Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   139

245 
 
so‘rish  zonasi  boshlanadi,  bunda  ildiz  tukchalari  borligini  ko‘rish  mumkin.  SHu  tukchalar 
orqali suv va unda erigan mineral moddalar so‘rilib turadi. Tukchalar uzunligi 1 mmga etadi.  
7. Mustaqil ishlash tartibi 
1 – tajriba:  - Bug‘doy ildizining uzunasiga kesimidan ildiz zonalarini ko‘rish:  
 
a) ildiz qini  
 
b) bo‘linish qismi  
 
v) o‘suvchi qismi  
 
g) so‘ruvchi qismi  
2 – tajriba: - Gulsafsar ildizidan vaqtinchalik preparat tayyorlab, so‘rish zonasidan, ildizning 
birlamchi tuzilishini o‘rganish:  
 
a) epiblema  
 
b) ekzoderma  
 
v) mezoderma  
 
g) endoderma 
                    d) peretsikl  
 
e) radial bog‘lam  
 
j) o‘zak  
3 – tajriba: - Tayyor preparatdan kambiyni hosil bo‘lishini ko‘rib, birlamchi ildizni ikkilamchi 
ildizga o‘tishini o‘rganish.  
4 – tajriba: - Oshqovoq ildizidan tayyorlangan preparatdan ildizning ikkilamchi tuzilishini 
o‘rganish  
5 – tajriba: - Tayyor preparatdan ildizmevalarning ichki tuzilishini o‘rganish  
 
Topshiriq: - birlamchi va ikkilamchi ildiz tuzilishi va ularda to‘g‘imalarni joylanishini rasmini 
chizib, nomlarini yozish.  
 
 
Laboratoriya mashg‘ulot – 10 
Mavzu: “Bargning anatomik tuzilishi” 
1. Darsning maqsadi:  
 
Bargning  ichki  tuzilishi  uning  irsiy  xususiyatiga,  ekologik  sharoitga  va  boshqa 
omillarga bog‘liq. Barg ikki asosiy qismdan: barg eti (mezofill) va tomirlaridan iborat.  
Barg  mezofill  qismida  assimilyatsion  to‘g‘imalar  joylashgan.  Tomir  qismida  o‘tkazuvchi 
naylar bo‘lib, suv va unda erigan mineral moddalar oqadi.  
Assimilyatsion to‘g‘imalar – bulutsimon va uutsimon hujayralardan iborat bo‘lib, ustunsimon 
hujayralarda  fotosintez  protsessi  ketadi,  bulutsimon  hujayralarda  gaz  almashinuv  protsessi 
ketadi.  
Assimilyatsion  to‘qimalarning  joylanishiga  harab,  bargning  ichki  tuzilishi  3  xil  guruhga 
bo‘linadi: a) dorzoventral b) izoloteral v) radial.  
Bir  pallali  o‘simliklar  bargining  ichki  tuzilishi  ikki  pallalilar  bargidan  birmuncha  farq  qiladi. 
Bir pallali o‘simliklar bargida ustunsimon parenxima bo‘lmaydi, hamma hujayralar bulutsimon 
hujayralardan iborat.  
2. Darsning vazifasi:  
 
Bargning ichki tuzilishidagi to‘g‘imalar, ularning vazifasi, assmilyatsion 
to‘g‘imalarning joylanishiga harab bargning guruhlarga bo‘linishini o‘rganish. 
 


246 
 
TEZKOR  SO‘ROV  UCHUN  SAVOLLAR 
1. Bargning ichki tuzilishi qanday omillarga bog‘liq  
2. Bargda necha xil to‘g‘ima mavjud, va ularning vazifasi qanday  
3. Bargning ostki va ustki tomoni epiderma hujayralarining tuzilishi qanday 
4. Barg eti (mezofill) qismidagi parenxima hujayra turlari va ularning vazifasi 
5. Assimilyatsion to‘g‘imalar joylanishiga qarab, barg xillari  
6. Dorzoventral barg tuzilishi  
7. Izoloteral barg tuzilishi  
8. Radial barg tuzilishi  
9. Bargning tomir qismidagi o‘tkazuvchi sistema tuzilishi  
10. Bir pallali o‘simliklar bargining ichki tuzilishini ikki pallalilardan farqi  
Metod - Vertushka 
Vertushka metodi  
 
№ 
Assimilyatsion  to‘g‘ima-ning 
joylanishiga  harab,  bargning 
ichki tuzilishi 
Dorzoventral 
 
Izoloteral 
 
Radial 
 

 
 

 
 
 
 

Barglarda  yuqori  va  pastki 
epiderma  tomonida,  ya’ni  ikki 
tomonlama 
ustunsimon 
to‘g‘ima joylashgan bo‘ladi. 
Barglarda  yuqori  tomo-nida 
ustunsimon,  pastki  tomonida 
bulutsimon  yoki  g‘ovaksimon 
to‘g‘imalar 
joylashgan  
bo‘ladi.  
Barglarda 
assimilyatsion 
to‘g‘ima  radius  bo‘ylab,  ya’ni 
aylana  bo‘ylab  joy-lashadi. 
Barg  epidermi-sining  o‘sishi 
barvaqt  to‘xtashi  natijasida  as-
similyatsion  to‘g‘ima  o‘sishda 
davom 
etib, 
egri-bugri 
holatdagi 
xoshiyali 
parenximani hosil qiladi.   
 
 
 
 
Bumerang metodi 
1 – guruhga beriladigan vazifa 
1.
 
Bargda necha xil to‘g‘imalar mavjud 
2.
 
Bargda epiderma hujayralarining tuzilishi, vazifalari.  
 
2 – guruhga beriladigan vazifa 
1.
 
Bargda assimilyatsion to‘g‘ima turlari va vazifasi  


247 
 
2.
 
Assimilyatsion to‘g‘imaning joylanishiga harab, barg xillari  
 
3 – guruhga beriladigan vazifa 
1.
 
Dorzoventral barg tuzilishi va undagi to‘g‘imalarning joylanishi  
2.
 
Izoloterial barg tuzilishi va undagi to‘g‘imalarning joylanishi.  
 
4 – guruhga beriladigan vazifa 
1.
 
Radial barg tuzilishi va undagi to‘g‘imalarning joylanishi  
2.
 
Barg o‘tkazuvchi sistema tuzilishi  
 
6. Mustaqil bajarish uchun vazifalar 
1  –  tajriba:  -  Kameliya  bargining  ko‘ndalang  kesimini  (tayyor  preparat)  mikroskop  ostida 
ko‘rish,  dorzoventral  bargning  yumshoq  qismidagi  qoziqsimon  va  bulutsimon 
to‘g‘imalarni  o‘rganish.  Bargning  tomir  o‘tgan  qismidagi  mexanik  va 
o‘tkazuvchi to‘g‘imalarni aniqlash, rasmini chizib, nomlarini yozish.  
2  –  tajriba:  -  Qarag‘ay  bargining  radial  tuzilishi.  qarag‘ay  bargini  ko‘ndalangiga  kesib, 
vaqtinchalik preparat tayyorlash va quyidagi to‘g‘imalarni o‘rganish:  
 
a) kutikula                             j) endoderma  
         b) epidermis                            z) peretsikl  
         v) og‘izcha                              i) yopiq kollateral bog‘lam 
         g) gipoderma                           l) sklerenxima  
        d) chokli parenxima                 k) asosiy to‘g‘ima  
        e) smola yo‘llari  
3 – tajriba: - Qarag‘ay bargining ko‘ndalang kesimini tayyor preparatda ko‘rib, bargning radial 
tuzilishini o‘rganish  
4  –  tajriba:  -  Sambitgul,  sho‘ra  bargini  kesib,  preparat  tayyorlang.  Ustunsimon,  bulutsimon 
to‘g‘imalarning  joylanishiga  qarab  izoloteral  barg  tuzilishini  o‘rganish. 
Bargning orqa tomonidagi chu?urchalarga joylashgan og‘izcha va tukchalarni 
toping.  
Topshiriq:  Dorzoventral,  izolateral  va  radial  barglarda  to‘g‘imalarning  joylanishini  rasmini 
chizib, qismlarini nomlarini yozing.  
 
Laboratoriya mashg‘ulot – 11 
Mavzu: “O‘tli o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi” 
1. Darsning maqsadi: 
 
Gulli  o‘simliklarning  har  qanday  poyasi  uchidagi  kurtak  bilan  o‘sadi.  Kurtakning 
uchida  o‘sish  nuqtasi  yoki  konus  bo‘ladi.  O‘sish  konusining  birlamchi  meristemasidan  hosil 
bo‘lgan  hujayralar  poyaning  birlamchi  tuzilishini  hosil  qiladi.  Bir  pallali  o‘simliklar  poyasi 
tashqi  tomondan  epidermis  bilan  qoplangan.  Epidermis  ostida  bir  necha  qavat  mexanik 
to‘g‘ima  –  sklerenxima,  sklerenxima  ostida  asosiy  parenxima  joylashgan.  Asosiy  parenxima 
hujayralarining oralarida yopiq tolali nay bog‘lamlari bo‘lib, ular tartibsiz joylashgan.  


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə