Xalq ta’limi vazirligi s amarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi sattarova Adashoy Amonovna



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə13/19
tarix24.01.2022
ölçüsü1,57 Mb.
#83101
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Adashoy

2-guruhga

Tarqatma №2

Bola intellekti rivojlanishi nazariyasi

Bu nazariyani shveytsariyalik psixolog Jan Piaje (1896-1980) ishlab chiqqan. Bu nazariya bolalar intellekti rivojlanishini tushunish uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Unga ko‘ra bolalar fikrlashining ko‘p xususiyatlari ochib berildi. Unga ko‘ra bolalar fikrlashining ko‘p xususiyatlari ochib berildi. Bular: egotsentrizm – boshqa odamning nuqtai nazariga o‘ta olmaslik, sinkretizm – har turli hodisalarni yetarli ichki asos bo‘lmagani holda o‘zaro bog‘lashga moyillik hosil bo‘ladigan tafakkur turi; transduktsiya – mantiqiy fikrlashning xususiyati bo‘lib, bunda xususiydan xususiyga tomon, umumiylikni chetlagan holda o‘tish amalga oshiriladi; artifitsializm – olamni go‘yo odam qo‘li bilan yaratilgan, sun’iy deb idrok qilish; animizm – olamni jonli deb hisoblash, ziddiyatlarni sezmaslik.

Bola psixikasi rivojlanishining to‘rtta bosqichi nazariyasini ishlab chiqdi. Bular quyidagi bosqichlar:


  1. Sensomotor bosqich (tug‘ilgandan 2 yoshga to‘lguncha) – jismoniy his-tuyg‘ular: teri sezgisi, ochlik, og‘riq, shovqin, yorug‘lik va boshqalarga munosabat shakllanadi.

  2. Faoliyatgacha bosqich (2-7 yosh) - bola o‘ziga atrofdagilar ko‘zi bilan qaraydi. Bunda ijobiy muhitning ahamiyati katta. Bola o‘ziga ijobiy baho berishi yaxshi rivojlanishga, past baho berishi, aksincha natijaga olib keladi.

  3. Aniq faoliyat bosqichi (7-11 yosh) – faktlarni qiyoslash, ob’ektiv aqliy xulosalar chiqarish, atrofdagilarning tan olishiga erishish va bolalarcha egotsentrizmdan xalos bo‘lish, mavjud me’yor va qoidalarni o‘zlashtirish bosqichi.

  4. Rasmiy faoliyat bosqichi (11-15 yosh) – mustaqil fikrlashga intilish bilan hayotiy qadriyatlarni qayta baholash, shaxsiy e’tiqodlar, qadriyatlarga munosabat, umidlar, kelgusi yo‘lni tanlash. Biror ma’naviy qahramon yoki faoliyat sohasiga e’tibor va qiziqishlarning yo‘nalganligi, axborotlarni jadal ko‘pincha aralashiga, ba’zan tanlab, to‘plash bosqichi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchining rivojlanish darajasiga mos va uning mantiqiy, aqliy va shaxsiy o‘sishiga yordam beruvchi mashg‘ulotlarni rejalashtirish zarur.


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə