X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə13/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

ASAbnI ASRAng


Faollik, asabi taranglik, stress va asab- larni yumshatish bir-biri bilan maʼlum bir aloqadagi holatlardir. Asablar tarangligi- da foyda keltiruvchi bo‘shashtirishning sa- noqsiz usullari bor. Autogen mashqlar, suv muolajalari, suzish, o‘nqir-cho‘nqir yo‘llar bo‘ylab yugurish va hokazo.
turli xil usullarni ko‘rib chiqqan holda ular orasidan o‘zingizga mos keladiganini tanlang. Bunda, albatta, qabul qilish, xotira va stressning turlarini eʼtiborga olish lo- zim. Oldingi mashqlarga murojaat qiling.
Qabul qilishning vizual turiga mansub odamlar bo‘shashish uchun qulay muhitni iz- laydi. Bunga zarurat tug‘ilganda nigohin- gizni derazangiz ortidagi manzaralarga, devorlarning chiroyli ranglariga, xonaning manzarali bezaklariga qarating. Auditiv qabul qilish turiga mansub odamlar bunday hollarda yo mutlaqo jimlik bo‘lishini, yo te- gishli musiqa chalinib turilishini talab etadilar. Hid bilish hissini ham hisobdan chiqarib qo‘ymaslik lozim.
Agar siz keksa yoshda bo‘lsangiz, bilib qo‘- yingki, sizning maʼnaviy-ruhiy qobiliyat- laringiz, xuddi tanangizdek, haliyam yaxshi holatini saqlab qolishi mumkin.
Stressning oldini faqat bo‘shashish bi- langina emas, balki harakat bilan ham olish mumkin. Bunda sport bilan shug‘ullanish, shuningdek, raqslar, suzish, ashula aytish, ertalab yugurish, velosiped haydash, sayohat- lar, sayrlar, bog‘da yengil ish qilish yoki uyda tozalash ishlarini o‘tkazish nazarda tutil- yapti. Agar asablar tarangligini bo‘shatish mashqlari bilan uyda shug‘ullanayotgan bo‘l- sangiz, buning uchun kerak bo‘lgan sharoit- larni yaratish uncha murakkab ish emas. Sport zallariga qatnash esa ancha mushkulroqdir.
Asablar tarangligini bo‘shashtirish usu- lini tanlab, siz darhol stressni uzil-ke-
sil bartaraf eta olmaysiz, lekin qobiliya- tingizni ishga solib, uni yechish uchun ko‘plab imkoniyatlar topasiz.


StRESSnIng OlDInI OlISH MUMKIn


Mutaxassislarning taʼkid- lashlaricha, stress hatto o‘limga olib kelishi ham mumkin. U yoq- magan ishni bajarish, tiklab bo‘lmaydigan oilaviy muammo- lar, hamkasblar yoki rahbar bi- lan nizoli munosabatlar yoxud hayotiy yo‘qotishlar oqibati bo‘- lishi mumkin.
Hech qachon miyaga ortiqcha og‘irlik bera ko‘r- mang. Stress miyani haddan ziyod darajada ishlashga majbur qilolmaydi. Fikr yuritil- ganida uning ishlash qobiliyati tiklanadi. Salbiy stress oilaviy turmushni yo‘lga qo‘- yish qiyin bo‘layotganida yuzaga kelishi mum- kin. Qo‘rquv, shoshqaloqlik, ruhiyatga bosim o‘tkazish va hayotning hamma sohalarida mu- vaffaqiyatsizliklarni kutish organizmdagi stress gormonlarining faollashuviga olib keladi. Ular odamni eng yuqori mehnat unum- dorligiga erishishga daʼvat etadi va shu bi- lan bir vaqtda uning faol fikrlash jara- yonlariga to‘sqinlik qiladi. Stress imtihon paytida yoki suhbat davomida kelib chiqqan
nizo vaqtida ongni hech bir mubolag‘asiz fa- laj qilib qo‘yadi. U chidab bo‘lmas darajada bo‘lganida xotira ishdan chiqadi. Imtihon paytida yoki suhbat davomida kelib chiqqan nizo va uzluksiz, tanaffuslarsiz ishlash ham stressga olib keladi.
Hamisha diqqatingizni jamlang, qila- yotgan ishingiz sizni qoniqtirayotgan bo‘lsa ham, agar har 90 daqiqada tanaffus qilma- sangiz stress holatiga tushib qolishingiz mumkin. Kuchlanishdan keyin miyaning ijo- diy qobiliyatini qayta yangilash uchun doimo yumshatish jarayoni kyelishi lozim.
Vaqtni o‘g‘irlash ham stressga olib keluvchi bir sabab. telefondagi so‘zlashuvlar bilan bekorchi gaplarga o‘ralashib qolmayapsizmi? Har xil yig‘ilishlarda istiqbolsiz muho- kamalarga ko‘p vaqt yo‘qotmayapsizmi? Bun- day holat yuz bergan vaqtda stress shakllana boshlaydi.
Ko‘pincha bo‘sh vaqtlarda sevimli yumush bilan shug‘ullanish, bayram tadbirlarini tayyorlash, yorqin tomoshalarni ko‘rish, sayo- hat davridagi yangi tasavvurlar stressning oldini oladi. Hatto maroqli kitob o‘qish ham bunga sabab bo‘lishi mumkin.
Amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlaringizni shunday rejalashtirishga harakat qilingki, toki stressga o‘rin qoldirmang. Haddan ziyod faollik ham zarar. Buning natijasida siz uyqungizni yo‘qotib qo‘yasiz, dam olish nima ekanligini butkul unutasiz, chunki butun tun davomida ishingizning tafsilotlari haqi-
da o‘ylaysiz. Shunday ekan, stressga tushmas- lik uchun vaqtni to‘g‘ri tanlay biling.



Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə