Yer tuzishning ilmiy asoslari


səhifə26/85
tarix11.04.2023
ölçüsü
#105040
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   85
Yer tuzishning imiy asoslari. Avazbayev S

Nazorat savollari
1. Y er xalq h a y o ti va fao liliy ati aso sid ir d egan ib oraga q a n d a y m a 'n o y u k la tilg a n ?
2. Y er to ifa la ri n im a ?
3. Y er fo n d in i k im b o sh q a ra d i?
4. Y erd an o q ilo n a fo y d a la n ish n im a ? U q a n d a y a m alg a o sh irila d i?
5. Y erni m u h o fa z a q ilish d e g a n d a n im a tu sh u n ila d i?
6. Q a n d a y q ilib y e r tu z is h y e rd a n o q ilo n a fo y d a la n ish g a y o rd am beradi?
7. «Y er egaligi» va « y e rd a n foydalanish» tu s h u n c h a la r i q a n d a y m a ’n o la rg a ega?
8. Y er eg alik lari va y e rd a n fo y d a la n ish la rn i k lassifik atsiy alash q a n d a y b elgilar 
b o 'y ic h a o 'tk a z ila d i?
9. Q ish lo q x b ‘jalig ig a m o ‘lja lla n g a n y erla r ta rk ib ig a n im a la r k irad i?
10. Y er islo h o ti n a tija s id a y er eg a lik lari va y erd a n fo y d a la n ish la rn in g q a n d a y
y an g i s h a k lla ri p ay d o b o 'ld i?
11 N o q ish lo q x o 'ja lik m a q sad iarig a m o 'lja lla n g a n y erla r ta rk ib ig a n im a la r kiradi?
12. D a v la t q a n d a y q ilib y e r e g a lik la ri va y e rd a n f o y d a la n is h la r tiz im in in g
riv o jla n ish in i ta rtib g a so la d i?


V bob
YER T U Z IS H N IN G TARIXIY TA JRIBA Si
I. 
Yer tuzish sistem asi paydo bo‘lishuiing obyektiv sabablari va
sharoitlari, ailing ijtimoiy tabiati,
Ijtimoiy tashkilotlam ing h ar bir turiga, ishlab chiqarish kuch- 
larining rivojlanish darajasiga, yerga va boshqa ishlab chiqarish 
vositalariga bo'lgan asosiy mulkchilik shaklidan kelib chiqadigan, o'z 
navbatida yer tuzishning o'ziga xos m azm uni va shaklini keltirib 
chiqaradigan m a’lum yer m unosabatlari mos keladi. Yer tuzish 
tarixini o'rganish uning tabiatini, rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi 
tushunish va shunga asosan uni hozirgi sharoitda takomillashtirishning 
samarali yo'llarini topish imkonini beradi.
Yer tabiiy asos, ishlab chiqarish jarayonining birinchi moddiy 
zarurati va sharti hisoblanadi. Shuning uchun insoniyat jam iyati 
cvolyutsiyasining barcha tarixiy bosqichlarida yerning (hududning) 
va har xil ishlab chiqarish vositalarining bir-biriariga mosligini va 
birlashtirilishini u yoki bu darajada ta ’minlash kerak bo'ldi.
Ibtidoiy jam oada bu birlashish va moslashish nisbatan tasodifiy 
xarakterga ega b o iib , yerdan har xil m aqsadlar uchun foydalanish 
doiralarini chegaralashdan iborat bo'ldi. Odam lar kichik guruhlarga 
bo'linib, asosan oziq-ovqatlarni yig'ish va jam oa bilan oddiy qurollar 
yordamida ov qilish hisobiga yashar edilar. Qator vaziyatlarda ayrim 
guruhlar orasida to'qnashuvlar sodir bo'lib turardi, sababi, ko'p 
sonli odam lar cheklangan hududlarda o'zlarini oziq-ovqat bilan 
ta ’minlay olmas edi; bu yangi yerlarni o'zlashtirishni talab qiladi. 
Ishlab chiqarish vositalariga ishlab chiqarish kuchlarining primitiv 
xarakteriga mos, jam o a m ulkchiligi hukm ron edi. Ish qurollari 
shunchalik kam rivojlangan ediki, yakka holda yirtqich hayvonlar va 
tabiat kuchlari bilan kurashish imkoniyati yo'q edi; bundan jam oa 
mehnatiga, yerga va boshqa ishlab chiqarish vositalariga hamda mehnat 
mahsulotlariga um um iy mulkchilik zarurati kelib chiqdi.
Ayrim oilalar, ja m o a la r va su lo lalar m ulkchiligining paydo 
bo'lishi, m ehnatning podachilik va dehqonchilik urug'lari orasida 
taq sim lan ishin in g rivojlanishi bilan yerlarni chegaralash, ya’ni
55


foydalaniladigan hud u d lar chegaralarini belgilash zarurati kelib 
chiqdi. Buning u ch u n , a w a lo , tabiiy chegaralardan (daryolar, 
к о 'liar, yer turlari chegaralari, jarliklar va boshqa relyefning elem ent- 
lari), keyinchalik chegaralarda o ‘rnatiladigan maxsus ishlangan 
belgilardan (toshlar, ustunlar va boshqalar) foydalanildi. M asalan, 
sharqiy slavyanlar, asosan, daryolar va k o ila r qirg‘oqlaridagi tarqoq, 
mustahkamlangan shaharlarda kichik guruhlar bo‘lib yashardilar, Aholi 
yashash joylari atrofidagi yerlar um um iy hisoblanib, ayrim shaxslar 
va oilalar orasida q u r‘a tashlash yordam ida taqsim lanar edi. Bizning 
eram izning birinchi asrlaridayoq ularda daialar va o ‘tloqlar chegara- 
lariga q o ‘yiladigan yer mulkchiligi belgilari bor edi.
Xususiy m ulkchilik instituti paydo b o ‘la boshlashi, davlat tash- 
kiloti rivojlanishi, dehqonchilikning intensivlashishi, yerning, boshqa 
ishlab chiqarish vositalarining va tirik m ehnatnm g birlashtirilishi va 
b ir-b irlarig a m oslashtirilishi odam larn in g yerdan foydalanishni 
m aqsadli tashkil etish b o ‘yicha ongli faoliyatining bir turiga aylanadi. 
Bu faoliyat, boshlanishida yer o ‘lchash ishlari yoki chcgaralash 
deb ataldi, vaqt o ‘tishi bilan u hozir yer tuzish deb ataladigan 
jarayonga aylandi.
Y er o ‘lch ash ishlari z aru rati ju d a qadim d an paydo b o ‘lai. 
H indiston, M isr, Gretsiya, Yaqin Sharq xalqlari bizning eram izdan 
k o ‘p asrlar oldin ham yer massivlarini qismlarga b o ‘lishgan, yerning 
q at’iy hisobini olib borishgan, kanallarni qurish, inshootlarni tiklash 
m aqsadida h ar xil o ‘lchashlarni amalga oshirganlar, yerlarni chega­
ralash va o ‘lchash ishlarini bajarganlar, haqqoniyroq soliqqa tortish 
maqsadida uning sifatini hisobga olganlar. Masalan, Gerodot o ‘z fuqa- 
rolari orasida yerni teng kvadrat uchastkalarga b o ‘lib taqsim lagan va 
ularga har yili yer solig'ini to ‘lash majburiyatini belgilagan Misr 
shohi Sesostrisni (bizning eram izgacha XIX asr) ta ’riflagan. Agar 
yerlarni Nil daryosi suvlari yuvib ketsa, u yillik soliq m iqdorini 
kamaytirish m aqsadida zarar m iqdorini aniqlash uchun odam larni 
jo ‘natardi. G erodot fikricha, o ‘sha vaqtda yer o ’lchash m ahorati 
yaratilgan edi, keyinchalik u Elladaga olib o ‘tildi.
Qadimgi Rimda yerga b o ig a n mulkchilik huquqini mustahkamlash 
m aq sad id a yerlarni y o zm a t a ’riflash o ‘tkazildi, bu ish larn in g
boshlanishini shoh Serviy Tulliga bog‘lashadi (bizning eram izgacha 
VI asr). B uning u ch u n m axsus reestrlar yuritilar edi; ularga yer
56


uchastkalarining m aydonlari, ishlov berish usuli, ularning sifati va 
daromadliligi to ‘g‘risida m aiu m o tlar yozilardi. Bronzadagi jadvallarga 
yer egaliklari planlari, nom lari, chegaralari va m aydonlari tushirilar, 
xo'jalikning o ‘zi va yerlari sifati to ‘g ‘risida m a iu m o tla r berilardi. 
Yerlardan foydalanishni va yer egaliklarini tashkil etishni hisobga 
olishning ko'rsatilgan tam oyillari keyinchalik Rim imperiyasining 
hamma chekkalariga tarqaldi. Masalan, Galliyada yerlarni hisobga olish, 
bosib olinganidan keyin darrov Yuliy Sezar davridayoq (bizning 
eram izgacha 100 - 44 yillar) o ik azilg an edi. Sezarning izdoshi 
Oktavian Avgust (bizning eram izgacha 63 - 14 y.) yerlarning yozma 
tavsiflni, kartasini tuzish va sifatini aniqlash bilan aniq hisoblashni 
joriy etdi, bu pul va m ahsulot shaklida to ia n a d ig an yer solig in i ikki 
baravar ko'paytirish im konini berdi.
O 'rta asrlardagi Yevropada yer tuzum ining asosini feodallaming 
(dvoryanlar, din arboblari va boshqalar) yerga mulkchiJigi va, asosan, 
meros xarakteriga ega dehqonlarning ajratilgan yerdan foydalanish- 
lari tashkil etar edi. Y erdan foydalanish uchun dehqonlar ishlab 
berish (barshina), m ahsulot (obrok) va pul rentalarini to ia s h a r 
edi. Davlat feodallaming yerga b o ig a n mutloq mulkchilik huquqlarini 
him oya qilar va uning m ustahkam lanishiga norozilik chiqishlarini 
avovsiz bostirib, h ar tom onlam a yordam qilar edi. Tarixdan Fran- 
siyadagi Jakeriya (XIV asr), Angliyada U ot Tayler q o ‘zg oioni (XIV 
asr oxiri), G erm aniyada Tom as M yuntsern boshchiligidagi (XVI 
asr), Rossiyada Stepan Razin (XVII asr) va Yemelyan Pugachev 
(X V III asr) boshchiligidagi dehqonlar urushlari yaxshi m a iu m . 
Juda katta miqyosdagi dehqonlar q o ‘zg‘oloni Xitoyda butun o ‘rta 
asrlarda b o iib turdi. M asalan, taypinlar qo ‘zg‘oloni (XIX asr) ko‘p 
million!!' aholini qamrab oldi; dehqonlar yerdan va boshqa mulklardan 
foydalanishda tenglik e ’lon qildilar. Bu chiqishlarda oldinga surilgan 
um um iy talab yerning adolatli taqsimlanishi, yerdan erkin foyda­
lanish va unga egalik qilish b o id i.
O 'rta asrlardayoq yer tuzish davlat maqomiga ega edi va birinchi 
navbatda yerlarning hisobi (kadastri) bilan ularni yer egalari orasida 
b o iish va chegaralarni belgilash (yer mulki chegaralarini belgilash va 
mustahkamJash) bilan bogiiq b o id i. G ‘arbiy Yevropadagi o ‘rta asrlar 
kadastriga, xususan, franklar qiroli Buyuk Karl (742 - 814 yillar)


yer hisobi, Vilgelm zabt etuvchi (1066- 1087-yillar) zam onlaridagi 
yerlarning maydoni va sifati to ‘g‘risida to ‘la m a’lumotlarga ega ingliz 
«D ahshatli sud kitobi», im p erato r Fridrix lin in g (1194-1250 yil- 
lar) Sitsiliya k adastri, K olabriya kadastri (1327-y.), B randen- 
burgskiy K urfyurshestvasining yer b o ‘yicha kitobi (1375-y) va 
boshqalar kiradi.
Kapitalizm rivojlanishi bilan yer tuzish ishlari doim iy xarakterga 
ega b o ‘la boshladi va nafaqat yer mulkchiligi huquqlarini m ustah­
kamlashga, balki dehqonchilikning ilg‘or tizim larini, yangi yuqori 
unum li m ashinalar va m exanizm larni qo ‘llash m aqsadida yirik tovar 
xo‘jaliklarida yerdan foydalanishni tashkil etishga qaratilgan edi.
H ar xil ijtimoiy - iqtisodiy formatsiyalarda va davlatlarda yer 
tuzishning paydo b o ‘lishi va rivojlanishining obyektiv sabablarini, 
sharoitlarini tahlil etib, quyidagi xulosalarni chiqarish mum kin.
Yerdan foydalanish jarayonida odam lar yerlarga egalik qilish va 
ulardan foydalanish bilan bog'liq m a’lum m unosabatlarga kiradilar; 
ularning asosini yerga b o ‘lgan m ulkchilik tashkil etadi. M a’lum yer 
m unosabatlari va ularni tartibga solishni mos tashkil etish bilan 
tavsiflanuvchi jam iyat va davlat qurilishi tizimi jam iyatning yer tu - 
zum ini belgilaydi. Davlat yer tuzum iga u yoki bu darajada ta ’sir 
etib, har xil huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy choralar yordam ida amalga 
oshiriladigan yer siyosatini ojib boradi. H uquqiy choralar ham m a 
vaqt ham m ajburiyat va majburlash elem entlaridan iborat bo'ladi. 
U la r yer m u n o sab atlarin i yer q o n u n ch ilig i, sud va m a ’m uriy 
huquqlar asosida tartibga solishadi,
Iqtisodiy choralar yer m unosabatlarinm g soliqqa tortish, kredit- 
lash, m aqsadli m oliyalash, subsidiyalash, yerdan foydalanishni 
rejalash asosida rivojlanishiga yordam beradi.
Tashkiliy choralar yer m unosabatlarining nvojlanishini har xil 
shirkatlarni, o ‘rtoqliklarni tuzish, m alakali kadrlarni tayyorlash, 
moddiy - texnik ta ’m inotga, transportga yordam ko'rsatish, yangi 
yerlar o ‘zlashtirilayotgan tum anlarga aholini ko‘chirishga ko‘m ak- 
lashish bilan ta ’minlaydi.
Davlatning yer siyosati qonun chiqaruvchi va ijrochi hokimiyatlar 
organlari, sud, moliya, bank organlari, har xil qo'm italar tom onidan 
amalga oshirilishi mumkin. Biroq ularning iqtisodiy va ijtimoiy hayot
58


sohasidagi ko ‘plab boshqa tashqi va ichki siyosatni amalga oshirish 
bilan bog'liq vazifalari b o ‘lganligi sababli, birinchi navbatda yer 
siyosati m asalalari bilan shug‘ullanadigan maxsus yer tuzish organ- 
iarini tashkil etishning obyektiv zarurati tug'iladi. U lar faoliyatining 
maqsadi yerdan foydalanishda m a’lum tartibni ta ’minlash, yerga 
bo'lgan m ulkchilik huquqini m ustahkam lash va him oya qilish
mulkchilik huquqining bir idoradan (muassasa, tashkilot) boshqasiga 
o ‘tishini yengillashtirish; zarurat tug‘ilganda yerlarni soliqqa tortish 
va rcntasini olish tartibini belgilash; yerdan xo'jalik nuqtayi riazaridan 
maqsadga mos foydalanishni tashkil etishdir. Shuning uchun yer 
tuzish organlariga, odatda, yer kadastrini yuritish, yerlarni berish 
va qaytarib olish, yer tortishuvlarini yechish, xo'jaliklar hududini 
ichki tashkil etish, yerdan foydalanish va yer qonunlarining amalga 
oshirilishi ustidan nazorat va ularni rejalashtirish vazifalari yuklanadi.
D a v la t va h u q u q n u q ta y i n a z a r id a n y e r tu z is h y e r 
m u n o sa b a tla rin i tex n ik va h u q u q iy rasm iy la sh tirish , y erd an
foydalanish (yerga egalik qilish) huquqini belgilash, ta ’m inlash va 
himoya qilish, yerdan foydalanishni maqsadli tartibga solish bo'yicha 
davlat organlarining faoliyatidan iborat bo'ladi. Boshqacha aytganda, 
yer tuzish bu qonun bilan belgilangan, davlatning yer siyosatini 
amalga oshirishga qaratilgan jarayondir. Shuning uchun u m a’lum 
m a'noda uning yordamida davSat yer munosabatlarini o 'z manfaatlari 
yo'lida tartibga soladigan qurol (o'lchash tizimlari) sifatida xizmat 
qiladi.
Yer tuzishning davlat m aqom i huquqiy, texnik va iqtisodiy to - 
monlarga ega, mos yer tuzish jarayoni va yer tuzish ishlarini yuri- 
tishni belgilaydi. Bu jarayonning huquqiy tom oni yer tuzish ishini 
qo'zg'ash, bajarish, tasdiqlash va uning harakati tartibini belgilaydi; 
texnik tom oni - hujjatlam i tuzish tartibini, rasmiylashtirish, berish 
va ularning m azm unini; iqtisodiy - loyihaning m azm uni va asos- 
lanishini, yer tuzish ishlarini tashkil etish va texnologiyasini, ularni 
moliyalashni, qiymatini belgilaydi.
D avlatning yer siyosati yer tuzish organlari davlat boshqaruv 
organlari tarkibida bo'lsa va birgalikda harakat qilsa yoki davlat nomidan 
mos vakolatlarga ega bo'lsagina samarali amalga oshiriladi. Shu bilan, 
ayrim vaziyatlarda yer tuzish organlari tom onidan amalga oshiriladigan 
standart huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy choralar yetarlik bo'lmasligi
59


va davlat agrar o ‘zgarishlarni, yer islohotlarini, natsionalizatsiyani 
amalga oshirib, o ‘z q o lig a bevosita yer fondini tasarruf etishni olishi 
ho llari izo h lan ad i. F eo d alizm d an kapitalizm ga o ‘tishda ayrim 
m am lakatlarda yer tuzish yordam ida mayda ishlab chiqaruvchilarni 
yerdan ajratish siyosati olib borildi. Masalan, Angliyada yerlarni o‘rash 
(chegaralash) jarayonida (XV - XVII a.) ulardan dehqonlar haydab 
chiqarildi, yerlar kapitalistik qishloq xo'jaligini yuritish uchun yirik 
yer egaliklanga bo ‘lindi. Germ aniyada XVI - X V II1 asrlarda yer tuzish 
yordam ida pom eshchik yer egaliklari m ustahkam landi; dehqonlarga 
faqat mayda uchastkalar qoldirildi. Rossiya hukum ati ham 1861 va 
19Q6-yil!ardagi islohotlar vaqtida ko‘p jih atd an shunga o ‘xshash 
harakatlar qildi.
Shunday qilib, h ar qanday ijtimoiy - iqtisodiy formatsiyalarda 
yer nafaqat tabiiy resurs va ishlab chiqarishning moddiy-texnik omili, 
balki ijtimoiy - iqtisodiy aloqalar obyekti sifatida taqsim lanadi va 
tashkil etilaai, bu albatta, ushbu jarayonga m a lu m siyosiy mazm un 
beradi.
Shu bilan bir bir qatorda, yer tuzishni faqat davlat faoliyati 
bilan bog‘lash kerak emas; bu qator sabablar bilan izohlanadi.
B irinchidan, yer fondini boshqarish va yer siyosatini amalga 
oshirish sonasidagi davlatning faollik darajasi qanday bo ‘lishidan qat’iy 
nazar, yer egaliklari va yerdan foydalanishiar ham m a vaqt ishlab 
chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish m unosabatlari evolyutsiyasi 
bilan bog'liq rivojlanishning ichki manfaatdorliklariga ega b o ‘lishadi; 
ular nafaqat davlat organlari ko‘rsatmalariga amal qilishadi, balki 
o ‘zlari tashkil etiladi.
Ikkinchidan, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarda bozor 
k o n ‘yukturasini hisobga olish va xo‘jalik samaradorligini oshirish 
m aqsadida yerlarini yirik, ixcham , qulay shakldagi massivlarga 
aylantirish, transformatsiya, melioratsiya va yerlarni yaxshilash bilan 
b o g iiq shaxsiy iqtisodiy manfaatlari bo'ladi. Masalan, Angliyada don 
qonunlarini qabul qilish davrida (XVIII asr oxiri - XIX asr boshi) 
dehqonlar doim o yer turlari tarkibini o'zgartirib turishga majbur 
bo'ldilar. Donning past va go'shtning yuqori bahosi ko'plab haydalma 
yerlarning yaylovlarga aylanishiga olib keldi, Angliyada sanoatning 
rivojlanishi va aholining o'sishi sababli don narxining ko'tarilishi 
natijasida yangidan yaratilgan yaylovlar yana don ekish uchun haydaldi.
60


iJchinchidan, yer tuzish hududni m a iu m darajada tashkil etish 
va qabul qilingan dehqonchilik tizim lari bilan bog'liq; ularning 
o'zgarishi yer tizimi va unga mos davlat siyosati o ‘zgarmasa ham yer 
tuzish faoliyati tavsifini o ’zgartiradi.
Demak, dehqonchilikriing partov (bo‘z yer) tizim idan go‘ng - 
b o ‘sh shudgor tizim iga o 'tis h i yerlar tark ib in in g o'zgarishiga, 
haydalm a yerlar nisbati o ‘sishiga, ularning aholi yashash joylariga 
yaqinlashtirilishiga olib keldi. H ar xil dehqonchilik tizim landan foy­
dalanish hududni albatta qayta tuzishni - ko‘p dalali almashlab ekish- 
larni joriy etishni, yangi dalalarni, sug'orish (ishchi) uchastkalarini 
joylashtirishni, yerlarni transform atsiyalashni talab etadi. Tuproq 
eroziyasi keng tarqalgan m intaqalarda dehqonchilikning tuproqni 
him oya qilishga qaratilgan tizim ini o'zlashtirish hududni kontuili - 
meliorativ yoki konturli - polosali tashkil etish yordamida ta ’minlandi. 
Boshqacha aytganda, xo‘jalikning har bir tizimiga obyektiv holda 
ishlab chiqarishni m a’lum hududiy tashkil etish mos keladi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə