X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə14/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

IMKOnIyat CHEgARASInI


Biz doimo miyamizga suyanishimiz mumkin. Agar u yaxshi holatda bo‘lsa, unda organizmi- miz ham o‘zini o‘zi nazorat qilishga qodir bo‘ladi. Chunki sog‘lom aql nimani va qancha ishlashni, qachon va qaysi vaqt davomida bir joydan ikkinchisiga ko‘chish, harakat qilish lozimligini aniqlab beradi.
Doimiy harakatlarsiz hech narsani o‘r- ganib bo‘lmaydi. Go‘dak gavdasining hola- tini o‘zgartirganida har gal o‘z harakati- ni muvofiqlashtirishni o‘rganib boradi va bu bilan miyasini boyitadi. Bu muhim jarayonning o‘tkazilmasligi, bajarilmas- ligi bola ish qobiliyatining cheklanishiga olib keladi.
Aksincha, shakllanib ulgurgan yashash tarti- bingizga mos keluvchi jismoniy faoliyat tu- rini tanlang. Agar siz bunga ko‘nikmagan bo‘l- sangiz, balki haddan tashqari ko‘p yurish kerak emasdir. Hech qanday mashqlar, boz
ustiga og‘ir alpinizm
bilan shug‘ullanishni rejalashtirmang. Kat-
ta shaharlar chetidagi sayrlar va kichik sayo- hatlar bemalol ularning o‘rnini bosa oladi.
Sport og‘irliklarini o‘yinlar bilan al- mashtirishga harakat qiling. Shunday odamlar borki, ular raqs bilan muntazam shug‘ullanar ekanlar, ayniqsa, tajribali sheriklari bo‘lsa, bellari va tizzalaridagi og‘riqlarini unutadilar. Bunda ular ijo- biy tuyg‘ularni o‘zlariga singdirib oladi.
Sport bilan shug‘ullanish uchun ham o‘z im- koniyatlariga mos keladigan turini tanlash zarur, yaxshisi kamroq, ammo muntazam ra- vishda shug‘ullanish maʼqulroqdir. Agar sport maydonchasiga bir oyda faqat bir martagi- na borsangiz, unda bu ko‘pchilik holatlarda mushaklarda og‘riqlarni keltirib chiqaradi. Kundalik (juda bo‘lmaganda haftada 3-4 mar- ta qilinadigan) jismoniy tarbiya mashqlari (gimnastika) harakatchanlikni qaytaradi va mushaklarni mustahkamlaydi. Bundan tashqa- ri, bu harakatlaringiz bilan siz organizm- ning katta og‘irliklarga chidashi uchun ham asos solgan bo‘lasiz: unda taʼtil paytida li- jada, velosipedda uchish, raqs kechalariga bo- rish yoki o‘zaro huzur bag‘ishlab, vaqtni boshqa- cha o‘tkazish mumkin bo‘ladi.



Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə