Yodgorliklarini



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/83
tarix13.10.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#127759
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83
08bf922751e8b9a7e4b207b88db5c4c7 ARXITEKTURA YODGORLIKLARINI TA’MIRLASH

0 ‘lchov chizmalari
o ‘qituvchi tom o n id an berilgan ham da 
yodgorlikni tadqiq qilish vaqtida to kplangan m ateriallar asosida 
bajariladi. 0 ‘lchov chizm alari yodgorlikning ta ’m irlashgacha 
bo klgan holatini ko‘rsatadi.
Loyiha chizmalari
inshootning nafaqat ta'm irlash d an keyingi 
ko‘rinishini, balki amalga oshirilishi lozim b o ig a n ishlarni ham
ko‘rsatishi kerak. 0 ‘lchov va loyiha chizm alarini qiyoslash nati- 
jasida hosil qilingan tasvir rejalanayotgan ta ’m ir (yoki qayta q u ­
rish) ishlari to ‘g*risida aksari to ‘la tushuncha berm aydi. Shuning 
uchun bunday tushuncha to ‘la bo ‘lishi uchun tarh va tarzlarda 
o'zgarish bo ‘ladigan joylar, m asalan, yokq qilinadigan yoki qayta 
tiklanadigan devorlar maxsus belgilar (ko‘proq shtrixlar) bilan 
ajratib qo kyiladi.
T a’m irlash chizm alarida o ‘lcham larni q o ‘yish o kziga xos 
xususiyatlarga ega. Y odgorliklar aksari yuzaki qarash d a b ir xil, 
aslida bir-birlaridan farqlanadigan shakllardan tuziladi, devor-


lar h a r xil qalinlikka ega, o ‘zaro noparallel b o ia d i. Bu sabab- 
larga k o ‘ra obidalarda m untazam geom etrik o ‘qlar b o lm ay d i va 
tarhlarda aksari o lc h a m o ‘qlari ko‘rsatilmaydi. Shunga o‘xshash 
holat vertikal o ‘lcham larga-balandliklarga ham xosdir. Yodgor- 
liklardagi nafaqat devorning yotiq chiziqlari, balki yopm alari 
ham tu rlich a egilgan b o ‘lib, bir xil sathga ega emas. Aytilgan 
sabablarga ko ‘ra, chizm alarda faqat asosiy o ‘Ichain va baland- 
liklar ko'rsatiladi. O 'lch o v chizm alarida esa o ‘lcham lar qanday 
olingan b o is a , shunday beriladi.
Bosh tarh n i ishlab chiqishga alohida e ’tibor berish zarur. 
Y odgorlik o ‘tm ishda, m uayyan m e’moriy m uhitida uzoq davr 
hayot kechirganligini nazarda tutib, uning tarixiy muhitini, qadim- 
gi m ajm uadagi yoki shahardagi o ‘mini ko ‘rsatish zarur. Bosh 
tarhda u n dan tashqari yo‘llam i, avtoulov to ‘xtash o‘m ini, obo­
donlashtirish unsurlarini, ko ‘katlarning joylarini aniqlash lo­
zim b o ‘ladi.
V azifaning qalam da chizish bosqichi tugatilgandan so‘ng ish 
ko ‘rik d an o ‘tkaziladi, aniqlangan yetishm ovchiliklar bartaraf 
etiladi va bo ‘yovga o‘tiladi.
Tarzlami boyashda
inshootning hajmi, plastikasini yaqqol 
ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan grafik texnikasi tanlanadi. Agar 
tarz sodda b o ls a , asosan chiziqli grafika q o ila sh , rangni ozroq, 
nim tatir holda berish m um kin. Odatda, 0 ‘rta Osiyo yodgorliklari- 
ning ta ’m irlash loyihalarida akvarel q o ilan ad i. U tarixiy m ero- 
sim izning o'ziga xosligini tasvirlashga juda mos keladi. Tarzlam i 
b o ‘yash jarayoni old-orqani (planlikni) ifodalash, yorug‘-soya 
vositasida plastikani chiqarish, detallarni ishlash, ashyolarning 
fakturalarini ko‘rsatish, m e’moriy-tarixiy anturajini (bo'yov b i­
lan yoki faqat chiziqlarda) bajarish kabi b ir necha bosqichlarga 
ajratilishini nazarda tutib. ularning ketma-ketligiga rioya qilish 
zarur.
Tarhlami bo'yash
ishi hajm an kamroq. Kesimga tushgan de- 
vorlarning yoki boshqa konstruktiv unsurlarning chetlari yo‘g‘on 
kesim chiziqlari bilan ajratiladi. Ularning oralig‘idagi sathlar 
b o ‘yoq yoki tush bilan qoplab chiqiladi. Tarhda kesimga tushm ay 
ko ‘rinadigan unsur. konstruksiya, uskuna va jihozlar: zinalar,


mebel, sanitariya texnikasi asboblari hamda poldagi chiziqlar yoki 
shiftning proyeksiya chiziqlari ingichka chiziq bilan ko ‘rsatiladi. 
0 ‘lchov chiziqlarining ustidan chiziqlar qo ‘lda bajarilsa, bino 
uzoq vaqt davomida hayot kechiiganligini ifoda etishda qo‘l keladi.

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə