Xalqaro turizm industriyasi



Yüklə 209,7 Kb.
səhifə6/10
tarix22.03.2024
ölçüsü209,7 Kb.
#180220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
xizmatlar iqtisodiyoti referat

Taymsher. (Timshare, inglizchadan tarjima qilinsa «Vaqt qismi» degan
ma’noni beradi) - bu birgalikdagi egalik, aniqrog‘i klubli joylashtirish vositalarini
ulardan ma’lum vaqt ichida foydalanish huquqi bilan uzoq muddatga ijaraga olish
(misol uchun, 30-50 va ko‘proq yil davomida har yili bir haftaga) dir. Klassik
taymsher xususiyatlari shundan iboratki, dam olishning ma’lum davriga mulk egasi
ekanligi haqida sertifikat mavjud bo‘ladi. Bir qator mamlakatlarda taymsher meros
qilib berilishi, garov vositasi, kreditni ta’minlash va boshqa vositalar sifatida
foydalanishi mumkin.
«Dam olishni egallash» tizimi birinchi marta Yevropada paydo bo‘lgan bo‘lib,
Shimoliy Amerika (AQSH)da takomillashtirildi. Klassik ko‘chmas mulk va otellarda
joylashtirish bo‘yicha xizmatlar sotuv ob’ekti bo‘lib o‘rtaga chiqdi. Kurotlarda
apartamentlar sotila boshladi. Yil davomida ulardan foydalanish bir yoki bir necha
hafta bilan cheklangan edi. Taymsher bozorining o‘zi esa ancha keyin shakllanadi va
15 -20 yildan buyon – bu haftalar bilan almashinish imkoniyati paydo bo‘lgandan
beri amal qilib kelayapti.
Bugungi kunda taymsherda biznesning maxsus kompaniyalari – A – SI-AY
Resort Sopdminium International) va Ay-Ay (Interval international) va boshqalar
orqali almashtirish operatsiyalarini o‘tkazish va appartamentlarni muddatga sotishdan
hosil bo‘layapti. Ularning yordami bilan qo‘shimcha to‘lov evaziga dam olish
sharoitini yaxshilash, didga mos apartament topish, ta’tilni o‘tkazish muddati va
joyini tanlash mumkin. Bunda ancha mashhur region bo‘lish davomiyligi uzoqroq va
sharoiti yana ham yaxshiroq kurortga almashtirilishi mumkin. Masalan, Kanar
orollarida bir hafta, Kanadada ikki hafta, yoki Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy
Afrikaning uch haftasiga teng.
Dam olish xaftalarini almashtirish bo‘yicha taymsher va kompaniya egalaridan
tashqari, joylashtirish vositalari (apartamen) egalari ham taymsher biznesi
ishtirokchilari hisoblanishadi. Klub dam olishini tashkil etishga mo‘ljallanganlar,
taymsher - loyiha ishlab chiquvchilar, marketing kompaniyalar, bozorda taymshermahsulotlar harakatiga javob beruvchilar va ularni iste’molchilarga sotuvchilar,
klublarni boshqaruvchi kompaniyalar va ularning xizmat ko‘rsatishlari shular
jumlasidandir. Ixtisoslashgan turistik birjalar ilgari sotib olingan va egalari
tomonidan sotishga topshirilgan tegishli dam olish haftalariga egalik sertifikatlarini
komission savdosi bilan shug‘ullanadi. Taymsher – mahsulotlar yaratish va sotish
jarayonlariga professional konsultantlar (kredit tashkilotlaridan moliyaviy
maslahatchilar huquqshunos konsultantlar va advakatlar, analitiklar va boshq.) jalb
etiladilar. Taymsher bozorining so‘zsiz ishtirokchilari savdo assotsiatsiyalari –
notijoriy tashkilot professional operatorlari, loyihachilar va marketing kompaniyalar
hisoblanadilar. Ular qonunchilik doirasida bozorda qabul qilingan ish standartlarini
ishlab chiqadilar va qo‘llab-quvvatlaydilar, hukumat organlarida soha manfaatlarini
himoya qiladilar.
Dam olish klubi ko‘p sonli a’zolari ham assotsiatsiyalarga birlashadilar.
Bundan tashqari ularning huquqlarini himoya qilish uchun maxsus kompaniyalar yoki
qo‘llovchi kengashlar tuziladi. Ular klublarning o‘z majburiyatlarini bajarishda
kafolat bo‘ladilar. «Klubdan olishiga egalik» industriyasi klassik turistik biznesga
qaraganda murakkab strukturaga ega. Bu taymsher hafta (haftalik) sini oldi-sotdisi va
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish shartlariga rioya etish zarurati bilan bog‘liq.
G‘arbda taymsherni ko‘pincha jamg‘arma dam olish deb ataydilar. Haqiqatdan ham,
u o‘z egasiga yuqori soliq to‘lovchi, ko‘chmas mulkini saqlash katta harajatlarni talab
qiluvchi va shuning uchun eng badavlat kishilargagina nasib etadigan uy egalariga
nisbatan ko‘p qulayliklar yaratadi. O‘rta hol shaxs oddiy otellarning arzonroq
usullaridan foydalaniladi. Ammo bu tur joylashtirish kelajakda «Bo‘lingan vaqt»
tizimi erishadigan darajada vositalarni tejashni ta’minlay olmaydi. Yana
mehmonxonada yashash uchun sarflangan harajat qaytmaydi, mulkni esa sotish,
ijaraga berish garovga qo‘yish mumkin. Kelajakda katta qulaylik yaratishiga umid
qilinayotgan taymsherni sotib olish oldi-sotdi momentida sezilarli pul harajatlari talab
qilinadi. Albatta «Ta’tilga mulk» uning egasiga 10 dan 30 minggacha Amerika
dollariga tushadi. Bu albatta apartamentlar sifati, ular joylashgan joy, foydalanish
muddatiga bog‘liq. Avstriyada qizg‘in pallada haftalik dam olish masalan, 22 ming
amerika dollari turadi. Xuddi shunday Shveysariyadagi klublar ham qimmat.
Buyukbritaniyada haftaning o‘rtacha bahosi pastroq va 5-6 amerika dollarini tashkil
etadi.
Taymsherni uning yuqori qiymati ko‘rinishida sotish g‘oyat nazokatli ish
hisoblanadi. Asosiy axborot mijozga shaxsan ma’lum qilinadi va uchinchi shaxs
orqali yetkazilishi mumkin emas. Barcha muzokaralar va erishilgan bitimlar qat’iy
konfidensial harakterdadir. Bozorda taymsherlarni harajatlashtirish maqsadida
kompaniya mijozlar bilan ishlashda sinalgan usullarini qo‘llaydi, ya’ni individual
taqdimotdan foydalanadi. Bular nozik psixologik o‘yinlardir. Bunda firmalar xodimi
ehtiyot bo‘lib taklif qilinayotgan tovar afzalliklarini namoyish qiladi. Ortiqcha xiralik
qilmasdan haridorni o‘ziga rom etadi, uni uzil-kesil xulosa – oldi-sotdiga rozi
bo‘lishga olib keladi.
«Dam olishni egallash» tizimi turistik biznesning eng tez o‘sayotgan sohasi
hisoblanadi. Taymsher biznesi harakteri ham o‘zgarmoqda. Yangi soha boshlang‘ich
faoliyati asosan mayda tadbirkorlarni jalb etdi. Ammo taymsher nufuzi o‘sa boshlashi
bilan unga yirik kompaniyalar ham intila boshlashadi.
Bugungi kunda ta’tillarga mulk «Bozori mashhur, eng avvalo «Xilton Xoutelz
Korporeyshn», «Marriot Interneshnl», «Disney», «Ay-Ti-Ti Sheraton», «Bar-rat»,
«Uimpey», «Xolidey Inn Uorlduaayd» kabi Amerika korporatsiyalari tomonidan
taqsimlab olingan.
Taymsher industriyasi geografiyasi to‘xtovsiz kengayib bormoqda. Ko‘pgina
qabul qiluvchi regionlar uning bilan mavsumiy tebranishlarni tekislashni, davomiy
iqtisodiy yuksalish va investitsiyalash istiqbollarini, yaxshilashni bog‘lamoqda,
turistik bandlik, moliyaviy va xo‘jalik boshqa sektorlarida undan foydalanayapti.
Bugun klub kurortlari tarmog‘i 89 mamlakatni qamrab olgan, «Ta’tilga mulk» egalari
esa 191 davlatda faoliyat ko‘rsatishadi.
Taymsher biznesi AQShda juda keng tarqalgan bo‘lib, birgina Koliforniya
shtatida 80 tadan ortiq klub kurortlari mavjuddir. Bu yerda dam olishning o‘rtacha bir
haftalik narxi 9 ming amerika dollarini tashkil qiladi. Har yili Koliforniya shtati
xazinasiga 300 mln. dollardan ortiq dam oluvchilarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun
turli xil to‘lovlar kelib tushadi.
«Ta’tilga mulk» bozori bo‘yicha ikkinchi ahamiyatga egalari Yevropada
joylashgan. Ko‘hna qit’ada barcha taymsher kurortlarining uch qismi to‘plangan.
Ularda bo‘lish o‘rtacha davomiyligi 1,7 haftaga baholanadi. Jamg‘arma dam
olishining uzluksiz nufuzi oshishi inglizlarda ayniqsa keng foydalaniladi.
Taymsherga egalik qiluvchi jahondagi 4 mln. oiladan 400 mingi Buyukbritaniya
aholisidir.
AQSH, Buyukbritaniya, Meksika, Karib havzasi, Avstriya va Kanadada
o‘tkazilayotgan doimiy sotsiologik so‘rovlar natijalari ko‘pchilik taymsher egalari o‘z
haridorlaridan mamnun ekanligini ko‘rsatmoqda. 85 % so‘raluvchilar jamg‘arma dam
olishidan qoniqishadi. 75 % so‘ralganlarning yarimidan ko‘prog‘i qo‘shimcha klub
haftalarini sotib olishga xohish bildirishgan.
Afsuski, bu jozibador istiqbollar Rossiya va MDH davlatlariga taaluqli emas.
Taymsher g‘oyasi paydo bo‘lmasidan u inkor etilgan. Taymsher kompaniyalari
«Ta’tilga mulk»ni yuqori narxda sotdilar. Eng muhimi mijozlarga keyingi xizmat
ko‘rsatish kompleksini ta’minlamaydilar (bazaviy qo‘llab – quvvatlash, klub
haftalarini almashlash va boshq.). Oqibatda ularning ko‘pchilik egalari o‘zlarini
aldangan his etdilar va sotib olingan appartamentlarni sotishga muvoffaqiyatsiz
o‘rinishmoqda.
Taymsher biznesi qayerda unga qulay sharoit yaratilgan bo‘lsa, o‘sha yerda
gurkirayapti va eng avvalo iste’molchilar huquqiy himoyasi kafolatlangan.
Yevropada taymsherlar egalari huquqlari Yevroparlament direktivalarida, milliy
qonunchiliklarda, Angliya qirolichasi Yelizaveta II aktlari va boshqalarda
mustahkamlab quyilgan. Yaqindan buyon Rossiyada taymsher bozori huquqiy
doirasini belgilovchi standartga zarurat anglab yetildi. Uni ishlab chiqish uchun bir
qator kompaniyalar Rossiya kompaniyalari assotsiatsiyasini tuzdilar. Ular klub dam
olish bozorida (taymsher) harakatlanuvchi kompanilardir. Ammo vujudga kelgan
vaziyatni sindirish va yana potensial haridorlar ishonchini qozonmoq uchun taymsher
firmalarga yillar kerak bo‘ladi.
Hozirgacha gap «Mehmonxonalar» umumiy nomi ostida joylashtirish
vositalari guruhlari haqida borgandi. Uning bilan bir qatorda BTT mehmonxonalarga
o‘xshash muassasalar guruhini ajratadi. Ular otellar singari nomer prinsipida tashkil
etilgan va zarur xizmatlar ruyxatini taqdim etadi. Bular pansionatlar, mebelli xonalar,
turistik yotoqxonalar va boshqalardir.

Yüklə 209,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə