Xalqaro birliklar tizimi – si


lekin mmkm (millimikrometr) mumkin emas



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə29/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

lekin mmkm (millimikrometr)
mumkin emas.
Masalan, qo‘rg‘oshin atomlari sonini N(Pb)=5×106 ta,
shaklisa keltirsh to‘g‘ri. Biroq,
N(Pb)=5×106 M,
tarzida, M orqali mega old qo‘shimchasini ifodalab ishlatish mumkin emas.
‒6
10 kg=1 mg, aksincha 1 mkg (mikrokilogramm) emas.
www.Orbita.Uz kutubxonasi

4. SI tizimiga kirmaydigan birliklar.


Xalqaro birliklar tizimi – SI
36
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
Xalqaro Birliklar Tizimi SI – O‘TXK tomonidan, barcha birliklarning xalqaro miqyosda o‘zaro muvoqlashtirilgan tizmidir. Ilm-fanda, texnologiyalar va savdo-sotiqda ayna ushbu tizimdan foydalanish tavsiya etiladi. SI ning asosiy va maxsus nomga ega bo‘lgan va boshqa hosilaviy birliklari bilan birgalikda, fizik kattaliklarning qiymatlarini o‘zaro o‘girishda, tenglamalarda alohida koeffitsiyentlardan foydalanishni taqozo etmaydigan, foydalanish uchun amaliy qulay bo‘lgan muhim kogerent tizimdir. SI – dunyo bo‘yicha tan olingan yagona tizim bo‘lganligi tufayli, undan xalqaro muzokaralarda foydalanish ham katta ahmiyatga egadir. Oxir oqibat, bu tizim, agar undan hamma birdek foydalansa, keyingi avlodlar uchun ilm-fan va tenologiyalarni oson o‘zlashtirishga katta yordam berishi aniq.
Shunga qaramay, SI tarkibiga kirmaydigan yana ko‘plab birliklar mavjudki, uzoq yillardan buyon, fan-texnikada va tijoriy adabiyotlarda ulardan foydalanish davom etib kelmoqda. SI tarkibiga kirmaydigan ayrim birliklar, ilmiy adabiyotlar orqali o‘rnatilgan tarixiy ahamiyatga egadirlar. SI ga kirmaydigan ba’zi boshqa birliklar, masalan, vaqt, yoki, burchak birliklari singarilar, qadim-qadimdan beri insoniyat ongi va madaniyatiga mustahkam o‘rnashib qolgan bo‘lib, insoniyat ulardan foydalanishda uzoq kelajakda ham davom etishi katta ehtimol. Ayrim olimlarda, o‘z ilmiy faoliyatlari nuqtai nazaridan amaliy afzalliklarga ega bo‘lgan, lekin, SI ga taalluqli bo‘lmagan birliklarni qo‘llashda erkin ixtiyor bo‘lishi tabiiy hol. Misol uchun, elektromagnit nazariya, kvant elektrodinamikasi, nisbiylik kabi sohalarda, SGS-Gauss tizimi birliklaridan foydalanish qulayroqdir. Shularni e’tiborga olib, quyida, SI ga kirmaydigan, o‘zga tizimlardagi birliklardan, ayrim eng muhimlarini keltrib o‘tamiz. Ulardan foydalanilayotgan shuni yodda tutish kerakki, mazkur tizimlarda, SI tizimining afzalliklari mavjud emas.
Ushbu risolada, SI ga kirmaydigan birliklar haqida to‘xtalib o‘tilishi, amaliyotda, SI ga taalluqli bo‘lmagan birliklardan foydalanishni ma’qullash tarzida qabul qilinmasligi kerak. Yuqorida sanab o‘tilgan ko‘plab sabablarga ko‘ra, SI birliklari, asosiy birliklar sifatida qo‘llanilishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, SI ga kirmaydigan birliklar va SI birliklarini o‘zaro kombinatsiyalar bilan qo‘llash, ulardan tarkibiy qismlar yasash ham tavsiya etilmaydi; bunda ham SI ning amaliy afzalliklaridan mosuvo bo‘lish mumkin. Umuman olganda, 7, 8, 9 – jadvallarda keltirib o‘tilgan, SI tizimiga kirmaydigan birliklardan foydalanilganida, ularni, mos keluvchi SI birliklari nuqtai nazaridan aniqlashtirib olish yaxshi amaliy samaralar beradi.

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə