majmualar
ham bunyod etildi. Samarqand viloyatida Imom al-Bux-
oriy, Faiglona va Quvada Ahmad al-Farg'oniy, Samarqandda Imom al-
Moturudiy, Marg‘ilonda Burxoniddin al-Marg'inoniy maqbara va
me’moriy majmualar, Toshkentda “Motamsaro ona”, “Shahidlarxoti-
rasi”, “ Ezgulik va mustaqillik” majmualarining barpo etilishi, Hazrati
imom (Xastimom) me’moriy majmuasida qayta ta ’mirlash va obodon-
lashtirish ishlarining amalga oshirilishi madaniy merosimizni boyitdi,
shaharlar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shdi. Bu me'moriy obidalar yechimi. g‘oyasi
milliy an’analar bilan uzviy bog‘langan bo*lib, o‘ziga xos badiiylik tim-
solidir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “ Bizdan
kelajak avlodlaiga ozod va obod Vatan qolsin!” — degan da’vatlari, av-
valo, biz me’morlarga qarata aytilgan, deb bilamiz. Bu ulkan vazifani
ro‘yobga chiqarish biz quruvchi va me’morlaming, yosh avlod — bo‘lajak
mutaxassisiarning muqaddas burchidir.
1 X alq so ‘zi, 2007-yil 23-fevral.
“Arxitektura yodgorliklarini ta'mirlash va qayta tiklash" fani 580J00
— “Arxitektura” bakalavriat yo‘nalishida ta’lim oladigan talabalar uchun
xizmat qiladi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, «ta’mirlash» deganda, yodgor-
liklarni saqlash bilan bog‘liq juda keng jarayon tushuniladi. Xuddi shu-
ningdek, «qayta qurish» iborasi tarixiy me'moriy muhitni qayta qurishni
ifodalaydi. Bu iboralar xalqaro restavratsiya va rekonstruksiya tushun-
chalariga mos tushadi. Mazkur darslikda asosan restavratsiya masalalari
ko‘tarilgani uchun uning nomi “Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash”
deb ataldi.
Me’moriy yodgoriiklami, binobarin, bino va inshootlami ta’mirlash
0 ‘rta Osiyoda juda qadim zamonlardan boshlab qo‘llanilib kelingan.
Chunonchi, Qadimiy Xorazmdagi Tuproq qal’a (mil.av. I — m. VI asr-
lar) shaharcliasi arkining qurilishida ta’mir izlari ko‘rinib turadi. Sa-
marqandning tarixiy shaharchasi hisoblanadigan Afrosiyob qal’asidagi
Jome' masjidi IX asrda qurilib. XII asrgacha bir necha marta ta'mirlangan.
Buxorodagi Kalon masjidi esa dastlab IX asrda qurilib, XII asrda
ta'mirlangan va XVI asr boshlarida yana qayta qurilgan. Bunday misol-
larni ko'plab keltirish mumkin. Shuni alohida ta ’kidlash kerakki, O rta
Osiyoda VI11 — IX asrlardan boshlab islom me’morchiligi yuzaga keladi
va taraqqiy topdi. Boshqacha qilib aytganda, XIX asrda yashagan me’mor
uchun IX — X asrlar tarixiy obidalarini ta'mirlash yot, begona ish
hisoblanmasdi. Shu masalani Yevropa misolida kokradigan boisak, u
yerda IX — XIX asrlar oralig‘ida me'morchilik badiiy, ya’ni uslub ji-
hatidan bir necha marta o‘zgardi. Chunonchi, gotika, renessans, klas-
sitsizm, modern singari bir-biridan keskin farq qiladigan uslublar bir-
birining o‘miga kelganligini ko‘rish mumkin. Modern uslubida ishlaydi-
gan usta yoki me'mor faqatgina shu usul qonuniyatlarini o‘rgangan
bo‘lib, gotika yoki renessans usulida vujudga kelgan obidani tiklashi uchun
maxsus o'qishi, o‘rganishi lozim edi. Boshqa davr va uslub me’morlari
uchun ham bu shart Yevropa sharoitida o'zgarmay qoladi. Binobarin,
XX asming 20-yillaridan keyin CVzbekiston me’morchiligi ham Yevropa
me’morchiligi yoiidan borganligi tufayli an’anaviy xususiyatlardan bir
oz uzoqlashdi. Natijada faqatgina zamonaviy me’morchilik qonuniyatlari
asosida ta'lim olgan me’morga tarixiy-me’moriy obidalarni ta ’mirlash
uchun maxsus bilim va ko‘nikma lozimligi namoyon bo'ldi. Bu ishga
dastlab 1920-yillarning oxirlarida kirishilganligi ma'lum. Uning jon-
kuyarlari sifatidaM.Saidjonov, B.Zasipkin, A.Jahongirov, V.A.Shish
kin, V.L. Vyatkitt, M.F. M auerva boshqaiarchiqishdi.
Tez orada Abduqodir Boqiyev, Shirin Murodov, Abdulla Boltayev,
Quli Jalilov, Shamsiddin Gafurov singari qator xalq ustalari yetishib
chiqdi. Samarqand, Buxoro, Xiva ta'mirchilik maktablari shakllandi.
Dastlab Samarqanddagi Sherdor madrasasi peshtoqining bosh ra-
voqi, Buxorodagi Somoniylar maqbarasi, savdo toqlari, madrasalar
ta’mirlandi. 0 ‘sha davrlarda Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasining qiy-
shaygan shimoli-sharqiy minorasi to ‘g‘ri!andi, G obri Amir maqbarasi
ta’miriandi. Keyingi yillarda esa katta ishlar amalga oshirildi. Biroq sho‘rolar
davrida mablag‘ yetarli darajada ajratilmaganligi va bu ishga markazdan
turib rahbarlik qilinganligi ta’mirchilik ko'lamining yetarli darajada ken-
gayishiga imkon bermadi. Buxoro va Xiva arklari, Samarqanddagi Bibi-
xonim masjidi va Ishratxona maqbaralari, Termizdagi Qirqqiz qal’asining
vayrona holatga kelib qolganligini, Buxorodagi Shirbudun va Karma-
nadagi Charmgar-chorbog* saroylarining 1970-yilIarda buzilib, yo‘q
bo‘lib ketganligini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Istiqlolga erishilgandan keyingi yillarda ta'mirchilik tamoman yan-
gi bosqichga ko‘tarildi. Bugungi kunda e’tibordan qolgan birorta yodgorlik
yo“q desa bo‘ladi. Samarqanddagi Tilla Kori madrasasining g'arbiy de-
vorining qulab borishining to'xtatilishi, Samarqand, Buxoro, Ter-
miz, Xiva, Toshkent, Qarshi, Shahrisabz, Andijon va boshqa shahar-
lardagi so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ta'mirchilik, mustahkam-
lash va qayta qurish ishiari O‘zbekistonda ta'miriy ilm katta qudratga
egaligini ko'rsatadi. Binobarin, so‘nggi yillarda olib borilgan amaliy
ishlar mazkur masalani yetarli darajada keng yoyish uchun barcha
me’morlar, shaharsozlar va shu ishga daxldor shaxslar ta'mirchilik
ilmidan xabardor bo‘lishi kerakligini anglatadi. Bu vazifani «Ta’mir
va qayta qurish» fani amalga oshiradi.
Ma’Iumki, m e’morchilik san’at turlaridan bin sifatida badiiy ifoda-
ga ega. Tasviriy san’at, musiqa, teatr kabi san’at turlaridan farqli oMaroq
me’morchilik kishilik hayotida uning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini
qondirishgaxizmat qiladi. Kishilik jamiyatining moddiy va ma’naviy taraq-
qiy etib borishi sababli me’morchilik ham unga muvoflq ravishda
rivojlanib, o‘zgarib boradi. Har bir davrning o'ziga xos moddiy va
ma’naviy ehtiyoj hamda imkoniyatlari, o ‘sha davi^a mos keladigan
me’morchiligida aks etadi. Biroq, o‘tmishda islohot yoki boshqa sabab-
lar tufayli me’morchilik taraqqiyoti keskin o ‘zgarishlar (masalan,
Markaziy Osiyoda islom dinining yoyilishi, Oktabr inqilobi) vositasida
ham amalga oshishi mumkin. Badiiy ijodiyotda san'atning har bir davr
moddiy va ma'naviy ehtiyoji hamda imkoniyatlarini yaqqol o'zida aks
ettirish xususiyati uslub (stil) deb ataladi. Tarixiy taraqqiyot tufayli
o'tmishda yaratilgan ba’zi badiiy vositalar yangilariga almashinib, nati-
jada eskilari unutiladi.
Biroq, ko‘pgina me'morchilik va shaharsozlik asarlari opining tari
xiy, badiiy yoki boshqa bir ahamiyati tufayli ajdodlardan avlodlarga
o‘tib keladi. Muhofaza qilinsa-da, tarixiy-tabiiy jarayon tufayli yodgor-
likning jismoniy holati yomonlashib boradi. Shunda bunday me’moriy
yaratmalami jismoniy va badiiy qiyofasini yaxshiJash zarurati paydo
bo‘ladi. Mana shu islilarni me’moriy ta’mir va qayta tiklash faoliyati
amalga oshiradi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ta’mirchilik Yer yuzining turli
mintaqalarida turlicha shakllanish va rivojlanish yo‘Uariga ega. Chunon-
chi, Yevropada so‘nggi mingyillikda turlicha badiiy uslub almashingan-
ligi tufayli me’moriy yodgorliklarning xilma-xilligi ham bir nechtadir.
Yuqorida keltirilgauidek, Yevropada gotika, renessans (uyg‘onisli davri),
klassitsizm, ampir, modern singari badiiy uslublar mavjud bo‘lgan.
Bizda esa garchi IX —XII asr me’morchiligidan Amir Temur va te-
muriylar davri (XIV- XV a.a.) yoki xonliklar davri (XVI-XIX a.a.)
me'morchiliklari o'zining badiiy ifodasi bilan ajralib tursa-da, Yevropa
me’morcbiligi singari keskin uslubiy o ‘zgarishga ega emas. Demak,
ta’mirchilik har bir davr va mintaqada yuksak bilimga asoslangan indi
vidual yondashishni talab qilar ekan.
Ta’mirlash yoki ta’mirchilik so‘zlarining mag'zini arab tilidan kirib
kelgan «ta’mir» - so‘zi tashkil etib, uning Iug‘aviy ma’nosi *tikiash»ni
anglatadi. Agar «Jome at-tavorix», «Zafarnoma» (ham Ali Yazdiy, ham
Hofizi Tanishning asarlarida), «Boburnoma» va boshqa o ‘rta asr
qo'lyozmalarida keltiriladigan ma’lumotlarga diqqatni qaratsak, «ta'mir»
so‘zi ham yangi quriiish ishlarini hamda qayta tiklash ishlarini olib bor-
ishda bab-baravar ishlatilganligini ko‘ramiz. Unga muqobil bo‘lgan xalqaro
«restavratsiya» iborasi esa ta’mir so‘zidan biroz farq qilib, lotincha «res-
tauratio», ya'ni «qayta tiklash» degan ma’noni anglatadi. Biroq bugungi
o ‘zbek tilimizda ta’mir iborasi yangi imorat qurishnimas, balki eskisini
faqatgina yangilash, qayta tiklash, tuzatish ma’nolarini bildinidi va o'rta
asrlardan farqli olaroq yangi imorat qurishni anglatmaydi. Shuning
uchun ham, «ta’mir» sokzi mazkur darsiikda faqatgina yangilash
m a’nosida ishlatiJishi maqsadga muvofiq. Shu biJan bii
~ga,
«ta ’m ir» tu-
shunchasiga mos tushadigan «restavratsiya» iborasining «regeneratsiya»,
«revolorizatsiya», «rekonstruksiya» kabi ifodalari ham borki, ularning
qo'llanilishi xususida boshqa o‘rinlarda alohida to‘xtab o‘tiladi.
Me’morlikka oid «yodgorlik», «obida», «osori atiqa» (ya'ni — an-
tiqa asarlar) iboralari lug'aviy ma’nosi jihatidan
0
‘tmishda qurilgan,
bizgacha yetib kelgan bino yoki inshoot ma’nosini beradi. Yodgorlildar-
ning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Ularda umuman arxitektura asarlarida
bo'ladigan arxitekturaviy-badiiy va funksional sifatlar ustiga tarixiy qim-
mat qo‘shiladi. Obidalaming qimmatini to‘g‘ri belgilash, ko‘riladigan
chora-tadbirlarni aniqlash va amalga oshirish uslublarini yoritish
me'moriy ta'mirshunoslikning asosiy maqsadidir.
Mazkur darslik «Me'moriy yodgorliklarni ta’mirlash va qayta qu-
rish» fanining o‘quv dasturiga kokra tuzilgan. Uni tayyorlashda asosan
«Реставрация пам ятников архитектуры» (B.Podyapolskiy va
boshqalar. М., 1988) kitobidan foydalanilgan.
Darslik Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Mirzo Ulugbbek
nomidagi Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti professor-
o ‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan: T.Qodirova — “So^zboshi”,
M.Ahmedov, X.Po‘latov - “Muqaddima”, “Yodgorlik va ta’mirlash
tushunchasining shakllanishi”, M.Ahmedov — “0 ‘zbekistonda me'moriy
ta'm im ing taraqqiyoti yo‘llari” . “0 ‘zbekistonda madaniy merosni
saqlashning qonuniy asoslari”, “Yodgorliklarni qayd etish va pasport-
lashtirish”, “T a'm ir usulini tanlash”, “Tarixiylik va haqiqiylik” ,
“ Me’moriy bezaklarta’imri” , X.Po‘latov - “Ta’miming asosiy tamoy-
illari”, “Ta’mirshunos faoliyatining qirralari”, “Yodgorliklarto‘g‘risida
ma’lumotlar to'plash”, “Laboratoriyatadqiqotlari”, “ Muhandisliktad-
qiqoti”, “Ta’mirlash loyihalari turlari va ularning ijrosidagi olziga xos-
liklar”, “Ta’mirlash nazariyasi fani bo'yicha baholash mezonlari”, “Kurs
ishlarining uch yo‘nalishi” , “ Kurs ishlarini bajarish bosqichlari” ,
“Amaliy mashg'ulotlarni baholash mezoni”, “Amaliy mashg'ulotlaming
texnologik xaritasi” , “Amaliy mashgkutotlar bokyicha mustaqil ish va
uni baholash m ezoni” , “Lug‘a t”; M.Zoyirova — “Yodgorliklarni
o ‘lchash” , O.Salimov — “M e’moriy yodgorliklardan foydalanish” ,
“M e’moriy yodgorliklar muhofaza hududini tashkil etishning umumiy
qonun-qoidalari”, O.Salimov, A.O‘ralov — “Yodgorliklardan foydala-
nishning umumiy muammolari” , A.O‘ralov — “Ta’mir ishlarida
me'moriy shakl uygkunligi masalalari”, “Xalq ustalari tajribasidan” ,
“Konstruktiv mustahkamlash usullari”, “Yodgorliklarni yangicha ji-
hozlash masalalari”, “Ta’mirlash nazariyasi fani bo‘yicha mustaqil ish
va uni baholash mezoni”, “Fan bo‘yicha umumiy baho qo‘yish” ,
N.Abdullayeva — “Arxeologik ta d q iq o t” , Q .A bdurashidov —
“Yodgorliklarning muhandislik mustahkamlash muammolari” , “2-
ilova: Loyihaning konstruktiv qismi namunasi”, A.Turdiyev — “Test
savollari” , M.Miryusupova — “Vazifa tayyorlash” , “ Kurs ishlari-
ning gkoyaviy qismi”, Sh.Reyimboyev — “ Ilmiy yo‘na!ishdagi kurs
ishlarining o ‘ziga xosliklari”, N.Samig‘ov — “Ta'mirlash material-
larini tanlash”. Z.Qirgizboveva — “ Kurs ishining sharhnomasi”,
T.Mamatmusayev — “Ta’mirlash loyihalarida kompyuterdan foydala-
n ish”, D.Alimova - “ 1-ilova: Tarixiy - me’moriy shakllar”. Dars-
likiii tayyorlashda magistrantlar R.Abduraximov va N.G‘ulomovaIar
isht irok etishgan.
Rasmlar nashriy manbalardan. talabalar ishlari fondi va shaxsiy
arxivdan olingan bo‘lib, mualliflar tomonidan taqdim etilgan:
M.Ahmedov — 1.4.1; 1.4.2; 2.1.1; 2.1.2; 2Л.З; 2.1.4; 3.1.1; 3-1.2;
3.2.1; 3.2.2; 3.6.1; 3.6.2.
X.Po'latov - 1.1.1; 1.1.2; 1.1.3; 1.2.1; 1.2.2; 1.2.3; 1.2.4; 1.2.5;
1.3.1; 2.3.1; 2.5.1; 3.7.1; 3.7.2; 3.7.3; 3.7.4; 3.7.5; 3.7.6; 3.7.7; 3.7.8;
3.7,9; 3.7.10; 3.7.11; 3.7.12; 6.3.1; 6.8.1.
N.Abdullayeva — 2.4.1; 2.4.4; 2.4.3.
O.Salimov - 4.2.1; 4.2.2; 4.2.3; 4.2.4; 4.2.5; 4.2.6; 4.2.7.
A.Ochilov — 4.4.1; 4.4.2; 4.4.3; 4.4.4.
M.Miryusupov — 6.1.1.
A.Turdiyev - 6.2.1.
D.Alimova — 1-ilova, 1-14.
Q.Abdurashidov — 2-ilova, 1-5.
|