Xasanov axror moliyaviy institutlarda risklarni boshqarish



Yüklə 135,75 Kb.
səhifə4/6
tarix30.12.2023
ölçüsü135,75 Kb.
#167853
1   2   3   4   5   6
Moliyaviy institutlar

Valyuta riskini quyidagi usullar yordamida minimallashtirish mumkin (3-jadval).

3-jadval.
Valyuta riskini minimallashtirish usullari



Usullar

Izox

1.

Forvard kursini xisobga olish

Kredit shartnomasida o’rnatilgan forvard kursini xisobga olib boshqa valyutada kaytarish sharti bilan biror bir valyutada ssuda berish. Bunday tadbirlar bankni kredit valyutasi kursining pasayishi ehtimolligidan ximoya kiladi.

2.

Forvard valyuta shartnomalari

Bunday operasiyalar bitim summasini va forvard almashuv kursini shartnomada qagiy o’rnatib xorijiy valyutani oldi-sotdisi bo’yicha bank va mijoz o’rtasida muddatli kelishuv imzolanishni nazardatutadi.

3.

Valyutaviy fyuchers shartnomalari

Fyucherslar malum bir miqdordagi xorijiy valyutani kelgusida aniq bir kunda sotish yoki sotib olish kelishuvni o’zida aks ettiradi.

4.

Valyuta svoplari

Bu usul ikki tomon o’rtasida turli valyutalardagi to’lovlarning kelajakda almashinishi xakidagi kelishuv asosida amalga oshiriladi.

5.

Valyuta riskini sug’urtalash

Bunday tadbir barcha riskni sug’urta tashkilotiga o’tkazishni nazarda tutadi.

Bozor riskini quyidagi vositalar yordamida minimallashtirish mumkin:

  1. Qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisiga tuzilgan fyuchers shartnomalari. Ular shartnoma egalariga oldindan o’rnatilgan kurs bo’yicha qimmatli qog’ozlarni sotish yoki sotib olish huquqini beradi.

  2. Fond opsionlari. Bu aksiyalarni (yoki boshqa qimmatli qog’ozlarni, agar ular fond birjasida aylanayotgan bo’lsa) kelishilgan muddat davomida sotish yoki xarid qilish huquqini beradi.

  3. Investisiya portfelining diversifikasiyasi. Bu usul qimmatli qogozlarni qadrsizlanishdan himoya qilishning eng maqbul usulidir.

Shunday qilib, banklarning o’z faoliyatlari jarayonida duch keladigan turli xildagi risklarni pasaytirish usullari bo’yicha tadbirlarning ishlab chiqilishi risk sohasida bank strategiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bunday turdagi operasiyalarni bank o’z mablaglari hisobidan ham yoki mijoz topshirigiga asosan ham amalga oshiradi.

Yüklə 135,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə