X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r


KAyFIyat – yaRIM MUVAFFAqIyat



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə11/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

KAyFIyat – yaRIM MUVAFFAqIyat


Xohish va kayfiyatsiz hech qanday hayot bo‘lishi mumkin emas. Agar yelkangizga turli xil tashvishlar yuklangan va sizni g‘am-anduh ezayotgan bo‘lsa, fikr- laringiz shu yagona tashvishingiz atrofida aylanaveradi.
Agar xafa bo‘lsangiz, jahlingiz chiqayotgan bo‘lsa yoki stress holatini boshdan kechirayot- gan bo‘lsangiz, bu xotirangizni to‘sib qo‘yi- shi mumkin. Bunday holatda siz biror bir dono, mulohazali fikr va ehtiyotkorlik bi- lan o‘ylab qilinadigan ishga qodir emassiz. G‘am-tashvish va muammolar sizning ongin- gizni falaj qilib qo‘yadi. Fikrlaringizni tartibga keltirib olganingizdan keyingina o‘z maqsadlaringizni asoslab berishingiz mumkin. Shunda sizga ijobiy, quvonchli tuy- g‘ular qanot beradi va ruhiy holatingiz yax- shilanadi. Siz maksimal ishlayverishingiz mumkin bo‘ladi va mehnat qobiliyatingiz yana asliga qaytadi.


O‘zIngIznI qAnDAy tUtASIz


O‘zni tutishni asoslash uchun miya sizning harakatlaringizga qanday javob qilayotganligini bilish muhimdir.
Asoslash qaror qabullash uchun taalluqli bo‘lganidek, rag‘bat ham bo‘lishi mumkin. Bal- ki siz o‘z tuyg‘ularingizni tartibga solish- ning yo‘lini allaqachon topgandirsiz. Bu bo- rada har bir kishining o‘z usuli bor. Ayrim odamlar taʼtil paytida o‘tgan ajoyib dam- larni eslaydi va buning uchun o‘zlariga suh- batdosh izlaydi. Boshqalar bog‘da sayr qiladi yoki o‘nqir-cho‘nqir joylar bo‘ylab lo‘killab cho- pishni afzal biladi. Kimdir qiziqarli ki-
tobni o‘qish bilan cheklanadi. His-tuyg‘ularni tartibga solish uchun hamma huzur baxsh etuvchi harakatlarni amalga oshiradi. Yakkama-yakka uchrashish uchun mehmonga taklif qilish va mu- loqotdan olinadigan quvonchni oldindan se- zish – uchrashuv paytidagi ajoyib feʼl-atvor uchun asos bo‘ladi.
Pianinochi Artur Rubinshteyndan 80 yoshi- da u qanday qilib katta-katta konsertlar berishning uddasidan chiqayotganligini so‘rashganida, u dastavval o‘zini kichik-ki- chik parchalar bilan chegaralagan, keyin esa bundan murakkabroq qismlarga – sekin ijrodan tez chalishga o‘tishini aytgan edi.
Eng avvalo, umidsizlikka berilmang. His-hayajonlaringizni ijobiylariga al- mashtirishga harakat qiling. Jonga tegadi- gan ishni nihoyat qilib bo‘lgandek tasavvur qiling. Siz yana baxtli, mamnun, quvnoq va yangi ishga katta ilhom, qiziqish bilan ki- rishishingiz haqida o‘ylang. Shu tarzda qi- ziqarli bo‘lmagan yumush bilan xayrlashish va uning tez bajarilishini rag‘batlanti- rish mumkin.



Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə