Yog‘och qurilmalarining turlari va ishlatilish soxalari. Bino konstruksiyalari



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə2/13
tarix22.06.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#118512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
YOG`OCH HOMOSHYO TANLASHDA YOG`OCH TURLARNI GURUHLARGA BO`LISHNI O`RGANISH

Mavzuning maqsadi. Mustaqillik yillarida Toshkent duradgorlik buyumlari zavodi, quyoshdan himoya uskunalari zavodida esa plastmassadan deraza romlari ishlab chiqaradigan sex, Asakada duradgorlik buyumlari zavodi ishga tushirildi. Toshkentda O'zbekiston-Gretsiya qo'shma korxonasi «O'z Ellas» gugurt zavodi mahsulot bera boshladi. Ammo yog'och xomashyosi tanqisligi sanoatga jiddiy qiyinchilik tug'dirmoqda. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-fevraldagi «Sanoat terakchiligini rivojlantirish va boshqa tez o'suvchi yog'ochbop daraxtlarni barpo etishga oid chora-tadbirlar to'g'risida»gi maxsus qarori o'rmon sanoatida keskin o'zgarish yasadi. Qarorga muvofiq terakzorlar maydoni har yili 10 ming gektarga kengaymoqda. Yaqin kelajakda har yili 5 mln m kub sanoatbop yog'och tayyorlanadi. Yog'och tayyorlash korxonalari taxta tilish zavodlariga g'o'la yog'och yetkazib beradi. Tilingan yog'och - taxta-mebel sanoati uchun xomashyodir. Yog'och tayyorlash va yog'ochsozlik chiqindilari (shox-shabba, qipiq, payraxa, po'stloq)dan o'rmon-kimyo sanoatida spirt, moylar, bo'yoqlar ishlab chiqariladi. Shu sababli o'rmon-kimyo kombinatlari qurish o'ta samaralidir. Yog'och xomashyosi taqchil O'zbekistonda chiqindilarni to'la qayta ishlaydigan yog'ochsozlik kombinatlari ayniqsa o'ta muhim.
Mavzuning vazifasi: Yog`ochzozlikning mohiyatini ochib berish, yog`ochsozlikning o’ziga xos xususiyatlarini ko`rsatib berish, yog`ochsozlik madaniy taraqqiyotining o’ziga xos jihatlarini va uning vatanimiz madaniy taraqqiyotiga ta’sirini o’rganish mazkur tadqiqotning asosiy vazifasidir.Mavzuning amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, u yog’ochsozlikning mohiyatini ochib berish, yog`ochsozlikning o’ziga xos xususiyatlarini ko`rsatib berish, yog`ochsozlik taraqqiyotining o’ziga xos jihatlarini va uning vatanimiz madaniy taraqqiyotiga ta’sirini o’rganishga ko’maklashadi.

I Bob Yog‘och qurilmalarining turlari va ishlatilish soxalari.
1.YOg‘och qurilmalarining turlari va ishlatilish soxalari.
YOg‘och – qurilishbop tabiiy material bo‘lgani sababli, qadimdan insonlar
uni turli bino va inshootlar, turar joylar (masjid, maqbara, tug‘on, kuprik va x.k.)
qurilishida ishlatib kelishgan.
YOg‘ochning qurilishda keng qo‘llanishiga sabab, birinchidan, tabiatda
uning zaxirasi ko‘pligi bo‘lsa, ikkinchidan, ijobiy xususiyatlaridir (ishlovi berishg
osonligi engilligi, olovbardoshligi, kimyoviy agressiv muxitga chidamliligi va
boshkalar). SHu bilan birga, yog‘ochni binokorlikda ishlatilish jarayonida uning
salbiy xususiyatlarini xam (anizatropligi, yonishi, chirishi, mikroorganizmlar
ta’sirida buzilishi va boshqalar) xisobga olish zarur.
XIX-asrning oxirida yaratilgan plastmassa esa kimyo sanoatining tez rivojlanishi
xamda ko‘p molekulali birikmalar xosil qilinishi natijasida olingan material
bo‘lib bugungi kunga kelib, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida, xususan
qurilishda xam keng qo‘llanilmokda. Agar yog‘ochning engilligi va
mustaxkamligi tabiatdan bo‘lsa, plastmassalarning bunday xususiyatlari
ularning tarkibi va kimyoviy birikishlariga bog‘likdir. Plastmassalar xam
yog‘och kabi kator afzalliklar bilan bir qatorda maolum kamchiliklarga egadir,
shuning uchun ularni ishlatish jarayonida salbiy xususiyatlarini xisobga olish
zarur. Bino va inshootlarda yog‘och va plastmassa konstruksiyalarning
qo‘llanilishi, boshqa konstruksiyabop materiallarga materiallardan kam xarajatlar
sarflanishiga olib keladi. Masalan: elimlangan yog‘och konstruksiya, kimyoviy
emiruvchan muxitda temir-beton konstruksiyaga nisbatan 4-5 marta, metall
konstruksiyalarga nisbatan esa 2-3 marta ko‘prok muddat xizmat qiladi, mexnat
sarfi esa 1,5 marotaba kam bo‘ladi. Bu esa bino yoki inshoot tannarxining
kamayishiga olib keladi. Agar o‘rmonchilikni ratsionalp olib borilsa, yog‘och
zaxirasi tuganmas boylikdir, ya’ni xar 15-25 yilda o‘rmonlarni kaytadan ekish
natijasida qurilishga yarokli naavlardagi daraxt yog‘ochlarni yangidan etshtirishni
yulga quyish mumkin.
Ammo notug‘ri loyixalangan yoki qurilgan yog‘och imoratlarni tez orada chirishi,
buzilishi yoki yonishi kupchilikda yog‘ochning chidamliligiga shubxa paydo kildi
va so‘nggi yillarda qurilishbop material sifatida (rivojlangan chet mamlakatlar
bundan mustasno) kam ishlatila boshlandi. Normalpp muxitda foydalanilsa,
yog‘och o‘zining yukori fizik-mexanik xususiyatlarini bir necha o‘n yil emas,
balki yuz yillar antiseptik ishlovsiz saqlab qoladi. Xozirgi kunda qurilishning
barcha soxalarida yog‘och va plastmassa konstruksiyalardan okilona foydalanish
eng muxim masalalardan biridir.
Qurilish tarixiga nazar tashlasak, yog‘ochning ishlatilish kulami jamiyatning
rivojlanishi bilan bog‘lik ekanligini kuramiz. Ibtidoiy jamoa davrida oddiy
inshootlar kurilgan bulsa, kuldorlik davrida yog‘ochning bino va inshootlarda
qo‘llanilish ko‘lami ancha kengaydi, bunga birinchidan inson ongini usganligi
sabab bo‘lsa, ikkinchidan ish kurollarning tubdan o‘zgarishidir (tosh kurollardan
metall kurollarga utish).
Feodalizm davrida, qurilish ishlab-chikarish texnologiyasining rivojlanishi,
yoochni asosiy konstruksiyaviy material sifatida ishlatishga olib keldi.
YOg‘ochdan barpo etilgan va shu kungacha saklanib kolgan bino va inshootlar
fikrimizga dalil buladi.
Kolomenskiy kishloida 1667-1681 yillarda yoochdan barpo etilgan (Moskva
ostonasida rus podshosi Aleksey Mixaylovich uchun kurilgan), dunyoning
sakkizinchi muojizasi deb nom olgan saroy; 1774 yilda Kondopogda kurilgan
balandligi 42 metr bulgan ibodatxona, I.P.Kulibin tomonidan Neva daryosi
ustiga qurilish uchun loyixalangan oralii 298 metrli ravokli kuprik va kuplab
inshootlarni misol kilib kursatish mumkin. XIX asrga kelib, yoochdan kurilgan
bino va inshootlar kulami yanada kupaydi, bulardan aloxida eotiborlisi
kuydagilar: 1817 yilda arxitektor Betankur tomonidan loyixalangan oralii 48
metrli Moskvadagi manejning tom fermasi; D.I.Juravskiy loyixalagan 61 metrli
Mstu daryosi ustiga va oralii 54 metrli Verebpyu daryosiga kurilgan (1842-51 y.)
kupriklar va boshka bir kancha inshootlar. YOg‘och va plastmassa
konstruksiyalarning rivojlanishiga XIX asr oxirida plastmassalarning sunoiy yul
bilan sintez kilinishi katta turtki buldi. Kimyo sanoatining rivojlanishi natijasida
turli xildagi elimlarning ishlab chikarilishi (karbamid, fenolformalpdegid, epoksid,
kazein va boshkalar) yog‘och konstruksiyalar tarixida elimlangan yog‘och
konstruksiyalar davrini boshlab berdi. YOochni eng «ekologik toza»
konstruksiyaviy material xisoblagan rivojlangan chet mamlakatlar (AKSH,
Olmoniya, Buyuk Britaniya, CHexiya, Slovakiya, Fransiya, YAponiya va
boshkalar), Rossiyada va Ukrainada juda kup jamoat binolarini loyixalashda
elimlangan yog‘och konstruksiyalardan keng foydalaniladi. Misol tarikasida
oraliklari 18-100 metrli elimlangan tusinlar, rama va ravoklar bilan yopilgan
turli sport saroylari, kurgazma binolari, kinoteatr va teatr binolari, turli xildagi
inshootlarni keltirish mumkin. AKSHning, «Vayerxozer» firmasi elimlangan
yog‘och konstruksiyalardan foydalanib, diametri 257 metrli yopik sport saroyining
loyixasini yaratdi va uni Portlend, Filodelpfiya, Detroyd va YAngi Orlean
shaxarlarida kurilgan imoratlarga tatbik etdi.
Kimyo sanoatining rivojlanishi qurilishda plastmassa konstruksiyalardan keng
foydalanishga olib keldi. Xozirgi kunda dunyoning barcha mamlakatlarida
plastmassadan tayyorlangan yorug‘lik o‘tkazuvchi va o‘tkazmaydigan tom va
devor panellari, to‘sinlar, ramalar, ravoklardan keng foydalanilmokda. Ichiga
xavo to‘ldirilgan engil pnevmatik konstruksiyalar vaktinchalik bino va
inshootlarda keng ko‘lamda ishlatilmokda YOg‘och- bebaho qurilish
materialidir. YOg‘och materialining zahirasi MDH davlatlari ichida Rossiya
xududida eng ko‘p edi va shuning uchun ilgari ham, hozirda ham juda ko‘p
mamlakatlarga yog‘och materialini asosan Rossiya eksport qiladi, shu jumladan
O‘zbekiston Respublikasi qurilishlarida ishlatiladigan sara yog‘och materiallari
ham asosan Rossiyadan olinadi.
YOg‘och materiallari asosan ikki turdagi daraxtlardan olinadi: igna bargli va
yaproqli.
Qurilishdagi yog‘och konstruksiyalari asosan igna bargli yog‘och
daraxtlaridan tayyorlanadi. Bular qarag‘ay, qora qarag‘ay, tilog‘och, oq qarag‘ay
va kedrlardir.
O‘rmonchilik xo‘jaligida eng ko‘p tarqalgan yaproqli yog‘och daraxti - bu
oq qayindir. Eman, qayrag‘och, tog‘terak zaxiralari endi ko‘paytirilmoqda. Oq
qayin va tilog‘ochlar fanera tayyorlash sanoatida asosiy xom-ashyo materiallari
hisoblanadi.
Qurilishda ishlatiladigan yog‘och materiallarini ko‘rinishi bo‘yicha asosiy
ikki turga bo‘linadi): doirasimon va qirrali.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə