marketingning maqsadi aniq, ya'ni yangi tovar uchun
bozorni yaratishdan iboratdir (ayniqsa,
agar bu
mutloq yangi tovar va unga extiyoj hali bozorda
namoyon bo’lmasa). Bu bosqichda raqobatchilar
deyarlik yo’q yoki ular juda kam sonni tashkil etadi.
Bu bosqichda iste'molchilar deyarlik novatorlar
bo’lganligi uchun, dastlab
reklama aynan shularga
mo’ljallangan
bo’lishi
kerak.
Bu
bosqichda
marketingning asosiy vazifasi birlamchi talabni tez
shakllantirish va potentsial xaridorlarni haqiqiy
xaridorlarga aylantirishdan iboratdir. Shuningdek, bu
bosqichda sotishni
rag’batlantirish, reklamani tashkil
etish va tovarni taqsimlashning ishonchli kanallarini
shakllantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
O’sish bosqichi
.
Agar
yangi
tovar
bozorning
talabini qoniqtirsa, u holda tovarni sotish
katta darajada ortadi. Chunki, yangi tovarlarni
takroran xarid qilayotgan faol xaridorlarga
ko’p sonli
boshqa xaridorlar
qo’shiladi.
Bu
bosqichda
tovar
ishlab
chiqarish
texnologiyasini
takomillashtirish hisobiga
tovar
sifatining barqarorligiga erishiladi.
Bu bosqichda
korxona ancha
foyda olishga kirishadi, bu foyda o’sib
boradi va ushbu bosqichning oxiriga kelib eng yuqori
ko’rsatkichga etadi. Korxona bu bosqichning uzoqroq
davom etishidan manfaatdor, shuning uchun ham u
butun har
akatlarini sotish hajmining o’sishiga
qaratishi kerak
bo’ladi. Bu erda marketingning asosiy
vazifasi tovar sifatini oshirish, bozorning yangi
segmentlarini o’zlashtirish, mazkur tovarni sotishning
qamrab olinmagan kanallarini topish, iste'molchilarni
tovarlar xususiyatlarining afzalligi haqida ishonarli
reklama ishlarini tashkil etish kabi tadbirlarni amalga
oshirishdan iborat hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: