Xalqaro turizm industriyasi


Turistlarni joylashtirishning individual vositalari



Yüklə 209,7 Kb.
səhifə9/10
tarix22.03.2024
ölçüsü209,7 Kb.
#180220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
xizmatlar iqtisodiyoti referat

Turistlarni joylashtirishning individual vositalari. Individual joylashish
uchun imkoniyatlar juda keng. Sayyoh o‘zining shahardan tashqaridagi shaxsiy uyida
to‘xtashi mumkin. Agentlik yoki xususiy shaxsdan ijaraga to‘liq jihozlangan (uy,
xona, kottej) turarjoy olishi yoki tanish-bilish va qarindoshlarnikiga bepul joylashishi
mumkin.
Ijaraga beriladigan xona va binolar boshqa mehmonxonnavozlik ob’ektlariga
o‘xshashlik klassifikatsiyasiga kiradi. Fransiyada mebelli kvartiralarga qo‘yiladigan
talablar to‘liq ruyxati ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Ularning maydoni hajmi,
shifti balandligi, krovatlar enliligi (beshyulduzli kategoriya)ga qarab bir yulduzdan
besh yulduzgacha ma’lum kategoriya beriladi. Bunda shuningdek gaz plitada
konforkalar soni, muzlatgich (xolodilnik) sig‘imi, hisob tizimi, telefon borligi, balkon
hajmi, lift xizmati, avtomobilni saqlash maydonchasi mavjudligi ham hisobga
olinadi. Hordiq olishdan tashqari mijoz xohishiga qarab, ayrim qo‘shimcha xizmatlar
– xonani yig‘ishtirish choyshab almashtirish, ovqatlantirish xizmatlari ko‘rsatiladi.
1990- yillarda bozor kon’yunkturasining yomonlashuvi mehmonxona
xo‘jaligida g‘arb mutxassislarini joylashtirish sektoridagi iqtisodiy inqirozdan
chiqishning samarali yo‘llarini qidirib topishga undaydi. Ularning sa’y harakatlari,
jumladan, mehmonxona xizmatlari yangi istiqbolli yo‘nalishini (konsepsiya)sini
ishlab chiqishga qaratildi. Shu munosabat bilan turistlar tunashini tashkil etishda
ularning talabini qondiradigan muammolar paydo bo‘lishi kutilmoqda. Bu shubhasiz,
turistlarni qabul qilish tarmoqlarini xilma-xil va keng miqyosli bo‘lishiga imkon
yaratadi.
Jahon mehmonxona bazalarining hozirgi davrdagi holati. BTTning
ma’lumotlari bo‘yicha. Jahonda 30 mln. ga yaqin turli xil mehmonxona o‘rinlari
mavjuddir. 1980 yildan 2005 yilgacha ularning soni 90 % ga o‘sdi. Jahonning turistik
mintaqalari bo‘yicha mehmonxonalar fondining taqsimlanishi xalqaro turizm tarkibi
miqyoslari bilan mos keladi.
Keyingi o‘n yillikda mintaqalar bo‘yicha mehmonxonalar taraqqiyoti bir
tekisda kechmaydi. Butun jahon miqyosida mehmonxonalar o‘rinlari yillik o‘rtacha
o‘sishi sur’atlari 1980 yildan 2005 yilgacha 3,5-4,5 % ni tashkil etdi. Umumjahon
sur’atlariga yaqinroq ravishda mehmonxona bazasi Yevropa va Shimoliy Amerikada
kengaydi. O‘sha yillarda mehmonxona fondi Sharqiy, Janubiy-Sharqiy Osiyo va
Okeaniyada yiliga o‘rtacha 13,7 % ga ko‘paydi. 18 yilda qo‘shimcha 6 mln. dan ortiq
o‘rinlar foydalanishga topshirildi.
Hozirgi kunda jahonning 44 mamlakati har birida 100 mingdan oshadigan
o‘rinli mehmonxona fondiga ega. Ular qatoriga AQSH, Italiya, Germaniya, Fransiya,
Ispaniya va boshqalarni kiritish mumkin. An’anaviy turistik mamlakatlarda o‘rtacha
hajmdagi otellar yaqinginada bozorga chiqqan va o‘zi to‘g‘risida yangi turistik
yo‘nalishni namoyon etgan mamlakatlarga qaraganda ancha kam. Bu avvalgi
yillardagidek yirik bo‘lmagan qurilishlar, eski turistik markazlarda mijozlarni qabul
qilishda yaratilgan moddiy bazaning ulardagi uncha katta bo‘lmagan otellardagi
ulushi yuqoriligi bilan izohlanadi.
Joylashtirish ob’ektlarining qandaydir o‘rinlar bilan ifodalangan sig‘imiga
qaramay, BTTning joylashtirish sektorini baholash uchun boshqa ko‘rsatkichlardan
foydalaniladi: otellar soni va ulardagi nomerlar, daromad hajmi, xodimlar soni
kabilar. Jahon mehmonxona industriyasi daromadlari 1995 yilda 253 mlrd. amerika
dollarini tashkil qildi, uning 70 % dan ziyodrog‘i Yevropaga va Amerikaga to‘g‘ri
keladi. Ana shular otellar soni bo‘yicha ham yetakchilik qilishayapti. Ammo bu
ko‘rsatkich bo‘yicha ular o‘rtasida farq katta. Yevropada jahondagi jamiki otellar
umumiy sonining 55 % va Amerikada esa 22 % ruyxatga olingan. Osiyo-Tinch
okeani mintaqasi otellar soni bo‘yicha kamtarona o‘rinni egallaydi (14 % dan
yuqoriroq).
Hozirgi kunda jahon mehmonxona industriyasi 15 mln. kishini ish joyi bilan
ta’minlaydi. Xodimlarning chorak qismi Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi shunga
o‘xshash otellar va muassasalarda band bo‘ldi. Yevropa ulushi 24 % dan oshmadi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida turistlarni joylashtirish bozori
alohida e’tiborga molik. Ularda xalqaro turistik almashish va jalb etish imkoni
darajasida mehmonxonalar bazasi kengaytirilmoqda. Agar ular o‘z sig‘imi jihatidan
YEIdagi mamlakatlarning shunga o‘xshash bazalari bilan tenglasha olmasada, o‘sish
sur’atlari bo‘yicha ulardan o‘zayapti.

Yüklə 209,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə