Yodgorliklarini



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/83
tarix13.10.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#127759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83
08bf922751e8b9a7e4b207b88db5c4c7 ARXITEKTURA YODGORLIKLARINI TA’MIRLASH

ta'm ir-
chilarningxalqaro konferensiyasi
bo ‘lib o ‘tdi. Uning qarori Italiya 
ta ’m irlash xartiyasi bilan ham ohangdir. T a ’m irning xilm a-xil


bo klishi mumkinligi e 'tiro f qilingan holda, xartiyadagi um um iy 
yo‘nalish — yodgorlikni to 1 la tiklamaslik boMib qolaverdi. Xartiyada 
shunday deyiladi: “T a'm ir qilmaslik iloji qolm agan taqdirdagina 
ta'm irlashda, o ‘tm ishning h ar qanday tarixiy va badiiy asarlariga 
hurm at bilan qarash, hech bir davr uslabini yo‘qotm aslik tavsiya 
etiladi” . Konferensiya zikretilgan kam chilikka qarshi ch o ra-tad - 
bir sifatida bir necha tavsiyalar ishlab chiqdi. C hunonchi, yodgorlik 
hayotini davom ettirish uchun undan foydalanish. yodgorlik atro- 
fini va shahar qiyofasini avaylab-asrash, yodgorlikni targ kibot 
qilinishini m aorif dasturlariga kiritish. Bu kabi tavsiyalar Ikkin- 
chi Jahon urushidan keyingina am aliyotda keng tatbiq etildi.
O kzbekiston ta ’mirchiligi uchun ok tab r inqilobidan aw algi 
ham da sobiq sho‘ro!ar davrining dastlabki yillaridagi ta'm irlash 
tajribalarini tahlil qilish foydalidir. X V III asr oxirlarida Moskva 
Kreinlida barpo etishga jazm etilgan katta saroy qurilishining m aq- 
sadini arxitektor 
VBajenov
amalga oshirishda qadimgi saroy quri- 
lishi usulidan voz kechdi va Krem lning buzilgan b a’zi devor va 
burjlari qayta tiklandi. Shundan keyingina K rem l — yaxlit tarixiy 
va m e'm oriy yodgorlik sifatida idrok etildi. 1812-yildagi Moskva 
yong'inidan keyingi tiklanishlar katta rol o kynadi. Jam oatchilik 
o ‘rtasida paydo bo‘lgan yodgorliklarga qiziqish ham ta'm irlash 
rivojiga sababchi bo kldi. Bu ishlar kokproq stilistik ta'm irlashga 
yaqin uslubda olib borildi.
Ukrainada 1849-yilda Kiyevdagi «Oltin darvoza»da o ‘tkazilgan 
ta ’mirlash ishlari mohiyati jihatidanj'uda ehtiyotkorlik bilan, yuqori 
saviyada bajarilgan konservatsiya edi. XIX asr oxirida ta ’mirlashga 
qo ‘yilgan talablam i kuchaytirish zam rligi sezildi. Bunga 1893- 
1900- yillarda V.Suslov o ‘tkazgan N ovgoroddagi Sofiya cher- 
kovining ta ’mirlanishi katta saboq bo‘ldi. Saboq shundan iborat 
ediki, unda 
keyingi qatlamlarga
yetarli darajada e ’tib o r berildi. 
A m m o eski tosh n in g g ‘adir-budurligi “to kg ‘rilanib” suvaldi. nati- 
jad a yodgorlikning m uhim o'ziga xosligi yo kqoldi.
R ossiyada t a ’m irlash u slu b larin in g t o ‘la sh ak llan ish i XX 
asrning birinchi o‘n yilligiga to ‘g‘ri keldi. 0 ‘sha yillari 
P.Pokrishkin
Novgorod shahridagi Nereditsa cherkovini ta ’mirladi. T a’m ir juda 
katta ehtiyotkorlik bilan o ‘tkazildi. Q o'shim chalar m inim al holga


keltirildi. Pokrishkin cherkovdagi keyingi shalg‘ami gum bazini 
qoldirdi. Lekin xatoga ham y o l qo'yildi. Tashqi suvoqda p o rt- 
landsem ent ishlatildi. Sem entning bug* o ktkazmasligi xususiyati 
tufayli ichkaridagi freskalarga putur yetkazildi. Xatoni Pokrish- 
kinning o ‘zi tezd a tuzatdi. 
N .R erix
va 
L G ra b a r
Pokrishkinning 
ta ’m ir ishlaridagi katta mohiriikni qayd etgani holda u m u m an bu 
cherkovni ta ’m irlash zarurligiga gum on bildirishdi. I.G ra b a r 
obidaning nim adir n o m a’lum, lekin m uhim jihati ta ’m irlash- 
d an keyin yo‘qolganini qayd etdi.
Sobiq sho‘rolar davridagi dastlabki ta ’m ir ishlari inqilob jang- 
lari natijasida K rem l obidalariga yetkazilgan shikastlarni b arta ra f 
etishdan iborat edi. 20-yillarda ta 'm ir ishlari anchagina keng 
ko‘lamda olib borildi. 0 ‘sha davrda markaziy «Davlat ustaxonalari» 
ta ’sis etilib, u n i 
I.G ra b a r
boshqardi. U staxonalarda m e ’m oriy 
rang tasvirlar va amaliy san'at asarlari ta’mirlandi. I.Grabarga ko‘ra, 
ta ’m ir-konservatsiya tushunchasiga kiradi va o ‘z ichiga obidani 
saqlash sharoitlarini yaxshilash chorasini ko ‘radi; ta'm irlashning 
ikki tom oni mayjud: ochish va tiklash. Agar hech qanday tarixiy 
va badiiy sifat yo ‘qolm asa, ochish tiklashdan ustundir. Boshqa 
chora qolm agandagina obidani ta ’mirlash mumkin,
A rxitektor 
B .Z a sip kin
yodgorlikni m e’m oriy-arxeologik us- 
lubda o'rganishga alohida e ’tib o r berdi. 0 ‘rta Osiyo o bidalarini 
tiklashda B .Z asip k in yodgorlikni o ‘rganishda m e’m oriy-arxeo- 
logik uslubda o'rganishga alohida e ’tib o r berdi. 0 ‘rta Osiyo o b i­
dalarini tiklash d a B .Z asipkinning xizm atlari bor. U: « ...k o ‘- 
p in c h a saq lan g an qism larni aniqlash va uni m ustahkam lash 
bilan kifoyalanadi. B a’zan esa oddiygina ochib qo ‘yiladi, y a ’ni 
keyingi q atlam lard an tozalanadi», - deb yozgan edi. I.G ra b a r 
va B .Z asipkin arxeologik ta ’m irlashning prinsiplarini am alda 
sinadilar.
«M e'm oriy yodgorlik»ning bugungi tushunchasi.
M azkur ibora 
hozirgi vaqtda X VIJI — XIX asrdagiga nisbatan bir qan ch a keng- 
roq qo‘llanishi m a ’lum . Bu tushuncha «yodgorlik» iborasi asosida 
tuzilgan b o ‘lib, b iro n -b ir tuzum , jam iyat insondan boshqasiga 
o ‘tadigan ja ray o n n i anglatadi. Yodgorliklar tarixiy, arxeologik, 
san ’at va shu kabi sohalarda, o ‘sha soha so‘zi qo‘shib ishlatish


vositasida anglashiladi. M asalan, tarixiy yodgorlik, arxeologiya 
yodgorligi, san ’at yodgorligi, m e’m oriy yodgorlik va boshqalar. 
M e ’moriy yodgorlik iborasi XX asr boshlarigacha osor ul-b o - 
qiya, osor ul-atiqa singari tushunchalar vositasida ham angla- 
shilgan. Yuqoridagi hollarning barchasida o ‘tm ish bilan bog‘liq 
xotira tushuniladi.
Demak, yodgorlik deb tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan, o ‘tmishda 
yaratilgan biron-bir narsa tushuniladi. Biroq yodgorliklar faqat­
gina tarixiy ahamiyatga ega bo'lsa, tarixiy yodgorlik deb tu sh u ­
niladi. M e’m orchilik san ’atning b ir tu ri bo'lganligi tufayli u 
m oddiy ham da m a ’naviy aham iyat kasb etadi va shu tufayli ba- 
diiy aham iyatga ham ega. D em ak, m e'm o riy yodgorlik deb 
o'tm ishda bunyod etilib, tarixiy va badiiy ahamiyatga ega b o ‘lgan 
bino, inshoot ham da bog‘-rog‘ san ’ati singari m e’morlik va sha- 
harsozlik ijodiyot namunalariga aytiladi. M e’moriy obidalar yakka 
holda saqlangan inshoot yoki ularning m ajm ualaridan iborat 
bo‘ladi. B a’zida m e’moriy yodgorlik biron-bir bino yoki inshoot- 
ning vayronasidan ham iborat bo ‘lishi mum kin. Bu vayrona bino 
va inshootning qurilmasi, planirovkasi, biron bo ‘lagi, naqsh-u 
nigori yoki boshqa badiiy jihati, kompozitsiyasi haqida yetarli 
m a'lum ot berm asa, u holda u m e 'm o riy obida em as, balki 
arxeologiya yodgorligi hisoblanadi. Arxeologiya yodgorliklarining 
asosiy qismi o ‘tmishdagi m e’m orchilik nam unalaridan paydo 
bo‘lganligini hisobga olsak, m e’m oriy yodgorliklarni o ‘rganish 
b a’zida arxeologiya yodgorliklarini tadqiq etish bilan cham bar- 
chas bog‘liqligini ko'ramiz. Bularning h ar ikkalasi ham ilmiy- 
tarixiy ahamiyat kasb etib, bugungi va kelajak m e’morchilik taraq- 
qiyoti uchun katta amaliy m anba hisoblanadi. Shuning uchun 
m e ’m oriy yodgorliklar boshqa m ad an iy yodgorliklar qatori 
qo ‘riqianishi Iozim.

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə