Xalqaro turizm industriyasi



Yüklə 209,7 Kb.
səhifə4/10
tarix22.03.2024
ölçüsü209,7 Kb.
#180220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
xizmatlar iqtisodiyoti referat

Birinchidan, 1993 yildan buyon aviakompanilar tariflarni mustaqil,
yuqoridagi organlar bilan kelishuvsiz belgilar edilar.
Ikkinchidan, aviakompaniya bir qator shartlarga javob bera olsa YEI ichki
osmonlarida erkin uchishi va har qanday marshrutga xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Ya’ni, uning 51% ustav mablag‘i YEI mamlakatlarida yashovchi yoki ruyxatda
turuvchi aksiyadorlarga tegishli; Investitsiya minimal miqdori 100 ming ekyuni
tashkil qiladi; samolyot uni uchishga yaroqligi haqida sertifikat bergan mamlakatda
hisobda turishi zarur.
Uchinchidan, kabotirlash qoidasini joriy etish. Ya’ni YEI bir mamlakati ichki
marshrutlarida aviakompaniyaga ittifoqqa a’zo boshqa mamlakatda xizmat
ko‘rsatadi. Kabotirlash qoidasining qabul qilinishi avia tashish Yevropa bozorida
raqobat muhitini yaratdi. YEI hududida havo transportini tartibga solishda muhim
qadam bo‘ldi.
Samolyotsozlikda o‘sish va aviatransport tizimida iqtisodiy faoliyat
mexanizmidagi o‘zgarishlar turizm industriyasida tarkibiy o‘zgartirishlar kiritish
zaruratini keltirib chiqardi. Havo transportida operatsiyalar hajmining kengayishi
bilan joylashtirish vositalarini modernizatsiya qilish zarurati paydo bo‘ldi. Ma’lum
bosqichda ularning past o‘tkazish qobiliyati fuqaro aviatsiyasiga ushlab turuvchi
ta’sir etardi. Ro‘y bergan vaziyatda aviakompaniyalar yirik mehmonxonalar
monopoliyasi tashkil etdi, mehmonxona xo‘jaliklariga faol kirib bora boshlaydi.
Transportda qayta qurish bilan bir qatorda, mehmonxona xo‘jaliklarida ham
turizm taraqqiyotining zamonaviy talablariga javob beradigan amalga oshiruvchi
apparat shakllana boshladi. Mayda turistik firmalar asosiy massasi transport
kompaniyalari taklif qilayotgan katta hajmdagi operatsiyalarni uddalay olmasdi.
Ularning o‘rniga yirik ulgurji firmalar-o‘z xususiy turistik marshrutlarini ishlab
chiquvchi va ularni turagentlar tarmog‘i orqali amalga oshiruvchi turoperatorlar
keldilar.

Yüklə 209,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə