Xalqaro turizm industriyasi


Ixtisoslashgan muassasalar



Yüklə 209,7 Kb.
səhifə7/10
tarix22.03.2024
ölçüsü209,7 Kb.
#180220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
xizmatlar iqtisodiyoti referat

Ixtisoslashgan muassasalar ham turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun
mo‘ljallangan. Ular nomerlarga ega emas. Bu yerda boshpana bo‘lib binolar,
kollektiv uxlashxonalari yoki maydonlar xizmat qiladi. Ixtisoslashtirilgan
muassasalar tunash uchun joy beradi. Ammo turistlarni joylashtirish ular uchun bosh
vazifa emas. Bu guruhga sog‘lomlashtirish muassasalari (sanatoriyalar, reablitatsiya
markazlari, «Sog‘lomlashtirish firmalari» va boshq), dam olish va mehnat qilish,
jamoat transporti vositalari, uxlash xonalari bilan jihozlangan (poyezd, kema)
vositalar, shuningdek kongress-markazlar tipidagi binolar kiradi. Qaysisikim ular
bazasida simpoziumlar, konferensiyalar va boshqa ixtisoslashgan tadbirlar o‘tkaziladi
va ularning ishtirokchilarini joylashtirish amalga oshiriladi.
Boshqa kollektiv joylashtirish vositalari. O‘zlariga eng avvalo dam olish
uchun mo‘ljallangan turar joylar majmuasi (bungalo) uylar va boshqalarni qamrab
oladi. Ular yagona boshqaruvda bo‘lib, cheklangan mehmonxona xizmatlarini
ko‘rsatadi.
Misol uchun, turizm bo‘yicha Irlandiya Kengashi dam olish uchun kompleks
uylariga quyidagi talablarni qo‘yadi.
Kompleks kamida to‘qqizta binodan iborat bo‘lishi va ulardan birida idora
joylashishi kerak. Bino o‘zida alohida kirish joylari bo‘lgan kapital qurilishni
mujassam etgan, yaxshi ekspluatatsion holatda bo‘lishi lozim. Har bir binoda mebelli
uy, ovqatlanish, dam olish xonalari, shuningdek omborxona, cho‘milish (vanna)
xonasi va hojatxonalar bo‘ladi. Uydan tashqarida esa foydalaniladigan keng-mo‘l
joylar ko‘zda tutiladi. Joylashtirish vositasi har bir yangi yashovchi uchun
yig‘ishtirilib, tayyorlanadi. Unda ko‘rpa-tushaklarni yig‘ishtirish va binoni supirish –
sidirishda mijozga xizmat ko‘rsatilmaydi.
Kollektiv joylashtirishning boshqa vositalari tarkibiga kempinglar uchun
maydonlardagi ob’ektlar kichik kemalar uchun buxtalar kiradi.
Kepinglar – avtoturistlar uchun quriqlanadigan va yaxshi jihozlangan
maydonlari bor lagerlardir. Ular energiya, ta’minoti, kanalizatsiya tizimi bilan
jihozlangan. majmuasidir. Kempingda avtomobillar turadigan alohida maxsus joylar
ajratilgan bo‘lib, shuningdek avtomobillarni profilaktik ko‘rikdan o‘tkazadigan,
yuvish va ta’mirlash ustaxonasiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari kempingda
avtoturistlarga bir qator axborot, savdo, vaqtni mazmunli o‘tkazish xizmatlari taqdim
etiladi. Ularning sifati va assortimentiga qarab kempinglarga ma’lum kategoriya –
birdan to‘rtgacha yulduz beriladi. Yuqori kategoriyali lagerlar avtoturistlar uchun
tennis kortlari, basseynlar, saunalar, suv attraksionlariga ega bo‘ladilar. Vaqtni
mazmunli o‘tkazish markazlari tashkil qiladilar. Sport va ko‘ngil ochish ob’ektlaridan
tashqari, ularda savdo va ovqatlanish korxonalari, kir yuvish, aloqa bo‘limlari, prokat
punktlari bo‘ladi. Bular ko‘pincha ko‘p profili kechayu-kunduz ishlovchi
mehmonxonalar, turbazalar va motellar tarkibiga kiradi.
Turistlarni kempinglarga joylashtirishda tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ya’ni
shaxsiy va ijaraga olingan chodirlar o‘rniga g‘ildirakli uylar, avtofurgonlar va
avtotirkamalar kelmoqda. Hozirgi kunda faqat birgina Yevropada ularning soni 600
mingtani tashkil qiladi va ular to‘xtovsiz ko‘payib borayotir. Joylashtirishning
harakatlanuvchi vositalari parkini katta qismi Germaniya, Fransiya, Italiya va
Buyukbritaniya mamlakatlari evaziga to‘g‘ri keladi.

Yüklə 209,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə