Xalq ta’limi vazirligi s amarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi sattarova Adashoy Amonovna



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə12/19
tarix24.01.2022
ölçüsü1,57 Mb.
#83101
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Adashoy

1-guruhga

Tarqatma №1

Konstruktivizm nazariyasi

Bu nazariyani amerikalik pedagog Djon Dyui (1859-1962) ishlab chiqqan. Jan Piaje shu yo‘nalishda ishlar olib borgan.

So‘nggi 30 yil davomida konstruktivizm pedagogikada nazariy hamda amaliy yo‘nalish sifatida ommalashdi. Unga ko‘ra ta’lim o‘quvchining fikrlash faoliyati yordamida bilim yaratiladigan jarayon hisoblanadi.

Ta’lim odamlar o‘z tajribasi asosida bilimlarni yaratadigan faol jarayon. Odamlar g‘oyalarni tayyor holda olmaydilar, ularni yaratadilar. Bu g‘oya Jan Piajening konstruktivistik nazariyalariga asoslangan. Unga ko‘ra “bola o‘z intellektining me’mori”. Shunday qilib, o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘qishiga yordamlashuvchi rahbar bo‘lib qoladi.

Dj.Dyui nazariyasiga ko‘ra, bolaning bilish faolligi, qiziquvchanligi, uning to‘liq aqliy rivojlanishi va ta’lim olishi uchun batamom yetarli deb hisoblanadi. Ta’lim jarayoni, asosan, bolaning mustaqil ta’lim olish va mustaqil takomillashuv ko‘nikmalari rivojlanadigan mehnat va o‘yin faoliyati sifatida o‘tishi kerak.

Bola tajriba va bilimni muammoli ta’lim muhitini tadqiq qilish, turli maketlar, sxemalar tayyorlash, tajribalar o‘tkazish, bahsli savollarga javoblar topish va umuman, xususiydan umumiyga qarab chiqish, ya’ni bilishning induktiv metodini qo‘llash jarayonida “amalda bajarish” yo‘li bilan o‘rganishi lozim. Bu pedagogik kontseptsiya “instumental pedagogika” nomini olgan.

Bilimlarni ta’lim oluvchiga tayyor holda berib bo‘lmaydi, har kim o‘z hayoti davomida o‘zining atrof-muhitni tushunishini konstruktsiyalaydi. Aynan shuning uchun ham har kim o‘z dunyoqarashi, e’tiqodlari bilan betakrordir.

Konstruktivist o‘qituvchi dars beruvchi o‘qituvchi emas, u ta’lim oluvchilarning muammoli yo‘naltirilgan tadqiqot faoliyatiga konsultant, tashkilotchi va muvofiqlashtiruvchi hisoblanadi. U o‘quvchilarning mustaqil aqliy faoliyatiuchu sharoitlar yaratadi va ularning tashabbuslarini har tomonlama quvvatlaydi. O‘quvchilar esa o‘z navbatida ta’lim jarayonining to‘la huquqli ishtirokchilari bo‘lib qoladilar va ta’lim jarayoni hamda natijalari uchun o‘qituvchi bilan birga javobgar bo‘ladilar.

O‘qituvchi dars maqsadlarini belgilashda tasniflang, asoslab bering, tekshirib ko‘ring, umumlashtiring, tahlil qiling, bashorat qiling, baholang, modelini yasab ko‘ring va shu kabi faoliyat atamalaridan foydalanadi. Ta’lim maqsadlari hamda o‘quv muammolari va vazifalarini shunday belgilash o‘quvchilarning dars materiali bo‘yicha chuqurroq fikrlashi, ularni mazmunli bahs-munozaraga jalb qilish, o‘z nuqtai nazarlarini, mulohazalarini va taxminlarini aytish motivlarini shakllantiradi.


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə