga reklama ta'sir
ko’rsatadimi? - degan savol tug’iladi. Bu
savolga ha, - deb ijobiy javob berish mumkin.
Reklama uchun eng asosiy vazifa - bu
potentsial xaridorni tovar sotilayotgan joyga
keltirishdan iboratdir.
Xaridorning magazinga
kelib, tovar sotib olmasdan chiqib ketmasligi
uchun reklama tovar siljitishning boshqa
uslublari
bilan birga qo’llanilishi maqsadga
muvofiqdir. Eng asosiysi
esa tovar sifati va
estetik xususiyatlari
bo’yicha xaridor didiga
mos
bo’lishi kerak. Shu sababli reklamaning
samaradorligini sotilgan
tovarlar hajmi bilan
emas, balki potentsial xaridorlarning necha
marta tashrifi va necha marta telefon orqali
murojaat qilganligi
kabi ko’rsatkichlar asosida
baholash
to’g’ri hisoblanadi.
Reklamaning vazifasi - xabar berish, ishontirish
va
eslatishdan
iboratdir.
Shuning
o’zi
reklamaning
tovar
sotilishiga
ta'sir
ko’rsatishidan dalolatdir.
Reklamani ishlab
chiqish va tashkil etish korxona butun
faoliyatining bir qismi hisoblanadi. Shu sababli
reklama ishlarini tashkil etish ma'lum tartib va
qoidaga
bo’ysunadi.
Reklamani
tashkil
etishdagi
asosiy
jarayonlardan biri reklama byudjetini ishlab
chiqish hisoblanadi. Reklama byudjetini ishlab
chiqish reklama kompaniyasining maqsadlari,
korxonaning
moliyaviy
imkoniyatlari,
raqobatchilarning
reklama
xarajatlari,
tarmoqdagi umumiy xarajatlar
va hokazolarni
hisobga
olishga
asoslangan
turli
xil
yondashuvlarni
qo’llash bilan amalga oshiriladi.
Reklama byudjetini hisoblab chiqishning bir
necha xil usullari mavjud. Bular asosan
quyidagilar
hisoblanadi:
"mavjud
mablag’lardan bir qism ajratish", "sotilgan
tovarlar summasidan foizlar ajratish", raqobatli
paritet, maqsad va vazifalardan kelib chiqqan
holda hisob-kitob qilish usuli.
Shuni qayd etish lozimki,
reklama xarajatlari
qaysi usul bilan hisoblab chiqilganligiga
qaramasdan,
bu
xarajatlar
iste'molchi
tomonidan tovarga
to’layotgan narxda o’z
aksini topadi.
Dostları ilə paylaş: