Yodgorliklarini



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/83
tarix13.10.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#127759
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   83
08bf922751e8b9a7e4b207b88db5c4c7 ARXITEKTURA YODGORLIKLARINI TA’MIRLASH

Ta’mirlash loyihasi.
T a’mirlash loyihasini tuzish asosiy uch:
a) tadqiq qilish; b) bevosita loyihalash; c) sharhnom a yozish 
bosqichlarida bajariladi.
Tadqiqot bosqichida m um kin qadarkengroq doiradagi grafik, 
adabiy, arxiv va og‘zaki m a'lum otlardan foydalaniladi. Yodgor- 
Jikning qu rilish sanasi, tarix i, o 'tg a n davrlar m obaynidagi 
o ‘zgarishlari, qatlam lari, ularning qiymatlari, binoning konstruk- 
siyasi, uni m ustahkam lash yo‘llari, obidadan biror yangi funk- 
siy ad a fo y d a la n is h m u m k in lig i a n iq la n a d i. H a n d a sa v iy
(geometrik), epigrafik tahlillar (analizlar) bajariladi. Tadqiqot 
natijalari arxitekturaviy-arxeologik o blchov chizm alarida aks et- 
tiriladi. Obida o klchovlari (tarzlar, tarhlar, qirqim lar), odatda, 
1:25, 1:50, 1:100 nisbatlarda bajariladi. Lavhalar (fragm entlar) 
y irik ro q — 1:20, 1:10, 1:5 nisbatlarda beriladi. Bino tarhlari aksa­
ri yopm a proyeksiyalari bilan keltiriladi. O 'lchovlar kartogramma 
shakllarida ham b o ‘lishi mum kin. Z aru r hollarda o ‘xsham alar 
(analoglar) o ‘rganiladi.
T a ’mir ishlarining loyihalash bosqichi tadqiqot natijalariga 
tayanadi. Loyihada ta'm irlashning besh usullari: m ustahkam lash 
(konservatsiya), to ‘kilgan qism larni dastlabki joyiga o‘rnatish


(anastiloz), namoyish uchun ochib q o ‘yish, yo‘q bo ‘lib ketib, 
shakl-sham oyili gumonsiz dalillar bilan tasdiqlangan qism lam i 
to ‘ldirish ham da yangilash usullari q o ‘llaniladi. U yoki bu usulni 
tanlashda Venetsiya ta ’mirlash hartiyasiga ko‘ra yuqorida keltiril- 
gan tartibdagi oldingi usullar keyingi usullarga qaraganda ustu- 
vor ekanligini talaba nazarda tutishi lozim. Loyihada obidaning 
asrlar gardi ( “ патина врем ени” ) qoplagan qismlari ta ’mirlash 
natijasida kiritilgan yangiliklardan farqlanib turishi kerak. C hunon- 
chi, yangilanayotgan naqshlar orasida eng yaxshi saqlangan asl 
naqshning bir qismi hujjat tariqasida tegilmay qoldirilishi lozim. 
T a ’m irlash loyihasi o ‘xsham alarga asoslanib ham bajarilishi 
mumkin.
Loyihalash bosqichida nafaqat ta ’mirlash, balki obidadan 
foydalanish masalalari ham hal etiladi. O bidadan foydalanish 
uni saqlash shakllaridan bin ekanligini ham isha nazarda tutish 
lozim. K o‘p holiarda obidani saqlash uni yangi funksiyaga mos­
lashtirish orqali amalga oshiriladi.
Loyiha chizm alari tarkibi va ularning nisbatlari o ‘lchov chiz- 
m alarinikidek b o lib , ularga perspektiva (eksteryer, interyer) yoki 
boshqa um um iy ko'rinish chizm asi qo ‘shiladi.
Sharhnom a yozish bosqichini oldingi tadqiqot va loyihalash 
bosqichlari bilan yonm a-yon olib borish m aqsadga muvofiq. 
T a ’mirlash loyihasining sharhnom asi 10-20 varaq hajm da bo ‘lishi 
lozim. U nda yodgorlik h a q id ato ‘plangan material, boshqa tadqi- 
qiy ishlar natijalari keltiriladi, qabul qilingan loyihaviy yechim - 
lar asoslanib beriladi, foydalanilgan m a n b alarto ‘la-to ‘kis vajoriy 
b o ‘lgan shakllarda) ko'rsatiladi.
Qayta qurish loyihasi
. Qayta qurish loyihasi uchun olinadi- 
gan obyekt - tarixiy joyning (m ajm uaning) saqlanish darajasiga 
m uvofiq turlicha bo‘lishi m um kin. T a ’mirlash u chun olinadigan 
obyektlardan farqli o ‘laroq qayta qurish obyektlarida kiritilajak 
yangilik (yangi arxitektura) hajm an yarm idan ko‘proq m iqdom i 
tashkil qiladi.
Tarixiy joylarda qayta qurishni tashkil qilishda, loyihalashda 
’’ichkaridan” yondashish tavsiya etiladi, y a’ni yangi arxitektura- 
ni loyihalashda tarixiylikka ustuvor aham iyat beriladi. Boshqa-


charoq qilib aytganda, tarixiy joyga butun shahar miqyosidan 
muhiti emas, balki mahalla, ko‘cha kabi kichik shaharsozlik muhiti 
miqyosidan turib u yoki bu yechim tanlash tavsiya etiladi. Talaba 
e ’tibori arxitekturaviy-badiiy vositalar orasida yodgorlik bilan 
yangilik o krtasidagi m unosabat xarakteri katta rol o ‘ynashiga torti- 
ladi. Talabaga yangi arxitektura qadimgisiga nisbatan asosan ikki: 
o ‘xshatish, dem ak qadimgi shakllarga taqlid qilish ham da ularni 
o 'za ro qaram a-qarshi q o kyish usullari mavjudligi, nihoyat har 
ikkala usulning ijobiy va salbiy tom onlari tushuntirib beriladi.
Talabalarga shu narsa ta ’kidlanadiki, yodgorlik bilan yangi- 
likning o ‘zaro joylashuvlari qayta qurishning loyihasiga, jum - 
ladan, uning mavzusini konkretlashuviga (aniqlashuviga), loyi- 
halash g ‘oyasiga, arxitekturaviy shakl bilan funksiyani o ‘zaro 
inunosabatiga katta ta ’str k o krsatadi, loyihalashning o ‘ziga xos- 
liklarini belgiiaydi. Talabalarga yodgorlik va yangilik jismonan o'zaro 
ikki hoiatlarda: 1) tutashgan (yaxlit) va 2) tutashm agan (ayri) 
hoiatlarda b o lish i mumkinligi haqida gapiriladi.

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə