Vazifalari



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə99/107
tarix29.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#142320
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   107
07 Turizm&Servis Kaf 17 MEHMONXONA XO\'JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING

Xavfsizlik rejasi


Mehmonxona – mijozlar dam olishi, hordiq chiqarishi, ishlashi va tijorat bilan shug‘ullanishi uchun zarur barcha narsalar bilan a’minlashi lozim bo‘lgan ma’muriy, ishlab chiqarish va yashash majmui. Tabiiyki, u himoyalashning alohida qoidalarini taqozo etadi. Mehmonxona mijozlarining xavfsizligini ta’minlashning bir qancha usullari ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Birinchidan, yong‘indan saqlash, qo‘riqlash, sanitariya, texnika xizmatlari va boshqalar mazkur mehmonxona uchun ishlab chiqqan barcha xavfsizlik qoidalariga rioya etish lozim.
Ikkinchidan, ular xodimlar va mijozlar xavfsizligini ta’minlashni nazarda
tutadigan standart ish tartib - taomillariga rioya etishlari zarur.
Uchinchidan, xodimlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf -xatarlarni kuzatib borishlari va ular to‘g‘risida maxsus xizmatlarga ma’lumot berishlari shart.
To‘rtinchidan, maxsus xizmatlar turistlarni himoya qilishning yangi normalari va qoidalarini ishlab chiqishi uchun ularga sodir bo‘lgan barcha favqulodda hodisalar
to‘g‘risida ma’lumot berish lozim.
Mehmonxona xodimlari o‘z faoliyatida hamisha ziyrak va hushyor bo‘lishlari kerak. Favqulodda hodisa sodir bo‘lgan dastlabki daqiqalarda zudlik bilan tegishli choralar ko‘rish muhimdir. Tibbiy yordam chaqirishdan tashqari, xodim shikastlangan mijozga g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lishi lozim.
Xushyor va ziyrak xodim muassasa hududida paydo bo‘lgan begona odamlarni yoki o‘zini shubhali tutayotgan shaxslarni darrov payqaydi. Bunday xodimlar mijozlar unutib qoldirgan qimmatbaho buyumlarni darhol ilg‘aydilar, ularga buyumlarni saqlash uchun seyflardan foydalanishni taklif qiladilar, umuman, mijozlarga tegishli buyumlarning asralishi haqida qayg‘uradilar, bundan mijozlar ham, mehmonxona menejerlari ham naf ko‘radilar. G‘alati joylardan topilgan qimmatbaho buyumlar darhol topilmalar byurosiga topshiriladi (mazkur byuroni ko‘pincha xavfsizlik xizmati boshqaradi).
O‘g‘riliklar – yirik mehmonxonalarning asosiy muammosi. Mijozlar ixtiyoriga berilgan har xil buyumlar, masalan, pichoq - vilkalar, idish - tovoqlar, sochiq va choyshablar, hatto televizorlar yo‘qoladi.
Ayrim mijozlar o‘ziga to‘qligiga qaramay o‘g‘irlikdan o‘zlarini tiya olmaydilar. Bu nuqtai - nazardan Sidneydagi xos restoranlarning biridan kumush pichoq, qoshiq va vilkalarni o‘g‘irlagan ayol voqeasi diqqatga sazovor. Ayol mazkur buyumlarni sumkasiga solayotganini ko‘rib qolgan ofitsiantlar bu haqda restoran menejeriga xabar berganlar va undan nima qilishni so‘raganlar. Menejer restoran egasiga hisob taqdim etgan va buyumlar qaytarilgan holda hisobdagi summa kamaytirilishini ko‘rsatgan. Restoran egasi hisob bo‘yicha haq to‘lashni ma’qul ko‘rgan va ofitsiantlarga hushyorligi va ehtiyotkorligi uchun tashakkur bildirgan. Eshiklarni ochuvchi va yopuvchi sistemalar hozirda tobora murakkablashib bormoqda. Ko‘pgina mijozlar va xodimlar xonalarga kirish uchun kredit kartochkalariga o‘xshaydigan kalitlardan foydalanadilar. Har safar mijozlar mehmonxonani tark etganida ular yashagan nomerlarning shaxsiy kodlari o‘zgartiriladi, shu bois bunday kalitlar mijozlarning shaxsiy mol - mulkini ishonchli himoya qiladi. Tabiiyki, bunday kalitlarni saqlashda juda ehtiyot bo‘lish kerak.
Mehmonxona xodimlari nomer kalitini so‘ragan har bir notanish kishining shaxsini
sinchiklab tekshirishlari shart. «qirq beshinchi nomerning kalitini olsam bo‘ladimi?» degan savolga «Iltimos, ism - sharifingizni ayting», deb javob berish kerak.
Mehmonxona xodimlari mijozlarning ism - sharifini begona shaxslarga oshkor etmasligi yoki ular to‘xtagan nomer haqida gapirmasligi lozim. Xavf - xatarlar aniqlanganida, ayniqsa, favqulodda holatlar sodir bo‘lganida quyidagi chora - tadbirlarni ko‘rish zarur.
O‘g‘rilik va talonchilik. Bunday hollarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xotirjamlikni saqlashlari va pullarni ularga chiqarib berishlari kerak, aks holda mijozlar jabr ko‘rishi mumkin. Qurollangan talonchilarga qarshi qurol bilan javob berish turistlarni himoya qilishning yaxshi usuli emas.
Albatta, o‘g‘rilik va talonchiliklarning oldini olish kerak, lekin, agar ular sodir etilgan bo‘lsa, mehmonxona ichida qurol ishlatib, jinoyatchilar bilan otishish yaramaydi. Mijozlar va xodimlarning xavfsizligi hamma narsadan ustun turadi. Ayni vaqtda, xodimlar ziyraklikni yo‘qotmasliklari va zarur holda talonchilarni tanib olish uchun diqqat bilan kuzatishlari va maxsus qo‘riqlash xizmatlariga bu haqda ma’lumot berishlari shart.
Yong‘inlar. Yong‘inlarning har xil turlari va ularga mos o‘t o‘chirish vositalari mavjud. Mehmonxona binosi bo‘ylab aylanayotganida xodim ma’lum joyda muayyan turdagi o‘t o‘chirish vositasi noto‘g‘ri o‘rnatilganini aniqlashi va bu kamchilikni bartaraf etishi mumkin. Yong‘in chiqqan hollarda xodim yong‘in o‘chog‘ini aniqlashi va o‘t tarqalmasligi uchun darhol eshiklarni berkitishi lozim. Liftlardan foydalanish mumkin emas, chunki yong‘in paytida lift shaxtasi tutun chiqadigan mo‘riga aylanadi, lift tugmalari esa yuqori haroratga o‘ta ta’sirchan bo‘ladi. Lift qavatlar orasida to‘xtab qolishi mumkin. Xodimlar zarur holda mijozlarga yordam berish va ularni evakuatsiya qilishni tashkil etish uchun tegishli ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak.
Bombalar. Terroristik aktlar yoki jinoyat olamida ta’sir doirasini taqsimlash uchun portlovchi moslamalardan foydalanish jahonning barcha mintaqalarida tarqalgan. Ko‘pincha jinoyatchilar bo‘lajak terroristik akt haqida politsiya, ma’muriy
ofislar yoki turistik muassasalarga xabar beradilar. Shu bois portlash xavfi tug‘ilgan
hollarda xodimlar:

  • bomba qaerdaligini;

  • u taxminan qachon portlashini;

  • nima uchun bomba aynan shu erga qo‘yilganini;

  • portlash xavfi haqida xabar qiluvchining shaxsini aniqlashlari lozim.

Telefon orqali qo‘ng‘iroq qilgan shaxs bilan so‘zlashishda davom etib, xavf - xatar haqidagi signalni qabul qilgan xodim bu haqda boshqa xodimga xabar berishi kerak. Shunda operator qo‘ng‘iroq haqiqiy yoki soxtaligini aniqlashi, birinchi xodim esa bomba qo‘yilgan joyni surishtirib bilishi mumkin.
Evakuatsiya. Barcha muassasalarda favqulodda holatlarda mijozlar va xodimlarni evakuatsiya qilishning o‘z maxsus tartib - taomillari ishlab chiqilishi va har bir xodim bunday hollarda qanday ish tutishni bilishi shart. Xavf - xatar tug‘ilgan hollarda kommutatsiya bo‘limi butun mehmonxonaning o‘ziga xos markaziga aylanadi, barcha majburiyatlar aynan shu erda taqsimlanadi va nazorat qilinadi. Barcha xodimlar o‘z rollarini bilishlari va vazifalarini xotirjam bajarishlari kerak.

    1. Yüklə 1,01 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə