Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish


Portret elementlari ma’nosi ustida ishlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

Portret elementlari ma’nosi ustida ishlash.
Dastlabki vazifa 
tasvirdagi elementlar (bulutlar, turnalar, tog‘lar, salla va ukpar, mevasiz 
daraxt, gullagan daraxt, bulut ortidagi quyosh, ustki libos, ohular, belbog‘, 
zirak va tumor, hamyon, kitob, taxt va uning bezaklari, mahsi-kavush, 
suv, gullar, toshlar, rassom muhri, uzuk kabi)larni alohida ajratib olishdan 
iborat. 
Detal va ranglardagi
ramziylik ma’nosini tahlil qilish.
Bunda har 
bir element anglatadigan ma’no o‘quvchilar ko‘z o‘ngida shoirning 
tabiati, didi, dunyoqarashi, orzu-intilishlari, hayot yo‘lini jonlantirishga 
vosita bo‘lib xizmat qiladi. Xususan:
Obrazning tashqi ko‘rinishi.
Yuz-ko‘zlarida zuhurlangan 
mayinlik, vazminlik,
 
sokinlik va nim tabassum hayot sinovlarida 
toblangan Bobur obrazining ma’naviy yuksalishidan dalolatdir. Salobat, 
viqor, nigoh, libos, umuman, har bir detal mustaqil holda obrazning 
badiiy-estetik mohiyatini o‘zida mujassam etgan. 
Bulutlar
tasvirida musavvir Boburning murakkab qismatiga ishora 
qilgandir, balki. Zero, mazkur detalning fizik xususiyatlari, ya’ni turli 
shakl va ranglarda (oq, qora) namoyon bo‘lishi, ma’lum vaqt ichida bir 
necha marta bor turlanishi, quyosh, shamol yoki yomg‘ir ta’sirida 
harakatini o‘zgartirishi shoirning 
sarson-sargardonlikdagi yaxshi-yomon 
kunlarini 
aks ettirishda qo‘l kelgan. Albatta, yuqoridagi kabi tashqi 
omillar bulutlar holatiga ta’sir ko‘rsatganidek, yaqin kishilari xiyonati
toj-taxt ilinjidagi bosqinchiliklar qahramon boshiga tushgan ko‘rgiliklar 
sababi sifatida izohlanishga asos bo‘ladi.
Turnalar
tasvirining badiiy talqinida mudom yurt ishqida yongan 
shoir ruhiyati manzaralari, ichki kechinmalari gavdalanadi. Demak, 
turnalar timsoli qog‘ozdagi 
sog‘inch
suvratidir.
Tog‘lar
– Bobur shaxsiyatidagi 
ulug‘vorlik
va 
oliyjanoblik
ramzi. 
34
Бўлатов С. Тимсол – суратдаги сўз / Ma’rifat. – Toshkent, 2018-yil 10-fevral. – № 12 (9077). – Б. 8–9. 


~ 99 ~ 
Bu detalda sarkardaning metin irodasi, ezgu maqsadlar yo‘lidagi chidam, 
matonat va qat’iyati ma’nosi mujassam. Shuningdek, tog‘lar badiiy 
adabiyotda ruhlantiruvchi timsol ma’nosini ham iste’foda etadi.
Salla va ukpar.
Salla 
shohlik belgisi. 
O‘ralish uslubining 
dabdabaligi sohibining baland martabasi va mansub mazhabidan darak 
beradi. Ukpar esa Boburning yuksak 
qalb sohibi, buyuk iste’dod egasi 
ekanligini anglatadi. Bu ikki elementning sandal rangda tasvirlanishi ham 
bejiz emas. Zero, sandal shifobaxshlik va xotirjamlik timsolidar. Demak, 
insonning barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishida vaqt oliy hakam. Vaqt 
barcha narsaning davosi, bu o‘rinda ruhiy osoyishtalik belgisi hamdir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə