Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

Strategik alyanslar
“yumshoq tuzilmalar”ning eng muhim shakllaridan biri
bo’ladilar. Ularning maqsadi yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish va uzatishni
takomillashtirish kanallarini faollashtirish, hamda ilmiy tadqiqotlarni o’tkazish va
ularning natijalarini tadbiq etishda o’zaro bir-birlarini to’ldiruvchi vazifalarni amalga
oshirishdir.
Ko’p ilm talab qiladigan sohalar (robotlar, avtomatlashtirilgan oqimli
liniyalarni ishlab chiqarish, mikroelektronika)dagi startegik alyanslar ITTKI takror
ishlab chiqarish davrasining bir necha yoki barcha bosqichlarini qamrab oladilar. Bu
alohida yashash davri doirasidagi qo’shma ilmiy faoliyat haqidagi kooperastion
bilimlar turlarining keng turli tumanligiga halaqit bermaydi. Strategik alyanslarning
yana bir xususiyati yangiliklarni ishlab chiqarish va o’zlashtirishni texnologiq
tayyorlashgan qaratilayotgan alohida e’tibordan iboratdir. Gap shundaki, yirik


59
kompaniyalar ko’pincha mavjud ishlab chiqarish apparatining yangiliklarini qabul
qilishga kamroq uquvga egaligiga duch keladilar. Bu erda tatbiq etish va birinchi
sanoat namunasini ishlab chiqarish bosqichi eng tor joy bo’ladi. Yuqorida aytib
o’tilgan sabablarga ko’ra yirik kompaniyalar kichik ixtisoslashgan tadbiq etuvchi
biznes bilan alyans shaklidan bajonidil foydalanadilar.
Strategik alyanslar
oldida ilmiy tadqiqotlar majmuasini o’tkazish, tegishli
mutaxassislarni qidirib topish va tayyorlash, moliyaviy resurslarni izlab topish,
laboratoriyalar, tadbiq etish markazlari, mahsulotni sinovlardan o’tkazish va sifatini
nazorat qilish bo’linmalarni tashkil qilish vazifalari turibdi. Bozor talablarini
qat’iylashgani va talabni turli tumanlashgani sari alyans faoliyatining maydoni
qo’shni va turdosh ishlab chiqarishlarga ham tarqaladi. Har tomonlama rivojlangan
alyanslar boshqa moliya – sanoat guruhlari oldida katta afzallikka egalar, bir
tomondan bozordagi raqobat afzalligini tanlab olgan holda ushlab qolish imkoniyati,
boshqa tomondan sarmoyalar kiritishlarning istiqbolli sohalarini muvaffaqiyatli
o’zlashtirishga asoslanganlar.
Konsorstiumlar
firmalararo integrastiyalashishning istiqbolli turi bo’ladi.
Innovastion davraning barcha bosqichlarini integrastiyalash uchun mo’ljallangan
bo’lib, ular, qoidaga ko’ra, faol ilmiy-tadqiqot, sanoat va tashqi iqtisodiy faoliyatni
olib borish uchun tashkil qilinganlar. Rossiya aviastiya konsorstiumi misol bo’lib
xizmat qilishi mumkin.
Jahon bozoridagi innovastion sohada ikki turdagi konsorstiumlar keng
tarqalganlar. Birinchi turdagi konsorstiumlar fundamental va amaliy xarakterdagi
shaxsiy uzoq muddatli ilmiy-tadqiqot ishlarini o’tkazishga mo’ljallanganlar. Ular
bashoratlanadigan uzoq muddatli muvaffaqiyatga yuqori texnologik sohalarda
ko’rinishdagi ustuvor ilmiy tadqiqotlarga qaratilgan. Bu erda bo’lg’uvsi bozor
muvaffaqiyati hali ko’zga tashlanmaydi, ammo ilmiy-tadqiqotlar korporastiyalar va
davlatlarning asosiy ilmiy-texnik siyosatiga kiradilar.
Masalan, AQSh da bundan konsorstiumlar qattiq jism fizikasi, juda yuqori
o’tkazuvchanlik hodisasi, sun’iy aqlning tadqiqotini o’rganish uchun tashkil
qilinadilar. Ular “tashqarida”gi, universitetlar va ilmiy markazlarning yirikroq


60
laboratoriyalari bazasidagi ITTKIni rag’batlantirish uchun tashkil qilinganlar. AQSh
va Yaponiyada o’nlab yirik korporastiyalar bundan konsorstiumlar natijalarini
moliyaviy qo’llab-quvvatlari va nazorat qilishni amalga oshiradilar.
Innovastion faoliyatni kuchaytirish uchun firmalararo kooperastiyaning boshqa
turlari, har xil ilmiy-sanoat majmualari, hamda moliya-sanoat guruhlarining ko’pgina
turlaridan ham foydalaniladi. Bu tuzilmalarning eng muhim vazifalari xo’jalik
aloqalarini barqarorlashtirish va ichki raqobat muhitini shakllantirish asosida ishlab
chiqarish jarayonlarini tartibga solinishi, ishlab chiqarishni pasayishiga qarshilik
qilishlarini kuchaytirishdan iboratdir. Iqtisodiyotni rivojlanishida xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning miqdoriy va sifatiy tarkibi, ularning integrastiyalangan sarmoyalari
tizimi elementlari bilan munosabatdoshligi birinchi o’ringa chiqaruvchi guruhlar eng
katta ahamiyatga egalar.
Ko’p ilm talab qiladigan sohalarda faoliyat yurituvchi moliya-sanoat guruhida
aqliy bo’g’in etakchi rol o’ynaydi.
Ma’lumki, Rossiyada sanoat korxonalari bazasida vujudga kelgan moliya-
sanoat guruhlari katta ahamiyatga ega, ular uchun texnologik alomat va ishlab
chiqarish aloqalarining xarakteri birlashishlarning o’ziga xosroq turi bo’lib xizmat
qiladi.
Moliya-bank
tuzilmalarining 
sarmoyalarni
ko’paytirilishi
va
tez
qaytaritilishiga qaratilgan qisqa muddatlari banklarga yuqori texnologik va ko’p ilm
talab qiladigan sohalarda metatuzimlalarni shakllantirishda faol ishtirok etishga
imkon bermaydi.
Bank
biznesining
o’ziga
xosligi
ayniqsa
qattiq
metatuzilmalar
deb
ataluvchilarda yaqqol namoyon bo’ladi. Ular texnologik zanjircha bo’yicha
birlashgan, har xil sohalarga tegishli bo’lgan har xil bozorlarga xizmat ko’rsatuvchi
firmalarni birlashtiradilar deb hisoblash qabul qilingan. Bu erda innovastion davra
g’oyatda qiyinlashtirilgan, asosiy harakatlarni korxonaning texnologik darajasini
oshirish va to’ldiruvchi, bir birlarini o’rnini bosuvchi, imitastion (taqlid qiluvchi)
yangiliklarni tadbiq etishga qaratish kerak. Rossiya tuzilmasidagi eng keng tarqalgan

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə