Xi bob. Narxlarni muvofiqlashtirish va monopoliyaga qarshi qonun



Yüklə 72,02 Kb.
səhifə11/13
tarix22.03.2024
ölçüsü72,02 Kb.
#180936
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Xi bob. Narxlarni muvofiqlashtirish va monopoliyaga qarshi qonun-fayllar.org

Narx belgilashda liderlik. Narx belgilashda liderlikda lider-firma narxni birinchi bo‘lib, belgilaydi, qolganlar uning narxiga qarab o‘z narxlarini belgilaydilar. Bunday firmalarni ergashuvchi firmalar deymiz. Lider-firmaning narx belgilashi, lider narxni belgilaganda ergashuvchi firmalarning harakatiga bog‘liq, ya’ni lider narxni oshirsa, ergashuvchilar ishlab chiqarishni oshiradilarmi yoki bozordagi oldingi ulushini saqlaydimi? Agar ergashuvchilar o‘z ishlab chiqarish hajmlarini cheklasalar, lider foydani maksimallashtiradigan umumiy narxni belgilaydi. Yoki, lider o‘z foydasini maksimallashtiradigan narxni o‘rnatadi, ergashuvchilar esa ushbu narxda qancha xohlasa, shuncha ishlab chiqarishi mumkin bo‘ladi. Quyidagi 12.8-rasmda bozorda mavqei yuqori bo‘lgan firma-liderning narx belgilashi ko‘rsatilgan.
Rasmda D bozor talabi chizig‘i Se ergashuvchilarning umumiy taklif (chekli xarajatlar chiziqlari yig‘indisi) chizig‘i. DL liderning mahsulotiga bo‘lgan talab chizig‘i. DL chizig‘i bozor talabi chizig‘i D dan ergashuvchilarning taklif chizig‘i SE ni ayirish orqali aniqlangan.
12.8 - rasm.Lider firmaning narx belgilashi grafigi

Agar narx Pe ga teng bo‘lsa (rasmdan E nuqta) ergashuvchilarning taklifi bozor talabiga teng. Bu narxda lider mahsuloti sotolmaydi. Narx P2 ga teng bo‘lganda, ergashuvchilar biror dona ham mahsulot sotolmaydi. P2 va PE oraliqdagi narxlarda lider-firma mahsulotiga bo‘lgan talab DL chizig‘i bilan ifodalangan. Lider-firmaning chekli daromadi (MRL) bilan ifodalanadi. MCL - liderning chekli xarajati. Demak, lider o‘z foydasini maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi QL ni MRL va MCL chiziqlari kesishgan nuqtaga mos holda belgilaydi. Lider-firmaning narxi PL* uning talab chizig‘i DL orqali topiladi (E0 nuqta monopolistning muvozanat xolati). Ergashuvchilarning bozorda sotadigan mahsuloti miqdori narx PL* chizig‘ining ergashuvchilarning taklifi chizig‘i kesishgan nuqta F orqali aniqlanadi va u Qe ga teng. Umumiy sotiladigan mahsulot miqdori QT = QE + QL.


Amalda bozorda harakat qilayotgan yirik firma lider buladi, lekin vaqt o‘tishi bilan liderlar ham o‘zgarib turadi.
Lider-firma o‘zining bozordagi ulushni aniqlashi uchun, birinchi navbatda, ergashuvchi firmalarning taklif chizig‘ini, ya’ni ularning taklif funksiyasini oldindan bilishi kerak bo‘ladi. Quyidagi misol buni ko‘rsatadi.
Faraz qilaylik, duopol bozorda faoliyat ko‘rsatayotgan ikki firmadan biri lider, ikkinchisi ergashuvchi firma sifatida harakat qilayotgan bo‘lsin.
Faraz qilaylik, birinchi firma-lider, ikkinchi firma ergashuvchi bo‘lsin.
Birinchi lider firmaning foyda funksiyasini quyidagicha yozish mumkin:
π1 = TR1 - TC1
bu yerda TR1 = p ˑ q1 va TC1 = h(q1). Teskari talab funksiyasini P = f (q1 +q2) desak, liderning daromadi TR1= f (q1 +q2) ˑ q1 ga teng bo‘ladi.

Bu yerda q1 va q2 lar mos holda lider va ergashuvchi firmalarning ishlab chiqarish hajmlari.


π1 birinchi firma foydasi, TR1 va TC1 lar birinchi lider firmaning mos holda umumiy daromadi va umumiy xarajatlari.
Ma’lumki, duopol bozorda har bir firmaning ikkinchi firma ishlab chiqarish hajmidan bog‘liq reaksiya ishlab chiqarish funksiyasi muhim ahamiyatga ega. Bu yerda lider firma ikkinchi firmaning reaksiya funksiyasidan xabardor, deb faraz qilinadi, ya’ni q2 = g(q1).
U holda lider firmaning daromad funksiyasi quyidagicha yoziladi:


TR1 = f(q1 + g(q1)) ˑ q1 = f(q1)
Lider firmani o‘z raqibi bo‘lgan ergashuvchi firmaning reaksiya funksiyasini bilishi unga o‘z daromad funksiyasini faqat o‘zining ishlab chiqarishi hajmiga bog‘liq ravishda ifodalashga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, lider-firmaning umumiy xarajat funksiyasi ham faqat q1 ga bog‘liq bo‘lgani uchun, liderning umumiy foydasi quyidagicha aniqlanadi:

π1 = {TR1 = f(q1)} - {TC1 = h(q1)}
va bundan π1 = f*(q1) deb yozishimiz mumkin. Endi π1 funksiyadan q1 bo‘yicha hosila olib, uni nolga tenglashtirib q1 ga ko‘ra yechsak, lider-firmani foydasini maksimallashtiradigan ishlab chiqarish xajmini aniqlagan bo‘lamiz:


= = 0.


Misol. Duopol bozorda ikkita firma harakat qilayapti deylik. Birinchi firma - lider, ikkinchisi ergashuvchi firma. Ular faoliyati to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar bor.
Umumiy bozor talabi funksiyasi QD = 600 - 2 ˑ P, firmalar- ning chekli xarajat funksiyalari:


TC1 = 0,25 ˑ q12; TC2 = 30 ˑ q2
va ergashuvchi firmaning reaksiya funksiyasi q2 = 270 - 0,5 ˑ q1, ya’ni ikkinchi firmaning birinchi firma ishlab chiqarishi hajmiga bog‘liq ishlab chiqarish funksiyasi. Lider firma uchun ushbu funksiya ko‘rinishi ma’lum bo‘lsin.

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra lider firma va ergashuvchi firma qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqaradilar? Bozordagi muvozanat narx nechaga teng bo‘lishi va har bir firmaning foydasini qanday bo’lishi hisoblansin deylik.


Yechish. Umumiy bozor talabi funksiyasini quyidagicha yozamiz:
Lider firmaning foydasini yozamiz:
Ergashuvchi firmaning reaksiya funksiyasiga ko’ra
liderning umumiy foydasini yozamiz:
Ixchamlash natijasida quyidagi foyda funksiyasini olamiz:

Lider firmaning foydasini maksimallashtiradigan ishlab chiqarish xajmini aniqlaymiz:

bu xajm q12 = 165 ga teng.

Ergashuvchi firmaning reaksiya funksiyasidan


uning mahsulot ishlab chiqarish hajmini aniqlaymiz:
Umumiy bozor talabi QD ni xisoblaymiz

QD = q1 + q2 = 165 + 187,5 = 352,5
Bozor narxi quyidagiga teng

P = 300 - 0,5 ˑ QD = 300 - 0,5 ˑ 352,5 = 123,75
Lider va ergashuvchi firmalarning foydasini hisoblaymiz:

Endi yuqoridagi misol shartlarida firmalar raqobat strategiyasini qo‘llashsa, foyda qanday bo‘lishini ko‘rib chiqamiz.



Misol. Duopol bozordagi talab funksiyasi hamda birinchi va ikkinchi firmalarning xarajat funksiyalari berilgan bo’lsin:
Firmalar raqobat yechim strategiyasini tanlasa, har bir firma qancha birlik mahsulot ishlab chiqaradi, qancha foyda oladi va muvozanat narx qanday bo‘ladi? Firmalar raqobatlashsa, narx P bozordagi talab va taklifga ko‘ra shakllanadi (p = const).

bu yerda Q1 va Q2 mos ravishda birinchi va ikkinchi firmalarning ishlab chiqarish hajmlari.

Raqobat bozorda har bir firma ishlab chiqarish hajmini chekli xarajatni narxga tenglashtiradigan hajmda belgilaydi:

  1. va (3) tenglamalarning chap tomoni teng bo’lgani uchun, ularni o’ng tomonlarini tenglashtirib quyidagini olamiz:





Q2 = 480 va bozordagi umumiy taklif QD = Q1 + Q2 = 540
Bozordagi muvozanat narx


Р = 300 - 0,5(Q1 + Q2) = 300 - 0,5 ˑ 540 = 30
Firmalarning foydalari quyidagilarga teng bo’ladi:



Yüklə 72,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə