Xalqaro turizm industriyasi



Yüklə 209,7 Kb.
səhifə8/10
tarix22.03.2024
ölçüsü209,7 Kb.
#180220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
xizmatlar iqtisodiyoti referat

Turistik avtofurgonlar uzunligi odatda 6 metr, eni esa 2,20 metrdan
oshmaydi. Uning og‘irligi 500 dan 1000 kg. gacha keladi. To‘g‘ri, juda katta va
og‘irlikka ega bo‘lgan boshqa namunalari ham mavjud. Shinamligi jihatidan bu
turarjoylar zamonaviy dala hovli-dachalaridan qolishmaydi. Ularda uxlash xonasi,
oshxona, gaz plitasi, sovutgich hojatxona va dush bor. Joylashtirish vositalarining
dachalardan afzalligi shundaki, ularda sayohat qilish mumkin. Ular erkin
harakatlanishga imkon beradi. Turistlarni jadvalga qarab jamoat transporti kelishini
kutishlariga hojat qoldirmaydi. Infrastruktura yaxshi rivojlangan mamlakatlarga ham
bemalol boradi. Turistlar liq to‘la va qimmat otellardan joy qidirmaydi, shuningdek
yirik xalqaro tadbirlar o‘tkazilayotganda (butun jahon ko‘rgazmasi, Olimpiya uyinlari
kabilarda) turarjoy muammosini hal etadi.
Avtofurgan harid qilish katta mablag‘ talab qiladi. Masalan, Fransiyada u
kamida 200-225 ming frank turadi. Uni sotib olishga faqat badavlat kishilarnigina
qurbi yetadi. Lui Harris instituti tadqiqotlariga ko‘ra bu mamlakatda
avtofurganlarning ko‘pchilik egalari yosh bo‘lmagan Eri xotinlardir. Chunki ular
jamg‘armalariga ega. Sayohat uchun bo‘sh vaqtlari bor, tabiat qo‘ynida bahra olish,
tarixiy-madaniy yodgorliklarni tomosha qilish, zamonaviy provinsiyalar hayoti bilan
tanishishni xohlaydilar. Keyingi yillarda joylashishning harakatlanuvchi vositalaridan
foydalanuvchilar bozori sezilarli kengaygan bo‘lsa, bu avvalo turistik avtofurganlarni
prokatga berish tizimi sharofati bilandir. Avtoturizmning bu xil ko‘rinishi hamon
jamiyatning yaxshi ta’minlangan qatlamlari uchungina mumkin bo‘lib qolayapti.
Joylashish vositalarining keyingi boshqa kollektiv guruhlarini turistik
yotoqxonalar,
yoshlar mehmonxonalari, maktab va talabalar yotoqxonalari, qariyalar
dam olish uylari va shularga o‘xshash ijtimoiy ahamiyatga ega binolar tashkil qiladi.

Yüklə 209,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə