|
![](/i/favi32.png) Variant 1 Marketing fani nimani o'rganadi va o'rgatadi?MARKETINGDA HBA-81I GURUHU UCHUN MAXSUS . AUF.COM (1)Etuklik bosqichi
. Bu bosqichda tovar yirik
partiyalarda takomillashgan texnologiyalar
bo’yicha
yuqori sifat bilan ishlab chiqariladi. Bu bosqichda
ko’pgina ishlab chiqaruvchilarda sotilmay qolgan
tovarlarning zahiralari to’planib qoladi, oqibatda
tovarlarning sotilishi kamayadi. Natijada raqobat
keskinlashadi. Raqobatchilar
ko’proq past narxlarda
sotishga harakat qiladi. Reklama kuchaytirilib,
tovarlarning
yaxshilangan
variantlarini
ishlab
chiqarishga
mablag’lar sarflanadi.
Bularning
hammasi foydaning kamayishini keltirib chiqaradi.
Eng kuchsiz raqobatchilar kurashdan chetga chiqa
boshlaydilar. Tarmoqda faqat mustahkam
o’rin
egallagan raqobatchilargina qoladi.
Chiqish bosqichi.
Qanday holat yuz
bermasin baribir ma'lum vaqtdan
so’ngra tovarning
sotilishi pasaya boradi. Tovar sotilishining pasayishi
ba'zan tezlik bilan borsa, ba'zi hollarda sekinlik bilan
bir-tekis boradi.
Tovar sotishning pasayib ketishi tovar ishlab
chiqarish texnologiyasidagi yutuqlar, iste'molchilar
talabining o’zgarishi hamda mahalliy va xorijiy raqiblar
tomonidan raqobatning keskinlashuvining vujudga
kelishi kabi sabablar bilan izohlanadi. Sotishning va
foydaning kamayishi natijasida bir qancha firmalar va
korxonalar bozordan chiqishga majbur bo’ladilar.
Qolganlari esa taklif etilayotgan tovarlar assortimentini
qisqartirishga, samarasi yuqori
bo’lmagan savdo
kanallari va bozorning kichik segmentlaridan voz
kechishga,
rag’batlantirish uchun sarflanayotgan
mablag’larni kamaytirishga va narxni tushurishga
majbur
bo’ladilar.
Ba'zan tovar hayotiy davrining chiqish
bosqichida ham tovarni tiriltirish va uning hayotiy davrini
davom ettirishga harakat qilib
ko’rish mumkin. Buning
uchun
firmaning
marketing
xizmati
reklamani
faollashtirishi, narxni o’zgartirishi, tovarlarning o’rab-
joylanishini takomillashtirishi, sotish tizimini qaytadan
tashkil etishni, eng asosiysi esa yangi bozorlarga kirish
va ularni o’zlashtirish kabi ishlarni amalga oshirishi kerak
bo’ladi. Agar bu chora tadbirlar ham ijobiy natija
bermasa,
u holda tovar ishlab chiqarishni to’xtatishga
o’tish to’g’ri yo’l hisoblanadi. Bunday holat yuz beradigan
bo’lsa iste'molchilar va sotish kanallari muayyan tovarni
ishlab
chiqarishning
to’xtatilish
vaqti,
kafolat
majburiyatlariga rioya etilishi, kafolatlar tugagandan
keyin ta'mirlashni amalga oshirish tartiblari, ishlab
chiqarishdan olingan tovarning qancha vaqt davomida
yordamchi qismlar bilan ta'minlashi haqida oldindan
ogohlantirilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday harakat
firmaga
bo’lgan
ishonch
yo’qolmasligining
va
iste'molchilar firmaning yangi tovarlarini ijobiy qabul
qilishlariga mustahkam zamin yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|